Kortizonning sintetik analoglari
Bunday faollanish buyrak usti bezlarini boshqaruvchi gipofizni kortikotrop funktsiyasiga, teskari ta`sir mexanizmi bo`yicha, susaytiruvchi ta`sir ko`rsatadi.
Mineralokortikoidlarga quyidagilar kiradi: aldosteron (13-aldokortikosteron), 18-oksikortikosteron, 11-dezoksikortikosteron (DOK).
Mineralokortikoidlar qonda Na+ ning ushlanib qolishini, K+ va H+ larning chiqarilishini stimullaydi. Ular ichida aldosteron normada yagona sekretlanadigan mineralokortikoid bo`lib, faolligi taxminan 100 marta ortiq. Buyrak usti bezlari tomonidan bu gormonning sintezi va sekretsiyasi asosan yer usti hayvonlari uchun xos.
Progestinlarda_(gestagenlar)_kortikosteroidlardagi_kabi'>Progestinlarda (gestagenlar) kortikosteroidlardagi kabi A halqaning ∆4 - qo`shbog`, 3-ketoguruh, yon zanjirida 20 – keto guruhlar bor. Progestinlarni kortikosteroidlardan farqi 21 va 11 – uglerod atomlarida kislorod funktsiyasi yo`q. Progestinlarni o`ziga xos gormonal faolligining namoyon bo`lishida 17 β - atsetil guruhi dominant vazifasini bajaradi. Asosiy gestagen gormon progesteron 1928 yilda Allen va Kornerlar tomonidan aniqlangan, uning kimyoviy strukturasini esa 1934 yilda Slott ta`riflab bergan. Progesteron bilan bir qatorda gestagenli funktsiyalarga tuxumdonlar va yo`ldosh tomonidan ishlab chiqariladigan 17 α - oksiprogesteron va 20-degidroprogesteron gormonlari ham ega.
Progestinlar - barcha umurtqalilarda ayollik jinsiy sikllari va sut emizuvchilarda homiladorlikni asosiy boshqaruvchisi.
Androstan steroid gormonlari – S19 steroid androstanning unumlari. Ularni ham ∆4 - 3 ketosteroidlar, kortikosteroidlar va progestinlardan farqi 17 β - holatda 17 β - oksikortikosteronda oksiguruhining borligidir. Bu guruh o`ziga xos gormonal faollikni belgilaydi. 17 β - oksi guruhsiz androgenlarni gormonal faolligi namoyon bo`lmaydi, asosiy androgen gormon-testosteron.
Testosteron strukturasini birinchi bo`lib, David (1935) aniqlab bergan.
Testosteronning hosil bo`ladigan va sekretsiya qilinadigan asosiy joyi urug`donning interstatsial hujayralari. Kamroq miqdorda tuxumdon, yo`ldosh va buyrak usti bezlarining po`stloq qismida ham sintezlanadi.
Testosteron periferiyadagi nishon to`qimalarida 5 α - reduktaza ta`sirida o`ziga nisbatan kuchliroq androgenlik faollikka ega bo`lgan 5 α - digidrotestosteronga (5 α - androstanolon) aylanadi. Testosteron erkaklik jinsiy apparatini stimullash bilan birga, kuchli anabolik ta`sirga ega, ya`ni mushak, buyrak, jigar va bachadonda oqsil sintezini oshiradi. Gormonning anabolik ta`sirini hisobga olgan holda androgenli xossalarini pasaytirib, organizm to`qimalarida oqsillar sintezi, o`sish protsessi va gemopoezni stimullovchi preparatlar yaratildi (masalan, verobol, retabolil) va ular tibbiyot va chorvachilikda qo`llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |