Jo`rayeva A


Metall ionlari ferment kofaktorlari sifatida



Download 26,61 Mb.
bet49/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

Metall ionlari ferment kofaktorlari sifatida. Metall ionlari ham kofaktor sifatida ishtirok etishi mumkin. Metallofermentlar – fermentlarning keng tarqalgan guruhi bo`lib, umumiy fermentlar sonining ¼ qismini tashkil etadi. Metallofermentlar ikki guruhga bo`linadi:

    1. Metall ionlari aktivator vazifasini o`taydi. Bu fermentlar metall ishtirokisiz ham katalizlash xususiyatiga ega.

    2. Metall ionlari kofaktor vazifasini bajaradi. Bu fermentlar metall ionlarisiz faol emas.

Metall ionlari kofaktor sifatida turli sinflarga mansub bo`lgan fermentlar tarkibiga kiradi. Ayniqsa, oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarini katalizlaydigan metallofermentlar ko`plab uchraydi.
2-jadval
Metall ionlari – kofaktorlar sifatida



Fermentlar-ning sinflari

Ferment nomi va shifri

Metall

Katalizlaydigan reaktsiyasi

Oksido-reduktazalar

Alkogoldegidrogenaza
(1.1.1.1.)

Nitratreduktaza (1.7.99.4.)


Ferredoksingidrogenaza (1.12.7.1.)

Zn
Mo

Fe


Spirt va aldegidlarni oksidlanishi, aldegidni spirtga qaytarilishi.
HNO3 ning HNO2 ga qaytarilishi.
Turli xil moddalarni qaytarishda molekulyar vodoroddan foydalanish.

Gidrolazalar

α-amilaza (3.2.1.1.)

Dipeptidaza (3.4.13.11)


ATF aza (3.6.1.4.)

Ca (Zn)

Zn
Mg



Kraxmalning α-1,4-glikozidli bog`larining gidrolizi.
Dipeptidlar gidrolizi.
ATF gidrolizi

Liazalar

Fosfopiruvatgidrataza

Mg, Zn, Mn

2-fosfoglitseratning fosfoenol-piruvat hosil qilib gidratlanishi

Metall ionlari faol markazda, yirik organik molekula (masalan, gem) tarkibida yoki apofermentdagi aminokislota qoldig`i bilan bevosita bog`langan bo`lishi mumkin. Oksidoreduktazalar ta’sirida elektronlar tashilishi va substratni oksidlanish darajasi o`zgarishida metallar valentligini o`zgaruvchanligi bilan kofaktor sifatida ishtirok etadi (Fe, Mo, Cu, Co).


Agar metallar katalizda bevosita ishtirok etmay, boshqa maqsadlarda, masalan, substratni bog`lash uchun xizmat qilsa, unda oksidoreduktazalarga oksidlanish darajasi doimiy bo`lgan metallar kiradi.
Substratlar gidrolizi reaktsiyasini katalizlovchi metallofermentlar doimiy valentlikka ega metallar: rux, kaltsiy, magniy tutadi, kamdan-kam hollarda oksidlanish darajasi o`zgaruvchan metallar, masalan, marganetsni uchratish mumkin.
Ferment katalitik ta’sirida metallarni vazifasi nimadan iborat? Ferment funksiyasida metall ionlari ishtirokini bir necha xil yo`llari aniqlangan. Birinchidan, metall faol markazning o`ziga xos elektrofil guruhi sifatida substratning manfiy zaryadlangan guruhlari bilan o`zaro ta’sirlashadi. Bunday metall-substrat komplekslari ferment bilan oson reaktsiyaga kirishadi.
Ikkinchidan, o`zgaruvchan valentlikka ega bo`lgan metall elektron tashilishida o`zi ishtirok etishi mumkin, ya’ni katalitik qism vazifasini bajaradi.
Uchinchidan, metall apofermentning uchlamchi va to`rtlamchi strukturasida katalitik faol konformatsiyasini shakllantiradi.
To`rtinchidan, metallar ba’zida apoferment va koferment o`rtasida o`ziga xos ko`prik vazifasini bajaradi.
Metallar organizmga vitaminli kofermentlarga o`xshash ovqat bilan birga kiradi. Ovqat tarkibida ular miqdori yetarli bo`lmasa, organizm modda almashinuvida jiddiy buzilishlar kuzatiladi. Bu esa metallarning yuqori darajadagi biologik faollikka ega ekanligini tasdiqlaydi.

Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish