Aminotransferazalar (transaminazalar) – NH2 guruhini bir moddadan ikkinchi moddaga ko`chiradi:
R R1 R R1
H – C – NH2 + C = O C = O + H –C – NH2
COOH COOH COOH COOH
Fosfotransferazalar – fosfat guruhini bir molekuladan ikkinchi molekulaga ko`chiruvchi fermentlar ,ular bir necha turdagi reaktsiyalarni katalizlaydi. Masalan, fosfat qoldig`ini fosfatli makroergik birikmadan boshqa birikmalarga ko`chiruvchilar (kinazalar), makroergik bo`lmagan birikmalar tarkibidagi fosfat qoldig`i o`rnini o`zgartiruvchi fermentlar – fosfomutazalar va nukleotidil transferazalar:
R – H2PO3 + R1H RH + R1 – H2PO3
Atsiltransferazalar (transatsilazalar) – atsil (karbon kislota qoldig`i) ni koenzim A ishtirokida ko`chiruvchi fermentlar. Reaktsiyaning umumiy ko`rinishida quyidagicha:
R – C – R1 + R11 – H R – C – R11 + R1H
Glikoziltransferazalar – qand qoldiqlarini turli aktseptorlarga ko`chiradi.
Metiltransferazalar – donordan metil guruhni ko`chirish orqali biologik metillashda qatnashadi.
Transaldolaza va transketolazalar – transketolaza glikoaldegidni, transaldolaza esa dioksiatsetonni bir aldegiddan ikkinchi aldegidga ko`chiradi. Har ikkala ferment fotosintez jarayonida, pentoza fosfatlarning oksidlanishli almashinuvlarida muhim rol o`ynaydi.
3.Gidrolazalar – molekula ichki bog`larining gidrolitik parchalanishini tezlatadi. Bular 11 ta kichik sinflarga – murakkab efirlar, glikozidlar, oqsillar, peptidlar, amidlarni parchalovchi fermentlarga bo`linadi.
R–CH–CO–NH–CH–COOH dipeptidaza→ R–CH– COOH + R– CH–COOH
│ │ +H 2 O │ │
CH3 R CH3 NH2
Dipeptid Aminokislotalar
Gidrolazalarni nomlanishi quyidagicha: substrat + gidrolaza. Masalan, peptidgidrolaza, atsetilxolingidrolaza va hokazolar. Bu sinf fermentlarini ham transferazalarga kiritish mumkin, chunki gidroliz jarayonini donor vazifasini bajaradigan substratning spetsifik guruhini aktseptor vazifasini bajaradigan suv molekulasiga o`tkazilishi, deb qarash mumkin. Suv fermentlar ta’sir etishida aktseptor sifatida asosiy o`rinni egallaydi, shuning uchun ham gidrolazalar alohida sinfga ajratilgan.
Quyidagi gidrolaza vakillari kichik sinflarga taqsimlanadi:
Esterazalar –o`ziga xos fermentlar guruhi. Murakkab efir bog`larining gidrolizini katalizlaydi va ko`pchilik efirlarga suv biriktirib, ularni bir xil tezlikda parchalaydi:
R – C – O – R1 + HOH RCOOH + R1OH
Glikozidazalar- N-glikozid bog`larini uzuvchi fermentlar. Glikozidazalar sodda glikozidlarni, oligo- va polisaxaridlarni parchalaydi. Masalan, α- va β-amilazalar polisaxariddagi 1,4-glikozid bog`larni gidrolitik yo`l bilan uzadi.
Peptidazalar- guruhiga oqsil peptid bog`idagi –C – N aloqalarni uzuvchi amidaza, amidinaza fermentlar va boshqalar kiradi. Peptidazalar asosan yirik oqsil molekulalariga ta’sir etadi, kichik peptidlarni aminokislotalargacha parchalaydi.
Hazm qilish organlari fermentlari, lizosoma va hujayra organoidlari tarkibidagi yirik molekulalarni parchalaydigan fermentlar gidrolazalar hisoblanadi.
4. Liazalar – suv biriktirmasdan yoki oksidlanishsiz substrat bog`larini uzadigan reaktsiyalarni katalizlovchi fermentlar.
CH3 – C – COOH piruvatdekarboksilaza CH 3 – C – H + CO2
║ ║
O O
piruvat atsetaldegid
Liazalar 4 ta kichik sinfga bo`linadi. Bular suv, ammiak, CO2 biriktiruvchi va ajratuvchi fermentlar. Hujayra metabolizmida muhim ahamiyatga ega bo`lgan liaza guruhlari quyidagilar:
Dekarboksilazalar- asosan keto va aminokislotalardan CO2 guruhini ajratib, ulardagi C – C bog`larini uzadi. Bularning keng tarqalgan vakili - piruvatdekarboksilaza ketokislotalardan CO2 ajratib, aldegid hosil qiladi:
2-oksokislota → aldegid + CO2
Gidroliazalar oksikislotalardan suv molekulasini ajratadi(gidratazalar). Yaxshi o`rganilgan fumarat va akonitatgidratazalar, enolaza fermentlari shular jumlasidandir.
Liazalar kamroq tarqalgan fermentlar guruhi bo`lib, modda almashinuvi oraliq mahsulotlarini sintezi va parchalanishida ishtirok etadi.
5. Izomerazalar – bir molekula doirasida izomerlanish reaktsiyasini katalizlovchi fermentlar. Izomerlanish natijasida molekula ichidagi turli guruhlar miqdori o`zgarmay, o`rni o`zgaradi.
H – C = O H 2 C – OH
│ Triozafosfatizomeraza→ │
H – C – OH C = O
│ │
CH2 – OPO3 H 2 CH2 – OPO3 H 2
D- digidroksiatsetonfosfat D- digidroksilatsetonfosfat
Izomeraza fermentlari 5 ta kichik sinfga bo`linadi. Ferment nomi izomerlanish reaktsiyasining turiga moslab nomlanadi: mutazalar, tautomerazalar, ratsemazalar, epimerazalar, izomerazalar. Agar izomerlanish molekula ichidagi guruhlarning ko`chishidan iborat bo`lsa, ferment mutaza deb ataladi va h.k.
6. Ligazalar (sintetazalar) – ATF yoki unga o`xshash nukleotidtrifosfat molekulasidagi pirofosfat bog`i energiyasidan foydalanib ikki molekulaning birikish – sintetik jarayonini katalizlovchi fermentlar. Bu reaktsiyalar natijasida ATF sarflanib, undan ADF yoki AMF hosil bo`ladi:
X + Y + ATF → X – Y + ADF + fosfat.
Ligazalar 5 ta kichik sinfga bo`linadi. Ligazalar 80 fermentdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |