JORIY NAZORAT -1 (10 ball)
1-topshiriq. Yozma va og’zaki nutq xususiyatlari” mavzusida insho yozing. 2 ball
2- topshiriq. Gaplarni ko‘chiring, ulardagi so‘zlarning qanday adabiy til me’yorlariga mosligini izohlang. 1 ball
1. Yaxshi nutq tuzish uchun nahv, aruz, mantiq fanlari hamkorligidan foydalanish zarur bo‘ladi. Ularning birontasiga ahamiyat bermaslik, bulardan birining qoidasi buzilishi qolgan ikkitasiga ta’sir qilmay qolmaydi (Abu Rayhon Beruniy).
2. Agar so‘zni va ilmni yaxshi bilsang ham hech bir so‘zni buzma, to‘g‘ri ta’rifla. So‘zni bir xil gapir (Kaykovus).
3. Bilib so‘zla, so‘z bilig sanalur (Yusuf Xos Hojib).
4. So‘zlaringda bo‘lsin fikr-u o‘y yoniq, bo‘lsin har so‘zingda bir nuqta aniq (X.Dehlaviy).
5. Agar tilni asramoq ko‘ngulga mehnatdur, ammo so‘zni siypamoq boshqa ofatdur (A. Navoiy).
Do'stlaringiz bilan baham: |