Giperfunktsiya – qonda yodtironinlar miqdorini, asosan T3 ni, haddan tashqari ko`payib ketishi – tireotoksikoz yoki Bazedov kasalligini keltirib chiqaradi. Qalqonsimon bez giperfunktsiyasi natijasidagi gipertireoz holatiga diffuzli toksik bo`qoq – Greyvs yoki Bazedov kasalligi deb ham nomlanadi. Bemorlarda modda almashinuvini keskin kuchayishi to`qima oqsillari parchalanishining ortishi bilan kechishi tufayli manfiy azot balansi yuzaga keladi. Bemorlarda kasallik uchun xos bo`lgan uchta belgi kuzatiladi; ular yurak urishining ortishi (taxikardiya), ko`zlarni chaqchayishi (ekzoftalm) va qalqonsimon bezning kattalashishi (buqoq). Bemorlarda umumiy holsizlanish, psixik o`zgarishlar kuzatiladi. Qalqonsimon bez giperfunktsiyasini, shu jumladan, toksik bo`qoqni davolashda qalqonsimon bez butunlay, yoki qisman jarrohlik yo`li bilan olib tashlanadi, yoki 131J yuboriladi (β- va γ-nurlanishlar bez to`qimasini parchalaydi). Shuningdek, tireoid gormonlar sintezini to`xtatuvchi preparatlar (tiroksin antagonistlari) – tiomochevina va tiouratsil (yoki metapuratsil) bilan davolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |