Jo`rayeva A



Download 26,61 Mb.
bet60/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

Nazorat savollari

  1. Mixaelis-Menten konstantasi deb nimaga aytiladi?

  2. Reaktsiya tezligi substrat kontsentratsiyasiga qanday bog`langan?

  3. Reaktsiya tezligining ferment miqdoriga bog`liqligi.

  4. Reaktsiya tezligi bilan vodorod ionlari o`rtasida qanday bog`lanish bor?

  5. Fermentativ reaktsiya tezligi haroratga qanday bog`langan?

  6. Fermentlar faolligi qanday usullar bilan boshqariladi?

  7. Fermentlarni faollantiruvchilariga nimalar kiradi?

  8. Fermentlarni ingibirlovchi omillarga nimalar kiradi?

  9. Ferment ingibitorlarini ta’sir etish mexanizmiga ko`ra turlari.

  10. Ferment faolligini allosterik boshqarilishi.



3.3. Fermentlarning tasnifi va tavsifi. Fermentlarning amaliyotda dori-darmon sifatida qo`llanilishi


Fermentlarning tasnifi va nomlanishi. Hozirgi vaqtda fermentlarni ikki xil nomlash qabul qilingan: ishchi va sistematik. Fermentlarning ishchi yoki rasional nomi enzim ta’sir etadigan modda (substrat) yoki reaktsiya nomining oxiriga aza qo`shimchasini qo`shish bilan tuziladi. Binobarin aza bilan tugaydigan so`zlar, albatta, ma’lum bir ferment nomini eslatadi. Masalan, oqsil (protein)ni parchalovchi ferment - proteinaza, gidrolizni tezlatuvchi ferment - gidrolaza, oksidlovchi ferment - oksidaza deb aytiladi. Shunga o`xshash kraxmal (amylum), yog` (lipos), glikozid, peroksid, siydikchil (urea) ga ta’sir etuvchi fermentlar amilaza, lipaza, glikozidaza, peroksidaza, ureaza deb ataladi. Ayrim fermentlarning ilmiy adabiyotlarga kirib qolgan trivial (tarixiy) nomlari ham saqlangan, masalan pepsin, tripsin, papain va boshqalar.
Fermentlarning sistematik nomlanishi nisbatan murakkabroq. Bunda fermentning umumiy tasnifi uning kimyoviy tuzilishi yoki biokimyoviy vazifasiga, ya’ni ferment ta’sir etadigan reaktsiya xarakteriga, katalizlaydigan kimyoviy reaktsiya turiga, substrat nomiga aza qo`shimchasi qo`shilgan yig`indi nom bilan ataladi:
L-laktat : NAD+ → Oksidoreduktaza
I substrat II substrat kimyoviy o`zgarish turi

Ferment katalizlaydigan reaktsiyaga muvofiq tasniflanganda uziladigan bog`lar va ko`chiriladigan guruhlar xarakterini yoki ferment ta’sir etadigan substratlarning kimyoviy tabiatini asos qilib olinadi. Sistematik nom faqat yaxshi o`rganilgan fermentlarga beriladi.


Hozirgi vaqtda fermentlarning dunyo bo`yicha qabul qilingan umumiy tasnifi va indeksasiyasi bor. Xalqaro Biokimyogarlar jamiyati assambleyasi tomonidan 1961 yili Moskvada ma’qullangan tasnifga ko`ra barcha fermentlar 6 sinfga bo`linadi. 1961 yildan boshlab ferment nomenklaturasiga o`zgartirish kiritilib, keyingi ma’lumotlar bilan to`ldirib borish uchun doimiy qo`mita tuzilgan.
6 sinfga taqsimlangan ferment qat’iy belgilangan tartib raqamiga ega:
1. Oksidoreduktazalar 4. Liazalar
2. Transferazalar 5. Izomerazalar
3. Gidrolazalar 6. Ligazalar (sintetazalar)

Har bir sinf nomi ferment katalizlaydigan reaktsiya turini belgilaydi. Bunga binoan ferment ishtirokida boradigan reaktsiyalar ham 6 turdan iborat. Sinflar kichik sinflarga, ular esa o`z navbatida eng kichik sinflarga bo`linadi. Kichik sinf ferment ta’sir etadigan substratning kimyoviy guruhi tabiatini aniqlasa, eng kichik sinf ferment ta’sir ko`rsatadigan substrat bog`ining tabiatini yoki reaktsiyada ishtirok etadigan akseptor tabiatini yanada aniqlashtiradi.


Tasniflash tizimida har bir ferment uchun nuqtalar yordamida ajratilgan, 4 ta kodli sondan iborat maxsus shifr beriladi, masalan:
Laktatdegidrogenaza 1. 1. 1. 27

Sinf tartib raqami
Kichik sinf
Kenja sinf
Kenja sinfdagi tartib raqami



Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish