Qavatlilik. Jahon amaliyoti bir-ikki qavatli mehmonxonalardan boshlab 40
qavatgacha bo‘lgan va undan baland mehmonxonalar qurilishini ko‘rsatadi.
Mehmonxonalarning qavatliligi masalalari muayyan mamlakatdagi iqtisodiy,
shaharsozlik shart-sharoitlariga, bu yerda amal qiluvchi normativ talablarga, bu
mamlakatda qo‘llaniluvchi konstruksiyalar va qurilish materiallariga, binolarni qurish metodlariga bog‘liq bo‘ladi.
Hozirda:
Rossiyada – 5-16 qavatli;
Chexiyada – 8-14 qavatli;
Vengriyada kichik shaharlarda – 4-5 qavatli, katta shaharlarda va kurortlarda – 6-
11 qavatli;
Germaniyada – 8-10 qavatli;
Angliyada – 10-15 qavatli mehmonxonalar qurish ayniqsa keng tarqalgan.
Mehmonxonalarning binolari qavatliligiga qarab quyidagi guruhlarga ajratiladi:
kam qavatli (1-2 qavat) mehmonxonalar;
qavatliligi hrtacha (3-5 qavat) mehmonxonalar;
qavatliligi katta (6-9 qavat) mehmonxonalar;
ko‘p qavatli (1 toifa – 10-16 qavat; 2 toifa – 17-25 qavat; 3 toifa – 26-40 qavat)
mehmonxonalar;
baland (40 dan ortiq qavatli) binolar.
Mehmonxonalar binolarining guruhlarini belgilash uchun odamlarning
yong‘indan xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari asosiy omillardan biri
hisoblanadi. Bu choratadbirlar binoning memorliktarx, konstruktiv va muhandislik-
texnologik yechimlariga ta’sir ko‘rsatadi, xususan, yong‘in chiqqan hollarda
odamlarni evakuatsiya qilish sistemasini, signalizatsiya, tutunni aniqlash va tutunni chiqarish, o‘t o‘chirish sistemalari miqdori va turlarini belgilaydi. Zinalar miqdoriga, 2.Kabushkin N.I., Bondarenko G.A. Menedjment gostinits i restoranov. Minsk, Novoye znaniye, 2001.
umumiy koridorlar kengligiga, zina maydonchasidan yoki binodan chiqish joyidan nomer eshigining uzoqda joylashganligiga qarab yong‘inga qarshi xavfsizlik talablari qattiqlashib boradi. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida ikki va undan ortiq qavatli milliy mehmonxonalarda zinalar ikkitadan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi. Zina maydonchasidan yoki binodan chiqish joyidan nomer eshigining maksimal uzoqligi tartibga solinadi (nomer ikki zina oralig‘ida joylashgan taqdirda 40 m gacha, nomer boshi berk koridorda yoki galereyada joylashgan taqdirda esa – 25 m gacha). Umumiy koridorlarning uzunligiga qarab ularning kengligi qabul qilinadi: umumiy koridor uzunligi 40 m gacha bhlgan hollarda 1,6 m, umumiy koridor uzunligi bundan ortiq bo‘lgan hollarda esa – 1,8 m. Umumiy koridorlarni bir-biridan uzog‘i bilan 30 m oraliqda joylashgan o‘zi berkiladi-gan, tutun o‘tkazmaydigan eshikli yopmalar bilan bo‘limlarga ajratish talab eti-ladi. Sig‘imi uncha katta bo‘lmagan (taxminan 50 joydan iborat) kam qavatli
mehmonxonalarning binolari mamlakatimizda asosan viloyat miqyosidagi shahar-larda va shaharchalarda quriladi. Ko‘p qavatli mehmonxonalar qurishni odat-da shaharsozlik tartibi taqozo etadi. Bunday mehmonxonalarning binolarida odamlarning yong‘indan xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari, vertikal trans-port, muhandislik kommunikatsiyalari masalalari va boshqa shunga o‘xshash masalalar alohida ahamiyat kasb etadi. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun har xil tutunni aniqlash, yong‘in signalizatsiyasi va o‘t o‘chirish avtomatik sistemalari qo‘llaniladi; evaukatsiya
yo‘llarining ishonchliligiga alohida e’tibor beriladi. Yong‘inda bir yerda tutun to‘planishi ayniqsa xavflidir. Shu bois 10 qavatli va undan baland mehmonxonalarda zina maydonchalarining yarmi tutun to‘planmaydigan qilib quriladi. Bunday zina maydonchalaridan odamlarni binodan evakuatsiya qilish hamda o‘t o‘chirish komandalari tomonidan qutqarish ishlarini amalga oshirish uchun foydalaniladi.
Mazkur zina maydonchalarida tutun to‘planmasligi ularda balkon yoki lodjiyaga chiqish yo‘llari qurish, ya’ni havo zonasi hosil qilish orqali ta’minlanadi. Bu yong‘in chiqqan hollarda tutun bosgan qavatning umumiy koridori va xollidagi tutun zina maydonchasiga o‘tishining oldini olishga xizmat qiladi.Tutun qavatlar bo‘ylab tarqalishining oldini olish uchun havo tortilishi liftlarning shaxtalarida ham ta’minlanadi. Bundan tashqari, 10 qavatli va undan baland mehmonxonalarning binolarida o‘t o‘chiruvchilarni tashishga mo‘ljallangan yuk va yo‘-lovchi liftlari bo‘lishi shart. 16 qavatdan baland mehmonxonalarda yong‘indan qo‘riqlash idoralari bilan kelishilgan qo‘shimcha yong‘inga qarshi chora-tadbirlari qo‘llaniladi. Loyihalashtirilayotgan mehmonxonaning oqilona qavatliligini tanlash ancha murakkab vazifa bo‘lib, u har bir muayyan holatda juda ko‘p, ba’zan bir-biriga zid omillar: mehmonxonaning sig‘imi, shaharsozlik shart-sharoitlari, normativ talablar, konstruksiyalar, texnikiqtisodiy mezmonlar va hokazolardan kelib chiqib hal qilinadi. Har xil sig‘imli mehmonxonalarning binolari uchun oqilona qavatlilikni
belgilash hamda bu qavatlilik o‘zgargan holda bir joyning qurilish qiymatidagi o‘zgarishlarni aniqlash jiddiy ilmiy ishlovlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Ammo olimlarning tadqiqotlari so‘nggi vaqtda mehmonxonalarning har bir sig‘imi uchun binolarning oqilona qavatliligi, binobarin, turar joy korpusining uzunligi ham mavjud deb hisoblash imkonini beradi. Mehmonxonalarning qavatliligini oqilona darajadan oshirish qurilish bahosining oshishiga olib keladiki, buni loyihalash chog‘ida inobatga olish zarur. Mehmonxonalarning shinamlik darajasi ularning texnik jihozlanishi, nomerlar fondining tarkibi va sifati, ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘plami bilan belgilanadi. Aksariyat mamlakatlarda mehmonxonalar shinamlik darajasiga qarab tasniflanadi. Chet elda bunday tasniflashga nisbatan yondashuvda hozir ikkita asosiy yo‘nalish mavjud. Bir yo‘nalish «statik» belgilarni, ya’ni vanna va hojatxonali nomerlarning qat’iy belgilangan foiz nisbatini, mehmonxonada usti berk basseyn, sauna va boshqa shunga o‘xshash xizmatlarning mavjudligini, mehmonxona sig‘imi bilan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar miqdori o‘rtasidagi ma’lum nisbatni vaboshqashungahxshash holatlarni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu yo‘nalish nisbatan yangi moddiy negizga qarab mo‘ljal oladi. Ikkinchi yo‘nalish «dinamik» omillarni, ya’ni servis xizmatini
birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu yo‘nalish tarafdorlarining fikricha, mijozlarga lozim darajada xizmat ko‘rsatilmagan taqdirda, joylashtirish vositalari nisbatidagi qat’iy tenglik mehmonxonaning sifat standartiga muvofiqligini amalda ta’minlay olmaydi. Masalan, Shveysariyadagi mehmonxonalar tasnifi mana shu yo‘nalishga kiradi. Mehmonxonalarni shinamlik darajasiga qarab tasniflash, bu darajalarni belgilash masalasiga nisbatan har xil yondashuv hamda aksariyat mamlakatlarda shinamlik darajasi bir xil mehmonxonalarga qo‘yiladigan talablarning har xilligi xalqaro turistik safarlarni tashkil etish chog‘ida jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi, mehmonxonalarning sifati va shinamlik darajasi to‘g‘risida qo‘shimcha axborot olishni taqqozo etadi. Bunday ko‘rsatkichlarni bir xillashtirishga va shinamlik darajasi bir xil mehmonxonalarga nisbatan yagona talablarni ishlab chiqishga bo‘lgan urinishlar hozircha muvaffaqiyat keltirgani yo‘q.
Katta sig‘imli, shinamlik darajasi baland bo‘lgan zamonaviy mehmonxona
bugungi kunda ancha murakkab kompleks organizmga aylandi. Bu kompleks
tarkibiga har xil vazifani bajaruvchi turlituman binolar va xonalar, chunonchi: turar joy binolari, mijozlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlansh, ommaviymadaniy, maishiy xizmat ko‘rsatish, ma’muriy binolar va xonalar, xizmat, xo‘jalik, yordamchi, texnik binolarvaxonalarning rivojlangan tarkibi kiradi. Bugungi kunda ishga doir uchrashuvlar uchun mo‘ljallangan binolar (konferens-zallar yoki ko‘p funksional foydalanish uchun mo‘ljallangan zallar), kinokonsert zallari, bal zallari, bank bo‘limlari, basseynlar, saunalar, sport zallari, kegelbanlar, ko‘rgazma tashkil etishga mo‘ljallangan binolar, savdo korxonalari, garajlar ham zamonaviy mehmonxonalar tarkibidan keng o‘rin olmoqda.
Odatda mehmonxonalarning har xil binolari va xonalari ma’lum funksional
belgilariga qarab guruhlanadi. Bunday belgilar mehmonxonalarning binolari va xonalari o‘rtasida sanitariyagigiyena va yong‘in xavfsizligi talablariga javob
beruvchi, mehmonxonadan foydalanishning qulayligini va unda yashashning
shinamligini oshiruvchi qat’iy texnologik aloqalarni tashkil etish imkonini beradi. Turli binolar va xonalarning hzaro aloqasini to‘g‘ri tashkil etishning qiyinligi shundaki, mehmonxonada yashovchi odamlar murakkab kompleks organizmning kundalik mehnatini ko‘rmasliklari, balki faqat bu mehnat natijalaridan bahramand bo‘lishlari kerak. Mehmonxonaning shinamlik darajasi qancha yuqori va sig‘imi qancha katta bo‘lsa, uning tarkibiga shuncha ko‘p har xil xonalar va binolar kiradi va u shuncha murakkab funksional tuzilmaga ega bo‘ladi. Jahon mehmonxonalarni loyihalash va qurish amaliyotida ularni tashkil etishning har xil funksional sxemalari qhllanadi. Ammo bu sxemalarning barchasi mehmonxonalarda sodir bo‘luvchi murakkab texnologik jarayonlardan kelib chiqib tuziladi. Mehmonxona korxonasi aniq va qat’iy ishlashi uchun yuqorida zikr etilgan jarayonlarning talablariga rioya qilish zarur. Ayni vaqtda, mehmonxonalarning ichki faoliyatini tashkil etish prinsiplarida umumiy jihatlar ham bisyor, chunki mehmonxonalardagi binolar va xonalarning asosiy guruhlari taxminan bir xil. Shu bois har xil sig‘imli mehmonxonalarni funksional tashkil etishning prinsipial
sxemalarini ishlab chiqish mumkin. Binoga kirish joylarining miqdori mehmonxonani funksional tashkil etish uchun muhim ahamiyatga ega. Katta sig‘imli va shinamlik darajasi yuqori bo‘lgan mehmonxonalar odatda 3-4 ta kirish joyiga ega bo‘ladi:
asosan mijozlar va boshqa mehmonlar foydalanuvchi asosiy kirish joyi
(zamonaviy mehmonxonalarda bu kirish joyining usti avtomashinadan tushib
binoga kirishni ta’minlovchi soyabon bilan thsilgan bo‘ladi);
asosan shaharliklar foydalanuvchi umumiy ovqatlanish korxonalariga kirish jo-yi;
mexmonxona va ovqatlanish bloki xodimlari uchun mo‘ljallangan bir yoki bir
nechta kirish joylari;
mehmonlar bagajini olib kirish va olib chiqishga mo‘ljallangan maxsus kirish joyBundan tashqari, mehmonxonaning xo‘jalik maqsadlari uchun mo‘ljallangan
hovlisida yuklash,yuk tushirish maydonchasi (debarkader) bo‘lishi kerak. Bu hovli orqali mehmonxonaga toza choyshab, mebel, har xil ashyolar, muhandislik uskunalari, umumiy ovqatlanish korxonalari uchun xom ashyo va mahsulotlar olib kelinadi, shuningdek mehmonxonadan kir choyshablar, oziq-ovqat mahsulotlari chiqindilari, bo‘sh idishlar, axlat olib ketiladi. Respublikamizda amalda bo‘lgan sanitariyagigiyena talablariga muvofiq, toza choyshab va mahsulotlarni tushirish kir choyshab, oziqovqat mahsulotlari chiqindilari va axlatni yuklashdan alohida joyda amalga oshirilishi lozim. Yirik shaharlarda, ba’zan kurortlarda joylashgan zamonaviy mehmonxonalarda xo‘jalik maqsadlari uchun mo‘ljallangan hovli ko‘pincha usti berk qilib quriladi va binoning poypesh yoki yerto‘la qavatida joylashtiriladi. Bunday hovli puxta rejalashtirilib qurilgan hollarda hovliga kiruvchi va undan chiquvchi avtomashinalarning marshrutlari mos kelmaydi va kesishmaydi. Kichik sig‘imli mehmonxonalarda ba’zan ikkita kirish joyi: asosiy kirish joyi va maishiy xizmat ko‘rsatish xonalariga kirish joyi, shuningdek xo‘jalik maqsadlari uchun mo‘ljallangan hovlida yuklash va yuk tushirish maydonchasi qurish bilan kifoyalanadilar. Mehmonxonalarning har xil binolari va xonalari o‘z funksional vazifasiga qarab
mehmonxonaning turar joy, umumiy va xizmat ko‘rsatish-xo‘jalik qismlariga
birlashtiriladi. Bu qismlar har xil joylashtirilishi hisobiga mehmonxonalarning hajm va maydon tuzilishi ham har xil bo‘ladi. Mehmonxonalarni loyihalash va qurish amaliyotida bir nechta shunday tuzilishlar yuzaga kelgan. quyida ularning asosiylarini ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |