Jo`rayeva A


Fermentlarning ingibirlanishi



Download 26,61 Mb.
bet58/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

Fermentlarning ingibirlanishi
Fermentativ kataliz mexanizmini tushunishda ingibitorlar katta qiziqish uyg`otadi. Ferment faol markazidagi kontakt va katalitik qismlarining funktsional guruhlarini bog`lovchi moddalarni qo`llash, katalizda ishtirok etuvchi guruh ahamiyatini tushuntirib beradi. Fermentativ reaktsiyani ingibirlanishini o`rganish dori moddalari, zaharli ximikatlarni ta`sir qilish mexanizmlarini o`rganishda amaliy ahamiyatga ega.
Ingibitor atamasi tagida ferment faolligini o`ziga hos pasaytiruvchi modda to`g`risidagi tushuncha yotadi. Reaktsiyani tormozlanishi faqat ingibitorga bog`liq emas. Chunki istalgan denaturatsiyalovchi moddalar ham fermentativ reaktsiyani pasaytirishi mumkin. Denaturatsiyalovchi modda ta`siri «ingibirlanish» emas, balki «faolsizlantirish» deb atalsa, to`g`riroq bo`ladi. Ko`pincha, oz miqdordagi moddalar ingibitor, ko`pi esa inaktivator hisoblanadi. Bu ma’noda ingibitorlarni ikki guruhga bo`lish ma`lum darajada shartlidir.
Avvalo ingibitorlar ferment bilan mustahkam bog`lanishi bilan farqlanadi. Mazkur belgisi bo`yicha ingibitorlar 2 guruhga bo`linadi: 1) qaytar va 2) qaytmas. Fermentni qaysi guruhga mansubligi dializ sharoitida yoki ingibitor eritmasini yuqori darajada suyultirganda ferment faolligini qayta tiklanish mezoniga asosan aniqlanadi. Qaytmas ingibitorlar ferment bilan mustahkam bog`langanligi tufayli ko`rsatilgan sharoitda o`z faolligi qayta tiklanmaydi. Aksincha, ferment - qaytar ingibitor kompleksi mustahkam emas, tezda parchalanib ketadi va ferment faolligi qayta tiklanadi.
Ferment ingibitorlari ta`sir etish mexanizmi bo`yicha quyidagi turlarga bo`linadi: 1) raqobatli; 2) raqobatsiz; 3) raqobat qilmaydigan; 4) substratli; 5) allosterik;
1). Raqobatli ingibitor tuzilishi jihatidan substratga o`xshash modda. Ferment faol markazi bilan bog`lanib, ferment-substrat kompleksi hosil bo`lishiga to`sqinlik qiladi. Natijada fermentning faol guruhiga ingibitor bilan haqiqiy substrat o`rtasida raqobat kelib chiqadi. Raqobatli ingibirlanishda ularning qaysi birini molekulasi ko`p bo`lsa, shu modda bog`lanadi. Substrat ferment bilan birikib ES kompleksi paydo qilganidek, ingibitor ham xuddi shunday dissotsiyalanish qobiliyatiga ega bo`lgan kompleks hosil qiladi:
E+I → EI
Raqobatli ingibirlanishda boshqalardan farqli ravishda uchtalik kompleks ESI (ferment-subtrat-ingibitor) hosil bo`lmaydi.
Subtratga o`xshash ingibitor ferment molekulasining bir qismini bog`lab, ferment-subtrat kompleksi hosil bo`lishiga yo`l qo`ymaydi. Ferment molekulalari faol markazidan ingibitorni yuqori kontsentratsiyadagi substrat bilan siqib chiqarilganda tormozlanishni to`xtatish va fermentni katalizlash qobiliyatini tiklash mumkin.
Raqobatli ingibitor subtratga o`xshash bo`lganligi uchun bunday ingibirlash izosterik ingibirlash deb ham ataladi. Ferment faollanishiga ta`sir etuvchi metabolitlar va yot moddalar raqobatli (izosterik) ingibitorlar bo`lishi mumkin.
Raqobatli ingibirlanishga suktsinat va malonat kislotalari bilan suktsinatdegidrogenaza fermenti orasidagi munosabat misol bo`la oladi. Malonat kislotasining strukturasi suktsinatga o`xshash bo`lganidan u fermentning ma`lum sathi bilan bog`lanadi, hosil bo`lgan kompleks esa parchalanmaydi, fermentni blokirlab turadi.




Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish