Mineralokortikoidlardan – aldosteron organizmda Na+ , K+ ,Cl- va H2O balansini boshqaradi. Buyrak usti bezi po`stloq qismidan ajralib chiqqan gormon qonda albumin bilan birikib, buyrakga boradi. Aldosteron – sitoretseptor kompleksi hujayra yadrosida Na+ ionlari transportida qatnashadigan oqsillar strukturasi tog`risidagi axborot saqlaydigan genlar transkripsiyasini faollaydi. Aldosteron Na+ ,Cl- va H2O ni to`qimalarda ushlab, K+ ionlarini organizmdan siydik bilan chiqarilishini boshqaradi.
Buyrak usti bezining funktsiyasining buzilishi Giperkortitsizm - Itsengo – Kushing kasalligi va kortikosteroma belgisi
bo`lib, ikkala kasallikda ham kortikosteroidlarni katta miqdorda ishlab chiqarilishi
kuzatiladi. 1– da – kortikotropin ortiqcha sekretsiyalansa; 2– da –o`sma (saraton) to`qimalarida kortizol haddan ziyoda miqdorda sintezlanadi.
Belgilari – teri osti biriktiruvchi to`qimalarini atrofiyasi, steroidli diabetni shakillanishi, gipertoniya ( adrenalin va noradrenalinni ikklamchi sekretsiyasi oshgani hisobiga), osteoporoz.
Giperkortitsizmni boshqa turi aldosteron gipersekretsiyasi bilan bog`liq: tuzlar va suv almashinuvini buzilish alomatlari, shishlar, qon bosimini ko`tarilishi, miokard qo`zg`aluvchanligini ortishi, qon kasalligi.
Addison kasalligi yoki bronza kasalligi 19 asrning ikkinchi yarmida aniqlangan bo`lib, bemorda teri pigmentatsiyasi ko`payib, mushaklar kuchsizlanadi, suv-tuz, oqsil va uglevodlar almashinuvi buziladi. Kasallik buyrak usti bezlari tuberkulyozi natijasida po`stloq qavati gormonlari sinteznining yetishmovchiligida kuzatiladi. Addison kasalligida qonda natriy va xlor ionlarining kamayishi, kaliy ionlarining ortishi hisobiga organizmdan suvni yo`qotilishi va qonda glyukoza miqdorining ortishi kuzatiladi. Aminokislotalardan oqsillar sintezining pasayishi va qonda qoldiq azotning ortishi ko`rinishida namoyon bo`ladi. Kasallik tuberkulyoz terapiyasining spetsifik preparatlari yordamida davolanadi.
Gipokortitsizm yoki bronza kasalligi (Addison kasalligi) – barcha kortikosteroidlarni yetishmovchiligi. Bemorlarda gipoglikemiya, emotsional stresga, infektsion, kimyoviy, mexanik faktorlar ta`siriga sezuvchanlikni kamayishi, gipotoniya, mushaklar tonusini bo`shashib ketishi kuzatiladi. Sanab o`tilgan alomatlar membranadagi Na+, K+ gradienti va suv mineral almashinuvini buzilganligidan kelib chiqadi.
Kortikosteroidlarni ishlatilishi: allergik va autoimun kasalliklarida(revmatizm, artritlar, bronxial astma, dermatozlar), keng qo`llaniladi.
Yalig`lanishni davolashda imunnodepressantlar sifatida (transplantattsiyada) foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |