Joylashtirish



Download 36,07 Kb.
bet7/9
Sana08.05.2023
Hajmi36,07 Kb.
#936229
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 reja

Sifat strategiyasi


Yangi tovarning bozor ko‘rsatkichlarini shakllantirish tizimida tovarlar o‘rovi ham muhim element vazifasini bajaradi. Tovarlarning ko‘pchiligi to iste’molchiga etib borguncha transport orqali tashiladi va omborlarda saqlanadi. Bu holda tovarlar ularni etkazib berish va iste’mol qilish qoidalariga asosan maxsus idishlarga joylab o‘raladi. Tovarning o‘rovi ishlab chiqaruvchi yoki savdo tashkiloti tomonidan iste’molchiga beriluvchi “tashrif qog‘ozi” vazifasini bajaradi.


Tovarlar o‘rovi (o‘rov) deb tovar solingan idish yoki o‘ralgan materiallarga aytiladi. U mahsulotning saqlanishi, uni transport orqali tashish va u bilan muomala kilishda qulayliklar bo‘lishiga xizmat qiladi, shuningdek, iste’molchilar e’tiborini jalb qilish, tovarni identifikatsiya qilish, reklama va axborot bilan ta’minlash, imidjni
yaratish kabi marketing funksiyalarini bajaradi. O‘rovning marketing funksiyalari ahamiyati tobora o‘sib bormoqda. Bu esa bozor faoliyatining o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, iste’molchilar farovonligini o‘stirish, iqtisodiyotni kompyuterlashtirish va axborotlashtirish, kompaniya imidji va tovar markasini oldi- sotdi jarayonini tezlashtirish kabi omillari bilan bog‘liq.
Tovar o‘rovini ishlab chiqish jarayoni quyidagi qarorlarni qabul qilishni o‘z ichiga oladi: o‘rov konsepsiyasini asoslab berish, o‘rovning qo‘shimcha tavsifnomalarini (o‘lchami, shakli, materiali, rangi, matni, tovar markasining joylashuvi) yaratish, o‘rovni sinab ko‘rish.
Tovar o‘rovi konsepsiyasi xaridor va iste’molchilar uchun qo‘shimcha xususiyatlarga ega bo‘lgan yangi mahsulotlarni ishlab chiqishga ko‘maklashuvchi asosiy tamoyil va g‘oyalarni o‘z ichiga oladi.
Yangi mahsulotlar uchun o‘rovlarning bir necha xil variantlari modellashtiriladi va tahlil qilinadi. O‘rovni yaratishda qabul qilinuvchi qarorlar tovarni taqsimlashda qo‘llanuvchi tovar harakatlanishi tizimi, tovar narxi va reklamani tashkil etish bilan kelishib olingan bo‘lishi lozim.
Fan-texnika taraqqiyoti va bozor munosabatlarining rivojlanishi o‘rovning vazifasi va mazmunini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu omilar tufayli o‘rov tovarni transport orqali tashishda uni himoya qilish vositasi sifatida emas, balki tovar haqidagi ma’lumotlar manbai sifatida ko‘rib chiqiladi. Tovar o‘rovini tayyorlashda quyidagi talablar bajarilishi lozim: original bo‘lish va patentlar bilan himoyalanish; estetik shartlarga javob berish; funksionallikni ta’minlash, ya’ni tovarning elementi bo‘lish; reklama harakatlarini amalga oshirish; kam xarajat talab qilish; iste’molchiga etib borguncha tovarning saqlanishini ta’minlash; transport va ombor xarajatlarini ratsionallashtirishga ko‘maklashish; tovarni sotish uchun qulay bo‘lish; tovarning raqobatbardoshligi va ekologik tozaligini aks ettirish; ikkilamchi xom-ashyo sifatida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish.
Shu tariqa, zamonaviy sharoitlarda o‘rov tovar siyosatining samarali vositasi vazifasini bajaradi. U oldi-sotdi jarayonini tezlashtiradi va engillashtiradi, tovar va firma imidjini kuchaytiradi.
Yangi tovarni bozorga olib chiqishdan oldin uni iste’mol qilishning xavfsizligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan sinab ko‘rish lozim. Sinovlar dala va laborotoriya sharoitlarida o‘tkazilishi mumkin. Sinov shakllari tovarning o‘lchami, vazifalari va turiga bog‘liq bo‘ladi. Sinovlarni o‘tkazish uchun iste’molchilar yangi tovarlar joylashgan laboratoriyaga taklif qilinadi yoki bu tovar iste’molchilarga uyda tekshirib ko‘rish uchun foydalanishga berib yuboriladi.
Testdan o‘tkazishda quyidagi ko‘rsatkichlar ahamiyatga ega: sinov o‘tkaziladigan joy (bozor, laboratoriya, uy); ob’ekt (tovar, narx, nom, marka); sinovda ishtirok etishga jalb qilinuvchi shaxslar (xaridor, ekspert); muddat (qisqa, uzoq vaqt); hajm (bitta tovar, tovarlar partiyasi); testdan o‘tkaziluvchi tovarlar soni.
Yangi tovarni sinovdan o‘tkazish natijalari asosida bu tovarni ishlab chiqarish va uni bozorga olib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. SHuni e’tiborga olish kerakki, tovarni ommaviy ishlab chiqarish tovar innovatsiyasining ishlab chiqarishni tashkil etish va marketing xarajatlari kabi eng ko‘p xarajat talab qiluvchi bosqichi hisoblanadi.

Download 36,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish