Jo`rayeva A



Download 26,61 Mb.
bet91/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

Patologik mutatsiya. Zarur qismlardagi, masalan, fermentning faol markazi, retseptor, oqsilning uchlamchi yoki to`rtlamchi strukturasidagi muhim aminokislotaga tegishli bo`lgan sharoitda yuzaga chiqadi.
Mutatsiyalar spontan(tabiiy) yoki turli omillar ta’sirida kelib chiqishi mumkin. Tabiiy xatoliklar juda kamdan-kam hollarda uchraydi. Mutatsiya chaqiruvchi omillar mutagenlar deb aytiladi. Spontan mutatsiyalar sonini oshiruvchi tabiiy va yot mutagenlar farq qilinadi.
6 - jadval

Mutagenlar

Tabiiy mutagen

Yot mutagen

peroksidli birikmalar, aldegidlar, erkin radikallar kiradi

Kimyoviy moddalar – alkillovchi birikmalar, oksidlovchilar, gidroksilamin, azot kislotalari

Fizikaviy mutagen – ion nurlanishlar

Biologik faktorlar – viruslar – hujayrada fermentlarni hosil bo’lishiga imkon berib, uning DNKsini shikastlaydi.

Tabiiy mutagenlarga peroksidli birikmalar, aldegidlar, erkin radikallar kiradi. Yot mutagenlarga kimyoviy moddalar – alkillovchi birikmalar, azot kislotasi, gidroksilamin, oksidlovchilar; fizik – ionlovchi nurlanish va biologik omillar – masalan, viruslar hujayradagi DNK ni shikastlaydigan enzimlar kiradi.


Genetik buzilishlar va atrof muhit. Atrof muhit mutagenlari keyingi avlodlarda nihoyatda ko`p irsiy kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. Masalan, radioaktiv nurlanish yuqori mutagen faollikka ega. Dunyo bo`yicha yiliga 15000 ga yaqin bolalar atmosferada yadro qurolining sinovi tufayli genetik nuqson bilan tug`iladi. Sanoat korxonalarining turli xil kimyoviy chiqindilari, o`simliklarni himoyalovchi kimyoviy moddalar bilan atrof muhitning zararlanishi hamma tirik organizmlarning genetik dasturiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Bugungi kunda oziq-ovqat qo`shimchalarining zararsizligi qayta ko`rib chiqilmoqda. Ayrim oziq-ovqat qo`shimchalari (konservantlar, ta’m beruvchi moddalar) mutagenlik xossalariga ega, shuning uchun ular mutagen faollik bo`yicha to`liq sinovdan o`tkaziladi.
Ko`pchilik dori vositalari ham yuqori mutagen faollikka ega, shu sababdan ular oldindan genetik tekshiruvdan o`tkaziladi. Kimyoviy dori vositalarini homiladorlik davrida qabul qilish juda xavfli, chunki ular yo`ldosh orqali embrion rivojlanishiga ta’sir etib, majruhlikka olib kelishi mumkin, preparatlarning bunday ta’siriga teratogen ta’sir deyiladi.
Dori vositalarini mutagenli salbiy ta’sirining oldini olish maqsadida teratogenlik faolligini har tomonlama tekshiruvdan o`tkaziladi va homiladorlik davrida dorilarni tayinlash chegaralanadi. To`plangan ma’lumotlarga qaraganda ko`pchilik uxlatuvchi, narkotik va tinchlantiruvchi vositalar davolash dozalarida homila hujayralariga mutagen ta’sir etmaydi. Terapevtik dozada antibiotiklar, sulfanilamidlar, vitaminlar xavf tug`dirmaydi. Shishga qarshi preparatlar, qisman kortikosteroidlar va antigistaminli moddalarda teratogen ta’sir yuzaga chiqish ehtimoli ko`proq.

Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish