Ko‘rsatiladigan xizmatlar darajasi, assortimenti va bahosiga qarab,
mehmonxonalar bir necha turga bo‘linadi:
- arzon mehmonxonalar yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar miqdori cheklangan
mehmonxonalar (bunday mehmonxonalar qoshida ovqatlanish korxonalari
bo‘lishi shart emas);
- «lyuks» mehmonxonalar – alohida loyihaga ko‘ra qurilgan, mebeli sifatining yuqoriligi bilan ajralib turuvchi, xonalari yaxshi jihozlangan, qoida tariqasida, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari miqdori nomerlari soniga nisbatan ko‘proq
bo‘lgan mehmonxonalar.
Mehmonxonalarni shuningdek ularda harakat vositalari (transport)ning
mavjudligiga, mulk shakliga (munitsipal, davlat, xususiy, ijaraga olingan va h.k.) qarab ham tasniflash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |