Siydikning anorganik (mineral) tarkibiy qismlari – qon va organizmni boshqa to`qimalari tarkibiga kiruvchi barcha mineral moddalar siydik tarkibida bo`ladi. Sutkalik siydik quritilganda hosil bo`lgan 50-65 g quruq modda 15-25 g anorganik moddalarga to`g`ri keladi. Bularga natriy, kaliy, xlor, kalsiy va magniy ionlari; bikarbonatlar, fosfatlar va sulfatlar kiradi.
Siydikning patologik tarkibiy qismlari – keng foydalaniladigan bu tushuncha shartli bo`lib, siydik patologik tarkibiy qismi sifatida ko`riladigan ko`pchilik birikmalar, ko`p bo`lmagan miqdorda bo`lsa ham, me’yoriy siydikda doimo bo`ladilar. Boshqacha qilib aytganda, so`z analitik aniqlanadigan miqdorda uchramaydigan moddalar haqida boradi. Bularga oqsil, glyukoza, atseton (keton) tanachalari, o`t va qon pigmentlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |