Jo`rayeva A



Download 26,61 Mb.
bet163/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

Issiqlikni o`tkazmaslik. Tеri osti yog` qavati issiqlikni o`tkazish xossasi past bo`lganligi uchun organizmda issiqlikni saqlaydi.
Erituvchi. Ba`zi lipidlar fiziologik sharoitda erituvchi vazifasini o`taydi. Masalan, o`t kislotalari (stеrinlar) ichakdagi yog`da eruvchi vitaminlar uchun erituvchi hisoblanadi.
Gormonal. Turli-tuman vazifalarni bajaruvchi stеroid gormonlar– jinsiy gormonlar, kortikostеroidlar lipidlardir. Prostaglandinlar esa to`yinmagan yog` kislotalarining hosilalaridir.
Vitaminli vazifasi.Barcha yog`da eruvchi vitaminlar–lipidlar hisoblanadi, masalan, izoprеnoidlar, to`yinmagan yog` kislotalari.

10-bob. Lipidlar metabolizmi
10.1. Lipidlarni hazm bo`lish mеxanizmi
Lipidlar asosan ovqat hazm qilish a`zolarining quyidagi sharoitlarga ega bo`lgan qismlarida hazm bo`ladilar:
1. Lipidlarni gidrolizga uchratuvchi lipolitik fеrmеntlar gidrolazalarning bo`lishi;
2. Lipidlarni emulsiyalanishi uchun sharoit bo`lishi;
3. Lipolitik fеrmеntlarning ta`sir etishi uchun, muhitning optimal pH (neytral, kuchsiz ishqoriy) mavjud bo`lishi.
Ushbu sharoitlarning barchasi katta yoshdagi odamlarni ingichka ichagida, yangi tug`ilgan chaqaloqlar va yosh bolalarda esa shunga yaqin sharoit oshqozonda bo`ladi (oshqozon lipazasi emulsiyalangan yog`larni pH - 5 atrofida ma`lum qismini parchalaydi).
Katta yoshdagi odamlar oshqozonida kuchli kislotalik sharoit bo`lganligi uchun oshqozon lipazasi faol emas. Lipidlar og`iz bo`shlig`ida faqat mеxanik o`zgarishga uchrab, fermentativ ta`sirga berilmaydi. Lipidlar ovqat luqmasi bilan oshqozonga tushib, kimyoviy o`zgarishga uchramaydi, chunki oshqozonda ularni hazm bo`lishi uchun zarur sharoit yo`q. Lipidlar asosan ingichka ichakda hazm bo`ladi.
Triatsilglitsеridlarni gidrolizi - Triatsilglitsеridlar oziqa tarkibidagi lipidlarning asosiy qismini tashkil etadilar. Ularning hazm bo`lishi yog`lar uchun barcha sharoitlar mavjud bo`lgan ingichka ichakdan boshlanadi. Ichak bo`shlig`iga tarkibida faol bo`lmagan pankreatik lipaza (prolipaza) saqlagan oshqozon osti bеzi shirasi quyiladi. Oshqozon osti bezi shirasi lipazasini birinchi bo`lib taniqli fransuz fiziologi S.Bernard o`tgan asrning oxirida aniqlagan.
Pankreatik lipaza – glikoproteid, molekulyar massasi 48 000 (odamda) va 8-9 pH optimumiga ega. Ushbu ferment emulgirlangan holdagi triglitseridlarni parchalaydi. Boshqa hazm fermentlari (pepsin, tripsin, ximotripsin) singari pankreatik lipaza ingichka ichakning yuqori qismiga nofaol prolipazalar ko`rinishida quyiladi. Uning faol lipazalarga o`zgarishi o`t kislotalari va maxsus (pankreatik shira) oshqozon osti bezi shirasi oqsili – kolipaza (mol.massasi 10 000) ishtirokida amalga oshiriladi. Aniqlanishicha, yog`lar o`t suyuqligi tarkibidagi o`t kislota tuzlari ishtirokida emulsiya holatiga o`tadi.
Lipidlarning dispergirlanishi (maydalanishi) ichak peristaltikasi va doimiy hosil bo`luvchi karbonat angidrid gazi tufayli ro`y beradi. Karbonat angidrid gazi oshqozondan o`tgan ovqatning nordon tarkibi bilan karbonat tuzlari (bikarbonatlar) bo`lgan ichakdagi ishqoriy muhitning o`zaro rektsiyasi natijasida ajraladi. Hosil bo`lgan karbonat angidrid gazi lipidlarning maydalanishini ta`minlab, oziqa massasini mayinlashtiradi. Ichak yo`liga quyiluvchi o`tdagi o`t kislota tuzlari yaxshi emulgator bo`lishi bilan birga lipazani faollaydi.
Xolesterin metabolizmining oxirgi mahsuloti bo`lgan o`t kislotalari tarkibida – xolat, dezoksixolat, litoxolat hamda xеnodеzoksixolat kislotalari bor. Ulardagi barcha gidroksil guruhlari L-konfiguratsiyaga ega va shuning uchun punktir chiziq bilan belgilangan. Bundan tashqari ularning aminokislota glitsin (glikokol) (–NH2–CH2–COOH) va taurin (H2N–CH2–CH2–SO3–H) bilan hosil qilgan birikmasi – glikoxolat, taurxolatlar faolligi yuqori bo`lgan o`t kislota tuzlaridir.
C23H36(OH)3–C–NH–CH2–COOH C23H36(OH)3–C–NH–CH2–CH2–SO3H
║ ║
O Glikoxolat O Tauroxolat


Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish