Jo`rayeva A


Nuklein kislota komponentlari



Download 26,61 Mb.
bet69/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

Nuklein kislota komponentlari. Ajratib olinib, tozalangan DNK va RNK maxsus sharoitda kislota (DNK) va ishqor (RNK) ta’sirida gidrolizlanadi; ko`pincha gidrolizlanish polinukleotidlardagi fosfodiefir bog`larini uzadigan maxsus fermentlar – nukleazalar ishtirokida bajariladi. Gidroliz natijasida nuklein kislotalarning struktura monomerlari – azot asosi, pentoza va fosfat kislota qoldiqlaridan iborat bo`lgan mononukleotidlar ajralib chiqadi.
Azotli asoslar. Nuklein kislotalarining azotli asoslari kimyoviy tuzilishiga ko`ra 2 guruhga – purin va pirimidin asoslariga bo`linadi. Ularning orasida siyrak (minor) purin va pirimidinli asoslar mavjud. Eng muhim purin asoslariga – adenin (A) va guanin (G); pirimidinlarga esa – sitozin (S), uratsil (U) va timin(T) kiradi. DNK tarkibiga A,G,S,T; RNK tarkibiga esa timindan bo`lak asoslarning hammasi va uratsil kiradi. Minor asoslar asosan tRNK va rRNK da uchraydi. Ularga qo`shimcha metillangan purin va pirimidinli asoslar kiradi.



Nukleozidlar. Azotli asosning pentoza bilan birikishidan hosil bo`lgan moddaga nukleozid deb aytiladi. Nukleozidlar N-glikozidlarga mansub. Ularda pentozaning C-1 atomi purinning N-3 yoki pirimidinning N-1 atomi bilan bog`langan. Nukleozidlar pentoza turiga ko`ra tarkibida 2 xil –2-dezoksiriboza tutgani dezoksiribonukleozidlarga, riboza bo`lsa, ribonukleozidlarga taqsimlanadi. DNK strukturasida faqat dezoksiribonukleozidlar; ribonukleozidlar esa faqat RNK da uchraydi. Pirimidin va purin nukleozidlari o`ziga mos azot asoslari saqlaydi.



Nukleotidlar. Nukleozidlarni fosfat kislota qoldig`i bilan birikishidan nukleotidlar hosil bo`ladi, ya’ni nukleotid tarkibi – azot asosi, uglevod qoldig`i va fosfat kislotadan iborat. Bu tartib (A-U-F) dagi nukleotid 2 xil gidroliz qilish bilan aniq tasdiqlanishi mumkin. Birinchi gidrolizda uglevod bilan fosfat kislota orasida bog` uzilib, azot asosi va uglevoddan iborat glikozid (nukleozid) , ikkinchi gidrolizda azot asosi erkin holda ajralib, uglevod bilan fosfat kislotadan iborat monosaxarid-fosfat hosil bo`ladi. Demak, nukleotid molekulasida uglevod o`rtada joylashgan.

Turlicha ribonukleotidlarda fosfat pentoza halqasiga 2¹, 3¹, 5¹ va dezoksiribonukleotidlarda - 3¹, 5¹ holatlarida birikishi mumkin. Hujayradagi erkin



nukleotidlar fosfatni 5¹ holatida biriktirgan. Nuklein kislotalarining biologik sintezida nukleozid - 5¹-fosfatlar ishtirok etadi va ularning parchalanishidan hosil bo`ladi. Nukleozid - 5¹-fosfatlar yoki mononukleotidlar o`z nukleozidlarining unumlari bo`lgan asosiy va siyrak ribomononukleotidlarga va dezoksiribomononukleotidlarga taqsimlanadi. Mononukleotidlarning fosfatli tarkibiga qo`shimcha fosfatlarni birikishidan nukleozidpolifosfatlar hosil bo`ladi: adenozin 5¹-trifosfat (ATF). Hujayrada nukleoziddifosfatlar va nukleozidtrifosfatlar ko`proq uchraydi.


Hujayra ichi modda almashinuvining universal regulyatorlari bo`lgan siklik nukleotidlar nukleotidlar unumlari hisoblanadi (3¹, 5¹ - AMF va 3¹, 5¹ - GMF). Nukleotidlar unumlarining katta guruhi turli fermentlarning kofermentlari bo`lib xizmat qiladi:


Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish