Jo`rayeva A


 Gemproteidlarning parchalanishi



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

10.2. Gemproteidlarning parchalanishi. 
Bir sutkada odam organizmida 9 
g atrofida asosan eritrotsitlar gemoglobinidan hosil bo`lgan gemproteidlar 
parchalanadi. Eritrotsitlar taxminan 120 kundan keyin qonda yoki taloqda 
parchalanadi. Qonda eritrotsitlardan ajralib chiqqan gemoglobin gaptoglobin 
(plazmaning maxsus α
2
–globulini) bilan bog`lanadi va gemoglobin-gaptoglobin 
kompleksi 
ko`rinishida 
taloqning 
retikuloendotelial 
sistemalari 
(RES) 
hujayralariga o`tadi. Gemoglobin metgemoglobin (Fe
3+
) ga oksidlanadi va shundan 
so`ng parchalanishga uchraydi. Buning natijasida gaptoglobin ajralib, qonga o`tadi. 
RES hujayralarida gemoglobin parchalanishining birinchi bosqichi amalga oshadi 
va u bilirubin hosil bo`lishi bilan boradi. 
Dastavval gemoksigenaza ta’sirida ikkita yonma-yon pirrol halqani 
birlashtiruvchi gemning α-metin ko`prikchasining oksidlanishli parchalanishi 
amalga oshadi. Gemning halqali strukturasi buziladi va verdoglobin hosil bo`ladi. 
Verdoglobin tarkibidagi temirni ajratadi, temir transferin tashuvchi oqsili bilan 
bog`lanib, qon orqali suyak iligi va globinga yetkazib beriladi. Globin taloqning 
katepsinlari yordamida aminokislotalargacha parchalanadi. Verdoglobinning 
ochilgan tetrapirrol zanjiri biliverdin (yashil rangli o`t pigmenti) deb ataladi. 
Biliverdinning qaytarilishidan bilirubin – qizg`ish-sariq rangli pigment hosil 
bo`ladi. 
Bilirubin – suvda yomon eriydigan birikma, shu sababli u qonga o`tganda 
plazma oqsili albumin oqsili bilan bog`lanadi. Albumin-bilirubin kompleksi o`t 
pigmentining muhim normal transport shakli hisoblanadi. U albumindan ajralib, 
lipofil modda sifatida jigar hujayralarining membranasi orqali oson kira oladi. 
Jigar hujayralari ichida gemproteidlar almashinuvining ikkinchi bosqichi 
amalga 
oshadi. 
Jigarda 
bilirubinning 
kon’yugirlangan 
shakli 
– 
bilirubinglyukuronidlar 
hosil bo`ladi. 
UDF-glyukuron kislota glyukuron 
kislotaning donori vazifasini bajaradi. Reaktsiya UDF-glyukuronoziltransferaza 
bilan 
katalizlanadi. 
Natijada 
bilirubinmonoglyukuronid 
(20%) 
va 
bilirubindiglyukuronid (80%) hosil bo`ladi. Bilirubinglyukuronidlar – suvda yaxshi 
eriydigan birikmalar. 
Bilirubinglyukuronid juda kam miqdorda qon tomiri kapillyarlariga o`tishi 
mumkin. Shu sababdan qon plazmasida bilirubinning ikki xil shakli: 
kon’yugirlanmagan (bilvosita yoki erkin) va kon’yugirlangan (bevosita yoki 
bog`langan) uchraydi. Qon plazmasidagi umumiy bilirubinning 75% erkin va 25% 
bog`langan bilirubinga to`g`ri keladi. 
Bilirubinglyukuronidlar o`t bilan birgalikda ichakka tushadi va u yerda 
gemproteidlarning yakunlovchi 3-bosqichi amalga oshadi. O`t yo`llarida glyukuron 
kislota bilirubinglyukuronidlardan ajraladi va yana qaytadan kon’yugirlanmagan 
(erkin) bilirubin hosil bo`ladi. Ingichka ichakda bilirubinning ozroq qismi so`rilishi 
va qopqa vena orqali yana qaytadan jigarga tushishi va u yerdan yana o`t bilan 


220 
ichakka ajralishi mumkin. Balki bu jigar-ichak sirkulyatsiyasi o`t kislotalar 
sirkulyatsiyasi singari biologik ahamiyatga ega bo`lishi mumkin. Bilirubinning 
asosiy qismi ichak bakteriyalari yordamida ko`p marotaba qaytarilishga uchraydi. 
Ingichka ichakda bilirubin mezobilirubinga, undan esa mezobilirubinogen 
(urobilinogen)ga aylanadi. Mezobilirubinogen (urobilinogen) ingichka ichakda 
so`riladi va qopqa vena orqali jigarga tushib, urobilinogen mono- va dipirrollarga 
qaytmas bo`lib parchalanadi. Parchalanmagam urobilinogen yana o`t bilan ichakka 
tushadi. Yo`g`on ichakda mezobilirubinogen sterkobilinogengacha anaerob 
bakteriyalar yordamida qaytariladi, u ham urobilinogen kabi rangsiz bo`ladi. 
Sterkobilinogenning asosiy qismi axlat bilan birga ajraladi va havo kislorodi bilan 
tez oksidlanib, sterkobilin – to`q sariq rangli pigmentga aylanadi.
Kam miqdordagi sterkobilinogen to`g`ri ichakda so`riladi, gemmoroidal 
venalar orqali qon bilan buyrakka boradi va siydik bilan birga ajraladi. Siydikdagi 
sterkobilinogen axlatdagi singari sterkobilinga oksidlanadi va somon sariq rangli 
siydik hosil bo`ladi. Ilgarilari siydik tarkibida sterkobilin rangi bilan o`xshash 
urobilinga oksidlanadigan urobilinogen (nomi ham shundan kelib chiqqan) ajraladi 
deb hisoblangan. Normada urobilinogen siydik bilan ham axlat bilan ham 
ajralmaydi. 
Demak, normada gem parchalanishining oraliq mahsuloti – bilirubin qonda 
to`planmasdan jigar hujayralari bilan tezda qamrab olinadi. Qondagi bilirubin 
miqdori uning shakllarini nisbatiga qarab bir tomondan RES hujayralarida 
gemproteidlarning parchalanish tezligi, ikkinchi tomondan jigarda bilirubinning 
aylanishi to`g`risida fikr yuritish mumkin. Normada qon zardobidagi umumiy 
bilirubin miqdori 8-20 mkmol/l ni tashkil etadi (ulardan 75% bog`lanmagan, ya’ni 
erkin bilirubin). 
Bilirubinning oxirgi mahsuloti – sterkobilinogen odamda asosan axlat bilan 
(taxminan sutkasiga 300 mg) va kam miqdorda siydik bilan sutkasiga 1-4 mg 
atrofida ajraladi. Axlat va siydik bilan ajraladigan pigmentlar tarkibiga ichak 
mikroflorasining holati tas’sir etadi. Chaqaloqlarda ichak mikroflorasi 
bo`lmaganligi sababli ajralayotgan bilirubin yashil rangli pigment biliverdingacha 
oksidlanadi, shuning uchun ularning axlati yashil rangli bo`ladi.

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish