Joylashgan yeriga qarab, mehmonxonalarning quyidagi turlarini ajratish
mumkin:
shahar markazidagi mehmonxonalar;
yo‘l chetidagi, qoida tariqasida, kam qavatli, usti ochiq avtoqo‘nalg‘ali
mehmonxonalar;
shahar chetidagi va aeroportlardagi mehmonxonalar;
suzib yuruvchi mehmonxonalar – dengiz, daryo yoki ko‘l qirg‘og‘i yaqinida turistlarni joylashtirish va ular dam olishi uchun mehmonxona tarzida
jihozlangan suzish vositalari. Zarur holda bunday mehmonxona turistlar bilan birga suv bhylab boshqa qo‘nalg‘aga ko‘chirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |