Jo’rayeva zarina 8-sinflar uchun “Mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv” mavzusida tayyorlagan bir soatlik dars ishlanmasi


Mavzu. Inflatsiya va uning turlari



Download 7,14 Mb.
bet4/4
Sana26.01.2017
Hajmi7,14 Mb.
#1199
1   2   3   4

Mavzu. Inflatsiya va uning turlari


Maqsadi: O’quvchilarda inflatsiya va uning turlari mavzusidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlariga erishish:

Vazifalari :

inflatsiyaning mohiyatini tushunib yetish;

inflatsiya turlarini bir – biridan farqlash;

Inflatsiyaning kelib chiqish sabablarini bilish.



Dars jarayonida egallashlari lozim bo’lgan asosiy atamalar:

Pul massasi;

Valuta;

Pulning aylanish tezligi ;



Inflatsiya;

Inflatsiya darajasi.

defilyatsiya;

giperinflyatsiya.



Darsga tayorgarlik va darsga kerakli bo’lgan vositalar;

1.Vositalar; darslik, xorijiy davlatlar valutalari kursi aks etgan slaydalar.

2. Sinf tayorgarligi: Dars jarayoniga guruxni shakllantirish, sinf partalarini joylashtirish va stol ustiga pul, tovar, bank, tadbirkor,do’kon, pul rasmlari aks etgan kartochkalar qo’yiladi.

Darsnung turi: yangi mavzuni bayon etish;

Darsda qollaniladigan metodlar; guruhlar bilan ishlash, ko’rsatish, suhbat, “ Tushuncha tahlili”.

Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:

1

Tashkiliy qism

2daqiqa

2

Yangi mavzuni esga olish;

5 daqiqa

3

Yangi mavzuni yoritish:

a) guruxlarda ishlash -6 daqiqa

b)taqtimot - 15 daqiqa

d) tahlil qilish

s) umumlashtirish - 4 daqiqa

25 daqiqa



4

Yangi mavzuni mustahkamlash

6 daqiqa

5

Darsga yakun yasash va baholash

5 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism;

O’quvcilar sinfga kirishadi ularning kirishadi ularning har biriga stol ustidagi rasmlar aks etgan kartochkalar olish tavsiya etiladi va rasmlar bo’yicha stolga o’tirish kerakligi aytiladi.



II. O’tilgan mavzular haqida suhbatlashish.

1.O’zbekiston Respublikasining er maydoni qanchaga teng? Javobi; (Yer maydoni 448900 km.)

2. Ishlab chiqarilayotgan yillik elektr energiya miqdori nechaga teng?

Javobi; (50,1 mlrd, kilovatt soat .)

3. O’zbekiston aholisi qanchaga teng?

Javobi; (Mamlakatimiz aholisi 2008 yil oxirida 27 million 555 ming 300 kishidan iborat bo’lgan. Mehnat reurslari aholining yarmini tashkil qiladi. Uning ijtimoiy faol qismi 11 min. 35 ming 400 kishidan iborat. Aholining o’rtacha yoshi 24 yilni tashkil qiladi.)



III. Sizlar bilan, O’zbekiston respublikasinig iqtisodiy salohiyati haqidagi bilimlarimizni eslab oldek.

IV. Yangi mavzu: Inflatsiya va uning turlari

Mavzuning bayon qilis rejasi:

1). Muomalada qancha pul bo’lishi kerak.

2). Inflatsiya.

3).Inflatsiya sabablari.

4) Yangi mavzuni guruxlardagi o’quvchilar mustaqil o’qish orqali amalga oshiriladi.

Guruxlarga:

O’quvchilar Sa’dullaevlar oilasining bir oylik chiqimlari bilan tanishtiriladi va quyidagi savollar beriladi.

1) Sa’dullaevlar oilasining o’rtacha xarajatlari miqdorini hisoblang.

2)Agar oziq-ovqatlar narxi 20% oshsa, Sa’dullaevlar oilasining oylik xarajatlari miqdori necha so’mga oshadi?Bu oilaning umumiy oylik xarajatlari necha foizga o’sadi?

3)Agar keyim kechaklar narxi 10% ga ko’tarilsa, Sa’dullaevlar oilasining oylik xarajatlari necha so’mga oshadi?Bu oilaning umumiy oylik xarajatlari necha foizga teng?

O’quvchilarga yozma ravishda javob tayyorlashlari aytiladi va topshiriqni bajarish uchun 7 daqiqa vaqt beriladi.

Topshiriqni bajarib bo’lishganidan so’ng 2 nafar o’quvchi doskaga chiqariladi va tayyorlagan javobi birgalikda tahlil qilinadi.

Yechimlar:

1. 400000 so’m

2. a) 200000:100x 20= 40000

b) 40000: 400000 x 100=10%

3. a) 100000:100x10=10000

b) 10000:400000x100=2,5%

Javob:

1. Sa’dullaevlar oilasining 1 oylik o’rtacha xarajati jami 400000 so’m.



2. Oziq-ovqatlar 20% oshganligi sababli Sa’dullaevlar oilasining umumiy xarajati 40000 so’mga ko’payadi, bu oilaning umumiy oylik xarajatlarining 10% tashkil qiladi.

3. Keyim –kechaklar narxi 10% ga oshganligi natijasida oilaning umumiy xarajatlari yana 10000 so’mga ko’payadi, bu oilaning umumiy oylik xarajatlarining 2,5% ga oshganini bildiradi.

Yuqoridagi 2-3 bahdlarda hisoblangan umumiy xarajatlar o’sishining foizlardagi miqdori, Sa’dullaevlar oilasi uchun oylik inflyatsiya darajasini bildiradi.40000+10000=50000:400000x100=12,5%

V. Mustahkamlash.

-Inflyatsiya bu nima?

O’quvchilar fikri so’raladi va o’qituvchi tomonidan to’ldiriladi.

Agar mamlakat iqtisodiyotida muomaladagi pul miqdori ko’payib ketsa, pul muomalasi qonuniga ko’ra, Fisher tenglamasidagi muvozanatni saqlash uchun tovar va xizmatlar hajmini ko’paytirish yoki tovar va xizmatlarning o’rtacha narxini oshirish kerak bo’ladi.Lekin Tovar va xizmatlar hajmini bir daqiqada oshirish imkoni yo’q, shu sababli muomaladagi pul hajminig oshishi, odatda narxlarning oshishiga olib keladi.

Iqtisodiyotda narx- navoning oshishi jarayoniga inflyatsiya deyiladi. Inflyatsiya o’z navbatida davlat pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi. Pulning qadrsizlanishi deb, unga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar miqdorining kamayishiga aytiladi. Agar narxlar oshsa, ma’lum miqdordagi sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar miqdori kamayadi. Bu esa pulning qadrsizlanishidan dalolat beradi.

Aksincha,bozordagi narxlar arzonlashsa, ma’lum miqdordagi pulga, ko’proq tovar va xizmatlar sotib olish mumkin bo’ladi. Bu pul qadrini oshganligini ko’rsatadi. Iqtisodiyotda narx-navoning pasayishi jarayonigadeflyatsiya” deyiladi.

“Inflyatsiya” makroiqtisodiy jarayon bo’lib, mamlakat iqtisodiyotining hamma sohalarini qamrab oladi va deyarli barcha Tovar va xizmatlar narxining o`shishi bilan xarakterlanadi.

O’quvchilardan amaliy mashqni davom ettirish so’raladi va quyidagi savol beriladi:



- Agar, madaniy molar narxi 30% oshsa, Sa’dullaevlar oilasi uchun oylik inflyatsiya darajasi necha foizni tashkil qiladi?

O’quvchilarga amaliy mashqni bajarish uchun vaqt ajratiladi.

Yechim: a) 20000:100 x30=6000 so’m

b) 6000:400000x100 = 1,5%

Javob: bu holatda,oila uchun oilaning oylik inflyatsiya darajasi 1,5% ni tashkil qiladi.

-Agar ,oziq-ovqatlar narxi 10 % ga, keyim-kechaklar narxi 20 % ga va madaniy hordiq mollari narxi 30 % ga oshsa, Sa’dullaevlar oilasi uchun oylik inflyatsiya darajasi necha foizni tashkil qiladi?

Yechim: a) 200000:100x10 = 20000 so’m;

b) 100000:100 x 20 = 20000 so’m;

d) 20000:100x30 = 6000 so’m

e) 20000+20000+6000 =46000

f) 46000:400000 x 100 = 11,5 %

Javob: Sa’dullaevlar oilasi uchun oylik inflyatsiya darajasi 11,5% ni tashkil qiladi.



- Inflyatsiya nima sababdan kelib chiqadi

O’quvchilar javobi eshitiladi va xulosa qilinadi.

Xulosa: Inflyatsiya quyidagi sabablarga ko’ra kelib chiqishi mumkin:

1) Davlat va firmalarning mamlakatda ishlab chiarayotgan Tovar va xizmatlari qiymatiga qaraganda, ko’p pul xarajat qilishlari oqibatida Tovar, xizmatlarga bo’lgan talab miqdori, taklif qilinayotgan Tovar, xizmatlar miqdoridan ko’p bo’ladi, narxlar oshadi.

2) Tovarni ishlab chiqarish uchun zarur resurslar(mexnat va xom ashyo) narxi oshadi. Masalan, mexnat reurslarining narxi,ya’ni ish haqi oshiriladi, natijada tovarni narxi oshadi(ish haqi tovar tannarxining oshishiga sabab bo’ladi), ikkinchi tomondan ish haqi oshirilishi aholining qo’lidagi pul massasini oshishiga ham olib keladi. Inflyatsiyani jilovlab turish juda mushkul. Bu davlatning ehg asosiy iqtisodiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Inflyatsiyani nazoratdan chiqarib yuborish, unuig o’sib, giperinflyatsiyaga aylanishiga olib kelishi mumkin. Giperinflyatsiya deb, narx-navoning haddan tashqari o’sishiga aytiladi. Giperinflyatsiya paytida narxlar oshishi kundan –kunga sezilishi, bugungi narx ertaga to’g’ri kelmay qolishi mumkin, narxlar yiliga 100 barobardan ham ko’proq oshishi kuzatiladi.Masalan, birinchi jahon urushidan keyin, 1923 yili Germaniyada narxlar 1,3 trillion marta oshib, giperinflyatsiya kuzatilgan.1985 yili Boliviyada inflyatsiya darajasi 2148 % ni tashkil qilgan.1990 yillari boshida esa sobiq ittifoq respublikalarining barchasida inflyatsiya darajasi yuqori bo’lganligining guvohi bo’lganmiz.


VI.Uyga vazifa


Amaliy mashq Sa’dullayevlar oilasining o`rtacha bir oylik chiqimlari

T/r

Xarajatlar

Miqdori (so`mda)

Narx oshishi %da

1.

Shaxsiy iste’mol tovarlari va xizmatlari

20000




2.

Uy ro`zg`or va xo`jalik mollari

20000




3.

Oziq-ovqat

200000




4.

Kiyim kechak

100000




5.

Madaniy mollar va xizmatlar

20000




6.

Avtomobil xarajatlari

20000




7.

Elektr energiya

10000




8.

Maishiy xizmatlar

10000







Jami oylik chiqim






1. Agar avtomobil xarajatlari narxi 30 % ga ko’tarilsa, Sa’dullaevlar oilasining oylik xarajatlari necha so’mga oshadi?Bu oilaning umumiy oylik xarajatlari necha foizga teng?

Amaliy mashq

Sa’dullayevlar oilasining o`rtacha bir oylik chiqimlari

T/r

Xarajatlar



Miqdori (so`mda)

Narx oshishi %da

1

Shaxsiy iste’mol tovarlari va xizmatlari

20000




2

Uy ro`zg`or va xo`jalik mollari

20000




3.

Oziq-ovqat

200000




4.

Kiyim kechak

100000




5.

Madaniy mollar va xizmatlar

20000




6.

Avtomobil xarajatlari

20000




7.

Elektr energiya

10000




8.

Maishiy xizmatlar

10000







Jami oylik chiqim






2. Agar elektr energiya narxi 8 % oshsa, Sa’dullaevlar oilasining oylik xarajatlari miqdori necha so’mga oshadi?Bu oilaning umumiy oylik xarajatlari necha foizga o’sadi?

Amaliy mashq

Sa’dullayevlar oilasining o`rtacha bir oylik chiqimlari

T/r

Xarajatlar



Miqdori (so`mda)

Narx oshishi %da

1.

Shaxsiy iste’mol tovarlari va xizmatlari

20000




2.

Uy ro`zg`or va xo`jalik mollari

20000




3.

Oziq-ovqat

200000




4.

Kiyim kechak

100000




5.

Madaniy mollar va xizmatlar

20000




6.

Avtomobil xarajatlari

20000




7.

Elektr energiya

10000




8.

Maishiy xizmatlar

10000







Jami oylik chiqim






3. Agar, madaniy molar narxi 30% oshsa, Sadullaevlar oilasi uchun oylik inflyatsiya darajasi necha foizni tashkil qiladi? Bu oilaning umumiy oylik xarajatlari necha foizga o’sadi?

Amaliy mashq

Sa’dullayevlar oilasining o`rtacha bir oylik chiqimlari

T/r

Xarajatlar



Miqdori (so`mda)

Narx oshishi %da

1.

Shaxsiy iste’mol tovarlari va xizmatlari

20000




2.

Uy ro`zg`or va xo`jalik mollari

20000




3.

Oziq-ovqat

200000




4.

Kiyim kechak

100000




5.

Madaniy mollar va xizmatlar

20000




6.

Avtomobil xarajatlari

20000




7.

Elektr energiya

10000




8.

Maishiy xizmatlar

10000







Jami oylik chiqim






4. Shaxsiy iste’mol tovarlari va xizmatlari 30% oshsa, Sadullaevlar oilasi uchun oylik inflyatsiya darajasi necha foizni tashkil qiladi? Bu oilaning umumiy oylik xarajatlari necha foizga o’sadi?

Amaliy mashq Sa’dullayevlar oilasining o`rtacha bir oylik chiqimlari



T/r

Xarajatlar



Miqdori (so`mda)

Narx oshishi %da

1.

Shaxsiy iste’mol tovarlari va xizmatlari

20000




2.

Uy ro`zg`or va xo`jalik mollari

20000




3.

Oziq-ovqat

200000

20%

4.

Kiyim kechak

100000

10%

5.

Madaniy mollar va xizmatlar

20000

30%

6.

Avtomobil xarajatlari

20000




7.

Elektr energiya

10000




8.

Maishiy xizmatlar

10000







Jami oylik chiqim






Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish