Reaktsiya tezligining vodorod ionlari miqdoriga bog`liqligi. Odatda fermentativ reaktsiya tezligi va har bir ferment uchun o`zining optimum pH i mavjud bo`lib, unda ferment katalizlaydigan reaktsiya tezligi maksimal bo`ladi. pH ning yuqori va quyi tomonga o`zgarishi fermentativ reaktsiya tezligini pasayishiga olib keladi.
jadval
Ayrim fermentlar ning optimal pH qiymatlari
Ferment
|
Pepsin
|
Kislotali
fosfataza
|
Ureaza,
pankreat.amilaza
|
Tripsin
|
Arginaza
|
pH
optimumi
|
1,5-2,5
|
4,5-5,0
|
6,4-7,2
|
7,8
|
9,5-9,9
|
Keltirilgan ma’lumotlardan fermentlarda pH optimumi bir xil emasligi ko`rinib turibdi. Lekin ko`pchilik fermentlarning hujayrani fiziologik qiymatlariga mos keluvchi pH optimumi neytralga yaqinroq.
Fermentativ reaktsiya tezligini pH ga bog`liqligi asosan ferment faol markazidagi funktsional guruhlarining holati to`g`risida ma’lumot beradi. Muhit pH ning o`zgarishi substratni bog`lashga (kontakt qismi) yoki o`zgartirishida
ishtirok etadigan katalitik qismidagi faol markaz aminokislotalari qoldig`idagi kislotali va ishqoriy guruhlarini ionlashishiga ta’sir qiladi. Ferment substratning ionlashgan va ionlashmagan shakli bilan ham bog`lanadi. Optimal pH da faol markazning funktsional guruhlarini reaktsiyaga kirishish qobiliyati ortiqcha. Kuchliroq, substrat ham fermentning bu guruhlari bilan qulay shaklda bog`lanadi.
3.8. – rasm. Reaktsiya tezligining vodorod ionlari miqdoriga bog`liqligi.
Fermentativ reaktsiyalarning pH ga bog`liqligi amaliy ahamiyatga ega. Avvalo ferment faolligini aniqlash shu fermentga optimal bo`lgan pH da o`tkaziladi. Buning uchun kerak pH qiymatiga ega bo`lgan bufer eritmasi tanlanadi.
Fiziologik sharoitda pH qiymati deyarli o`zgarmaydi, lekin organizmning ma’lum bir qismida pH o`zgarishi mumkin. Masalan, mushaklarning jadal ishlashi natijasida to`plangan sut kislotasi qisqa vaqt ichida mushak to`qimasida pH ning kislotali muhitga o`tkazib fermentativ reaktsiya tezligini ham o`zgartiradi.
Har bir fermentning pH optimumini bilish amaliy meditsinada ahamiyatga ega. Masalan, pepsin ta’sirida oshqozonda oqsillarni faol gidrolizlanishi kuchli kislotali muhitni talab etiladi. Shu sabab endogen pepsinning faolligini tiklashda kislotali moddalar qabul qilinadi.
Kerakli pH muhitni hosil qilishda pepsin preparati xlorid kislotasi bilan birga qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |