Xromosomada DNK ning struktura tuzilishi (nukleosomalar). Yuksak rivojlangan organizmlarda DNK xromosomalarda joylashgan. Xromosomalar shakli murakkab struktura tuzilishiga ega. Har bir xromosomada xromatin asosini tashkil etadigan bitta gigant DNK molekulasi joylashgan, uning molekulyar og`irligi taxminan 10¹¹, uzunligi bir necha sm atrofida.
Xromatin tuzilishi bo`yicha molekuladan yuqori strukturaga ega bo`lib, tarkibida qo`sh zanjirli DNK molekulasi, oqsil, kam miqdorda RNK va anorganik moddalardan tashkil etilgan murakkab kompleks bor. Xromatin komponentlari nisbati foizlarda quyidagicha: DNK 30-45, gistonlar 30-50, giston bo`lmagan oqsillar 4-33 va RNK 1,5-10.
Xromatin tarkibiga zich taxlangan DNK joylashgan bo`lib, asosiy qismi faol emas. Turli hujayralarda faol xromatin 2-11 % ni tashkil etadi. Bosh miya hujayralarida uning miqdori ko`proq – 10-11%, jigarda – 3-4 %; buyrakda – 2-3%. Elektron mikroskopda xromatin munchoq shaklida ko`rinadi: uning sharsimon kengaygan qismlari 10 nm atrofida, bir-biridan ipsimon qismlari bilan ajralgan. Kengaygan sharsimon bo`lagi nukleosomalar deb ataladi. Har bir nukleosoma qo`sh spiralli DNK parchasidan iborat bo`lib, uzunligi 140 juft nukleotid va 8 molekula giston (H2a, H2b, H3, H4) ga teng. Har bir nukleosomada 4 turdagi gistonlarning har biridan ikki molekulasi joylashgan. Qo`sh spiralning ipsimon qismlari 30-60 juft asosdan iborat. Turli xil hujayralarga uning bog`langan H1 gistonini uzunligi har xil. Odam DNK molekulasining uzunligi taxminan 3-5 sm atrofida. Xromosomaning uzunligi atigi bir necha nanometr. Demak,
xromosomada DNK zichlashib qisqargan holatda joylashgan.
Nukleosomada DNK ning taxlanish darajasi beshga teng, ya’ni uning uzunligi 5 martaga qisqargan. DNK miqdorini taxminan 90 % i nukleosoma tarkibiga, qolgani qismi esa ipsimon qismiga to`g`ri keladi. Nukleosomalar xromatinning ―tinch‖ turgan holatdagi ko`rinishi, ipsimon qismi esa – faol xromatin bo`lagidir.
– rasm. Xromosoma xromatinidagi DNK ning strukturasi
Nukleosomalar yoyilishi va to`g`ri shaklga o`tishi mumkin. Yoyilgan nukleosomalar faol xromatinga aylanib. funktsiyani strukturaga bog`liqligini bildiradi. Globulyar nukleosomalar tarkibida xromatin qancha ko`p bo`lsa, u shunchalik faollashmagan bo`ladi.
RNK ning ikkilamchi va uchlamchi strukturalari. RNK bir zanjirli molekula, shu sababli uning ikkilamchi va uchlamchi strukturalari doimiy emas. RNK ning hamma turlari DNK ning bir zanjirli nusxasiga o`xshash. Tarkibida palindromlar saqlagan qismlaridan nusxa ko`chirilganda RNK molekulalarida shpilkalar(to`g`nog`ich) hosil bo`lishi aniqlangan.
mRNK hujayrada biokimyogar G.P.Georgiyev tomonidan kashf etilgan, o`tmishdoshi – pre-mRNK dan hosil bo`ladi. mRNK ning kodli elementi nukleotidlar tripletlari yoki kodon deb aytiladi. Har bir kodon ma’lum bir aminokislotaga mos keladi. mRNK ning ikkilamchi strukturasi egilgan zanjir
shaklida, uchlamchi strukturasi esa g`altakka o`ralgan ip sko`rinishida bo`lib, bunda transport oqsili – informofer alohida o`rin tutadi.
–rasm. t RNK ning ikkilamchi strukturasi
tRNK ning ikkilamchi strukturasi ―beda bargi‖ ko`rinishiga ega. Ushbu ko`rinish tRNK ichki zanjiri komplementar qismlari nukleotidlarining alohida juftlashishi oqibatida kelib chiqadi. Nukleotidlar orasida vodorod bog`lari hosil qilmaganlari tRNK qismlari halqa (petlya) shaklida yoki to`g`ri chiziqli bo`g`inlar hosil qiladi. tRNK da quyidagi struktura qismlari farq qilinadi:
Aksteptor shoxchasi to`rtta to`g`ri joylashgan nukleotidlardan tashkil etilib, ulardan uchtasi barcha turdagi RNK larda bir xil tartibda – SSA ko`rinishiga ega. Bunda adenozinning 3¹ - OH gidroksili erkin. Unga aminokislotaning karboksil guruhi birikadi, tRNK ning ushbu qismini aktseptor deb nomlanishi ham shundan kelib chiqqan. tRNK oqsil sintezida ribosomalarga adenozinning 3¹ - OH gidroksil guruhi bilan bog`lanadigan aminokislotani yetkazib beradi.
Antikodonli halqa odatda ettita nukleotiddan hosil bo`ladi. Har bir tRNK o`zining maxsus antikodoniga ega. Komplementarlik qoidasiga asosan tRNK ning
antikodoni mRNK kodoni bilan juftlashadi. Kodon-antikodonni o`zaro ta’siri ribosomalarda polipeptid zanjirini yig`ilishida aminokislotalarning joylashish tartibini belgilab beradi.
Psevdouridilli halqa 7 ta nukleotiddan iborat va o`zida psevdouridil kislota qoldig`ini tutadi. Bu halqa tRNK ning ribosoma bilan bog`lanishida ishtirok etadi, deb taxmin qilinadi. Uning strukturasida pentoza N-C emas, balki C-C bog`lar orqali birikkan.
Digidrouridinli yoki D-halqa odatda 8-12 ta nukleotiddan tashkil topgan bo`lib, ularning orasida digidrouridinning bir nechta qoldiqlari bor. Aminokislota o`zining transport RNK sini tanishida aminoatsil – tRNK – sintetaza bilan bog`lanishida D-halqa ishtiroki zarur deb hisoblanadi.
Qo`shimcha halqa o`lchami va nukleotidlar tarkibi bo`yicha turli xil tRNK larda turlicha bo`ladi.
tRNK ning uchlamchi strukturasi beda bargi shaklida emas, balki bukilib buralgan shaklda bo`lib, bunda beda bargining halqali yaproqchalari qo`shimcha van-der-vaals bog`lari orqali bog`langan holda o`ralgan bo`ladi.
rRNK ni ikkilamchi strukturasi egilgan zanjir birikishidan hosil bo`lgan spiralli uchastkalar ko`rinishiga ega. rRNK ning uchlamchi strukturasi ribosoma skeletsimon tayoqcha yoki kalava shakliga ega. Uning ichki tomoniga ribosoma oqsillari tegib turadi.
– rasm. t RNK ning uchlamchi strukturasi
Do'stlaringiz bilan baham: |