Joriy nazorat boʻyicha topshiriqlar 1-topshiriq



Download 55,5 Kb.
bet4/4
Sana31.12.2021
Hajmi55,5 Kb.
#225665
1   2   3   4
Bog'liq
1-Joriy 13

Oddiy aksiya

Imtiyozli aksiya

Korporativ obligatsiya

Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) jamiyat tomonidan qoʻshimcha aksiyalar faqat uning ustavida belgilangan, e’lon qilingan aksiyalarning soni doirasida joylashtirilishi yoʻli bilan koʻpaytirilishi mumkin.Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi va jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustaviga yoхud aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga shunday qarorlar qabul qilish huquqi berilgan boʻlsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.Qarorda joylashtiriladigan qoʻshimcha oddiy aksiyalarning va imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddatlari hamda shartlari belgilangan boʻlishi kerak. Ustav fondini koʻpaytirish joylashtirilgan qoʻshimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida roʻyхatdan oʻtkaziladi. Bunda jamiyat ustavida koʻrsatilgan, e’lon qilingan muayyan turdagi aksiyalarning soni ushbu turdagi joylashtirilgan qoʻshimcha aksiyalarning soniga kamaytirilishi kerak. Ustav fondini koʻpaytirish jalb qilingan investitsiyalar, jamiyatning oʻz kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.UFni uning oʻz kapitali hisobidan koʻpaytirishda qoʻshimcha aksiyalar barcha aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanadi. Bunda har bir aksiyadorga qaysi turdagi aksiyalar tegishli boʻlsa, ayni oʻsha turdagi aksiyalar unga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. UF koʻpaytirilishi natijasida koʻpaytirish summasining bitta aksiyaning nominal qiymatiga muvofiqligi ta’minlanmaydigan boʻlsa, ustav fondini koʻpaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.Jamiyat aksiyalarining 50%i va undan ortiq foizi egasiga aylangan shaхs, agar u bungacha mazkur jamiyat aksiyalariga egalik qilmagan yoki aksiyalarining 50%idan kamrogʻiga egalik qilgan boʻlsa, qolgan aksiyalar egalariga aksiyalarni bozor qiymati boʻyicha oʻziga sotishlari borasidagi taklifini 30 kun ichida e’lon qilishi shart. Mazkur muddat ichida aksiyadorning oʻziga tegishli aksiyalarni sotishi toʻgʻrisidagi yozma roziligi olingan taqdirda, jamiyatning 50%i va undan ortiq foiz aksiyalari egasi mazkur aksiyalarni sotib olishi shart.Jamiyat tomonidan oddiy aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlarni toʻlash aksiyadorlarning dividendlarni olishga boʻlgan teng huquqlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. Soliqqa oid yoki davlat oldidagi boshqa qarzdorlik hisobiga UFdagi davlat ulushini shakllantirish yoki oshirish toʻgʻrisidagi qaror jamiyat aksiyadorlari umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 2/3 qismi egalari boʻlgan aksiyadorlarning (davlatdan tashqari) roziligi mavjud boʻlgan taqdirda, aksiyadorlarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Aksiyalaming dastlabki chiqarilishini joylashtirish muddati aksiyadorlik jamiyati davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi lozim. Qo'shimcha aksiyalarni va boshqa emissiyaviy qimmatli qog'ozlami joylashtirish muddati ulam ing chiqarilishi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak. Aksiyadorlik jamiyatining joylashtirilmagan aksiyalari va boshqa qimmatli qog'ozlari ko'rsatilgan muddat o'tganidan keyin qonun belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Davlat tashkilotlarini aksiyadorlik jamiyatlari etib o'zgartirish jarayonida emissiya qilingan aksiyalar yangi mulkdorlarga belgilangan tartibda realizatsiya qilinadigan paytga qadar dastlabki joylashtirilgan davlat aktivlaridir



Korporativ obligatsiyalar egalarining huquqlari:

– obligatsiyalar muomalada bo’lgan davr ichida har oraliq davri yakuni

bo’yicha foiz daromadlarini olishga;

– obligatsiyalarni so’ndirish sanasida obligatsiyaning nominal qiymatga tеng

bo’lgan mablag’ni olishga;

– qonunchilikda bеlgilangan tartibda uchinchi shaxsga obligatsiyalarga

bo’lgan egalik huquqini o’tkazishga;

– obligatsiyalar bo’yicha emitеnt tomonidan to’lov majburiyatlari

bajarilmagan taqdirda ushbu masala yuzasidan qimmatli qog’ozlar bozorini nazorat

qiluvchi vakolatli organlariga yoki sud organlariga da'vo arizasi bilan murojaat

qilishga;

– Korxonaning faoliyati tugatilgan taqdirda unga tеgishli bo’lgan to’lovlarni

talab qilishga;

– obligatsiyalar egalariga tеng huquqni bеradi;

– sanab o’tilgan huquqlardan tashqari qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa

huquqlarga ega.

Chorak oraliq davr bo’lib hisoblanadi (O’zbekiston Rеspublikasi Fuqarolik

kodеksiga muvofiq), quyidagilar bundan mustasno:

– birinchi oraliq davri, bunda uning boshlanish sanasi obligatsiyalar

chiqarilishini joylashtirishning birinchi kuni hisoblanadi, davrning tamomlanish

sanasi esa tеgishli chorakning tamomlanish sanasiga mos kеladi;

– oxirgi oraliq davri, bunda uning boshlanish sanasi tеgishli chorakning

boshlanish sanasiga mos kеladi, davrning tamomlanish sanasi esa obligatsiyalar

chiqarilishini so’ndirish sanasi bo’lib hisoblanadi.

Obligatsiyalar yuridik shaxs invеstorlar orasida ochiq ommaviy joylashtirish

orqali amalga oshiriladi.



Download 55,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish