7.3.
Fermentlar
faolligining
boshqarilishi.
Fermentlar
faolligi
boshqariladigan katalizatorlarga mansub ekanligi yuqorida aytilgan edi. Ferment
faolligining boshqarilishi ularning turli xil biologik komponentlar yoki yot
birikmalar (masalan, dori va zaharlar) bilan o`zaro ta`siri orqali yuzaga keladi
hamda ular fermentlarning modifikatorlari yoki regulyatorlari deb ataladi.
Modifikatorlarning fermentlarga ta`siri ostida reaktsiya tezlashishi (bunday
sharoitda ular aktivatorlar deyiladi) yoki sekinlashishi (bunday sharoitda ular
ingibitorlar deyiladi) mumkin.
Fermentlar faolligining boshqarilishi 3 bosqichni o`z ichiga oladi:
1.
Hujayra ichki boshqarilishi (substratlar, metabolitlar, aktivatorlar, ingibitorlar,
pH, harorat, allosterik fermentlar). Bunday boshqarish avtomatik kechadi.
2.
Gormonal boshqarilish. Oqsil tabiatli gormonlar va aminokislota hosilalari
hujayraviy fermentlarni adenilatsiklaza tizimi orqali, steroid gormonlar va
tiroksin gen darajasida fermentlar sintezini jadallashtiradi.
3.
Nerv tizimi orqali boshqarilish
Fermentlarning faollanishi. Modifikator ta`siridan so`ng yuzaga keladigan
bioximiyaviy reaktsiyaning tezlashganligi asosida fermentlarning faollashuvi
aniqlanadi. Faollantiruvchi moddalarning bir guruhini ferment faol markaziga
ta`sir etuvchi moddalar tashkil etadi. Unga fermentlarning kofaktorlari va
substratlari kiradi. Kofaktorlar (metall ionlari va koferment) murakkab
fermentlarning
faqatgina
struktura
elementlari
bo`lmasdan
ularni
faollantiruvchilari hamdir.
Metall ionlari yetarli darajada o`ziga hos faollantiruvchidir. Ko`pchilik
fermentlar uchun ko`p hollarda bir emas, balki bir nechta metall ionlari talab
etiladi. Masalan, bir valentli kationlarni hujayra membranasi orqali tashib
o`tkazuvchi Na
+
, K
+
- ATF azalar uchun magniy, natriy va kaliy faollantiruvchilari
zarur.
Metall ionlari yordamida faollanish turli xil mexanizmlar orqali amalga
oshadi. Ayrim fermentlarda ular katalitik qism tarkibiga kiradi. Ko`p hollarda
metall ionlari substratning ferment faol markazi bilan o`ziga xos ko`prik hosil qilib
bog`lanishini yengillashtiradi. Ba`zi hollarda esa metall ferment bilan emas, balki
substrat bilan metallosubstratli kompleks hosil qiladi.
Substratni bog`lash va katalizlashda kofermentlarning o`ziga xosligi
ularning fermentativ reaktsiyalani faollashida namoyon bo`ladi.
Substrat ham ma`lum bir miqdor chegarasida faollantiruvchi bo`la oladi.
Substrat miqdoriga to`yinishga erishilgandan so`ng ferment faolligi oshmaydi.
Substrat fermentning turg`unligini oshiradi va ferment faol markazining zaruriy
konformatsiyasida shakllanishini yengillashtiradi.
Ba`zi fermentlarning faollanishi ular molekulasining faol markaziga
tegmasdan, modifikatsiyalash yo`li orqali ham amalga oshishi mumkin. Bunday
modifikatsiyaning bir nechta usullari mavjud:
-
faol bo`lmagan unumi profermentlar yoki zimogenni faollash;
61
-
ferment molekulasiga o`ziga hos modifikatsiyalovchi biror bir
guruhni biriktirish yo`li bilan faollash.
-
faol bo`lmagan oqsil kompleksini faol fermentga dissotsiyalash yo`li
bilan faollash.
Fermentlarning ingibirlanishi.
Fermentativ kataliz mexanizmini tushunishda ingibitorlar katta qiziqish
uyg`otadi. Ferment faol markazining kontakt va katalitik qismlarining funktsional
guruhlarini bog`lovchi turli xil moddalarni qo`llash katalizda ishtirok etuvchi
guruh ahamiyatini tushuntirib beradi. Fermentativ reaktsiyalarning ingibirlanishini
o`rganish dori moddalari, zaharli ximikatlarning ta`sir qilish mexanizmlarini
o`rganish uchun amaliy ahamiyatga ega.
Ingibitor atamasiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish ko`zda tutiladi,
chunki uning tagida faqatgina ferment faolligini o`ziga hos pasaytiruvchi modda
to`g`risida gap boradi. Reaktsiyaning tormozlanishi faqat ingibitorga bog`liq emas.
Chunki istalgan denaturatsiyalovchi moddalar ham fermentativ reaktsiyani
pasaytirishi mumkin. Denaturatsiyalovchi modda ta`siri bo`lgan holatda
«ingibirlanish» emas, balki «faolsizlanish» to`g`risida gap borsa, to`g`riroq bo`ladi.
Ko`pincha, moddalar kichik miqdorlarda ingibitor, ko`p miqdorda esa inaktivator
bo`lib hisoblanadi. Shuning uchun bunday tarzda ikki guruhga bo`lish ma`lum
darajada shartlidir.
Ingibitorlar avvalo ferment bilan mustahkam bog`lanishdek umumiy belgisi
bilan ajralib turadi. Bunday belgisiga ko`ra ingibitorlar 2 guruhga bo`linadi: 1)
qaytar va 2) qaytmas. Fermentni 2 guruhdan qaysi biriga mansubligi dializ yoki
fermentning ingibitorli eritmasini ko`p suyultirishdan so`ng ferment faolligining
qayta tiklanish mezoniga asosan aniqlanadi. Qaytmas ingibitorlar ferment bilan
mustahkam bog`lanadi va bunday jarayondan so`ng ferment faolligi qayta
tiklanmaydi.
Aksincha, ferment - qaytar ingibitor kompleksi mustahkam emas va tezda
parchalanib ketadi. Bunda ferment faolligi qayta tiklanadi.
Fermentlarning ingibitorlari ta`sir etish mexanizmiga asosan quyidagi
turlarga bo`linadi: 1) raqobatli; 2) raqobatsiz; 3) raqobat qilmaydigan; 4) substrat;
5) allosterik;
1). Raqobatli ingibirlanishi hodisasi tuzilishi jihatidan substratga o`xshash
bo`lib, ferment bilan bog`langandan so`ng oson ajralib ketmaydigan modda va
haqiqiy substrat o`rtasida fermentning faol guruhiga nisbatan raqobat tufayli kelib
chiqadi. Substrat ferment bilan birikib, ferment-substrat kompleksi ES paydo
qilganidek, ingibitor ham shunday dissotsiyalanish qobiliyatiga ega bo`lgan
kompleks hosil qiladi:
E+I → EI
Lekin hech qachon raqobatli ingibirlanishda boshqalardan farqli ravishda
uchtalik kompleks ESI (ferment-subtrat-ingibitor) hosil bo`lmaydi.
Subtratga o`xshash ingibitor ferment molekulasining bir qismini bog`lab,
ferment-subtrat kompleksi hosil bo`lishiga yo`l qo`ymasligi natijasida ingibirlanish
hodisasi kelib chiqadi. Ferment molekulalarining faol markazlaridan ingibitorni
62
siqib chiqaradigan darajada ko`p miqdordagi substrat bilan tormozlanishni
to`xtatish va fermentni katalizlash qobiliyatini tiklash mumkin.
Raqobatli ingibitorlarning subtratga o`xshashligi bo`lganligi uchun bunday
ingibirlash izosterik ingibirlash deb ham ataladi. Yig`ilib qolgan ferment
faollanishni boshqarishga ta`sir etuvchi metabolitlar va yot moddalar raqobatli
(izosterik) ingibitorlar bo`lishi mumkin.
Raqobatli ingibirlashga suktsinat kislota va malonat kislotalar bilan
suktsinatdegidrogenaza fermenti orasidagi munosabat yaqqol misol bo`la oladi.
Malonat kislotaning strukturasi suktsinatga o`xshash bo`lganidan u fermentning
ma`lum sathi bilan bog`lanadi, hosil bo`lgan kompleks esa parchalanmaydi,
fermentni blokirlab turadi.
Ko`pchilik farmakologik preparatlar, qishloq xo`jalik zararkunandalariga
qarshi ishlatiladigan zaharli ximikatlar va zaharli moddalarning ta`sir qilishi
raqobatli ingibirlashga asoslangan.
Moddalar almashinuvida biror bir fermentni tanlab ishdan chiqarib,
muayyan bir boshqa fermentning ishtirokini o`ziga hos tahlilini o`tkazish mumkin.
Raqobatli ingibirlash antimetabolitlar qidirish uchun imkoniyatlar yaratadi, ya`ni
haqiqiy substratga o`xshash konformatsiyaga ega bo`lgan holda raqobatli
ingibitorlar
safiga
qo`shilishi
kerak.
Antimetabolitlar
o`ziga
hos
farmakopreparatlar sifatida istiqbolli hisoblanadi.
Ammo raqobatli munosabat faqat substrat bilan ingibitor o`rtasida emas,
balki ingibitor bilan koferment o`rtasida ham bo`lishi mumkinligini yoddan
chiqarmaslik zarur.
Antikofermentlar (kofermentlarning analogi bo`lib, ammo ularning
vazifasini bajara olmaydi) ham raqobatli ingibitor bo`lib, ular o`zlari bog`langan
fermentlarni «saf»dan chiqarish qobiliyatiga ega. Antikofermentlarning yoki
ularning unumlari bo`lgan antivitaminlar biologik tadqiqotlarda va meditsina
amaliyotida samarali dori sifatida keng qo`llaniladi.
2. Raqobatsiz ingibitorlar ingibirlangan fermentlarning substrat bilan
bog`lanishiga emas, balki uning katalitik o`zgarishiga ta`siri bilan bog`liq.
Raqobatsiz ingibitor fermentning faol markazidagi katalitik guruhlar bilan bevosita
bog`lanadi yoki fermentning faol markazidan boshqa qismi bilan bog`lanib, uning
substrat bilan o`zaro ta`sirlashishiga xalal beradigan darajada katalitik qism
strukturasiga ta`sir etadi. Raqobatsiz ingibitor substrat bilan bog`lanishga ta`sir
etmaganligi sababli raqobatli ingibirlashdan farqli ravishda quyidagi formula
bo`yicha uch tomonlama kompleks hosil bo`ladi:
E + S + I → ESI
Ammo bu kompleksdan mahsulot hosil bo`lmaydi. Raqobatsiz ingibitorlarga
sianidlar misol bo`lib, ular geminli ferment - sitoxromoksidazalarning katalitik
qismiga kiradigan uch valentli temir bilan mustahkam bog`lanadilar.
Bu fermentning bog`lanishi nafas olish zanjirini ishdan chiqaradi va hujayra
halok bo`ladi. Fermentlarning raqobatsiz ingibitorlariga og`ir metallar va ularning
organik birikmalari kiradi. Shuning uchun simob, qo`rg`oshin, kadmiy, mishyak
kabi og`ir metallarning ionlari juda zaharli. Ular masalan, fermentlarning katalitik
qismiga kiradigan SH -guruhlarni bog`lab qo`yadi. Ferment - ingibitor kompleksi
63
substratni biriktirishi mumkin, ammo katalitik guruhlar band bo`lganligi sababli
substrat uchun keyingi o`zgarishlar amalga oshmaydi. Raqobatli ingibirlashdagi
singari ortiqcha miqdordagi substrat raqobatsiz ingibitorlarni fermentlar ta`siridan
xalos etmaydi, bunga faqatgina ingibitorlarni bog`lay oladigan moddalargina
yordam bera oladi. Bunday moddalarga reaktivatorlar deyiladi.
Og`ir metallar kichik miqdordagina raqobatsiz ingibitor bo`la oladi. Ular
ko`p miqdorda bo`lganda inaktivatorlar bo`lib, denaturatsiyalovchi modda singari
ta`sir etadi.
Raqobatsiz
ingibitorlar
farmakologik
vositalar,
qishloq
xo`jalik
zararkunandalariga qarshi kurashish uchun zaharlovchi modda sifatida va harbiy
maqsadlarga qo`llaniladi.
Zaharlanganda yoki ularni ferment ingibitor kompleksidan chiqarib tashlash
uchun reaktivatorlar yoki zaharga qarshi moddalardan foydalanish mumkin. Ularga
barcha SH - tutuvchi komplekslar, (sistein, dimerkaptopropanol), limon kislotasi,
etilendiamintetrasirka kislota kiradi.
3. Raqobat qilmaydigan ingibirlash. Raqobat qilmaydigan ingibirlash deb
faqat ferment substrat kompleksiga ingibitorning birikishidan yuzaga keladigan
fermentativ reaktsiyaning tormozlanishiga aytiladi. Raqobat qilmaydigan ingibitor
substrat bo`lmagan sharoitda ferment bilan bog`lanmaydi. Bundan tashqari,
ingibitor substratni fermentga bog`lanishini yengillashtiradi, keyin esa o`zi
bog`lanib, fermentni ingibirlaydi. Bu ingibirlashning kamdan-kam uchraydigan
shakli hisoblanadi.
4. Substratli ingibirlash. Substratli ingibirlash fermentativ reaktsiyada
ortiqcha miqdordagi substrat natijasida kelib chiqadigan tormozlanishdir. Bunday
ingibirlash katalitik o`zgarishga uchray olmaydigan ferment substrat kompleksi
hosil bo`lishi oqibatida yuzaga keladi. ES
2
kompleksi mahsulot hosil qilmaydi va
ferment molekulasini faolsizlantiradi. Substratli tormozlanish ortiqcha substrat
natijasida kelib chiqqanligi uchun uning miqdorini kamaytirib ferment faol holatga
keltiriladi.
5. Fermentlar faolligining allosterik boshqarilishi.
Allosterik boshqarish allosterik effektorlar bog`lanishi uchun regulyator
markazlarga ega bo`lgan, to`rtlamchi strukturali fermentlarning alohida guruhlari
uchun
hos.
Fermentning
faol
markazida
substratlarning
o`zgarishini
tormozlaydigan salbiy effektorlar allosterik ingibitorlar vazifasini bajaradi. Ijobiy
allosterik effektorlar esa, aksincha fermentativ reaktsiyani tezlashtiradi, shu sababli
ular allosterik faollashtiruvchilarga kiradi. Fermentning allosterik effektorlari
ko`pincha turli xil metabolitlar metall ionlari kofermentlar bo`lishi mumkin.
Kamdan-kam hollarda fermentlarning allosterik effektorlari vazifasini substrat
molekulalari bajarishi mumkin. Bunday fermentlarda o`z-o`zidan faol markaz
allosterik effektorlar bilan o`xshash bo`ladi va allosterik effektorlarda
fermentlardan farqli ravishda katalitik qismi yo`q.
Ba`zi fermentlar bir nechta allosterik markazlarga ega, ulardan ba`zilari
allosterik ingibitorlarga, boshqalari esa faollashtiruvchilarga xos bo`ladi.
Allosterik ingibitorlarning fermentga ta`sir etishi mexanizmi faol
markazning konformatsiyasini o`zgarishidan iborat.
64
Allosterik faollantiruvchilar, aksincha, fermentlarning faol markazidagi
substratning o`zgarishini yengillashtiradi va bu hodisa K
m
ning kamayishi yoki
maksimal tezlikning oshishi bilan birgalikda kuzatiladi.
Allosterik fermentlar boshqa fermentlardan substrat miqdoriga reaktsiya
tezligining bog`liqligi o`ziga xos S-shaklidagi egri chiziq bo`lishi bilan farq qiladi.
Bu esa subbirliklarning faol markazlari avtonom emas, balki kooperativ holda ish
bajarishini bildiradi.
Allosterik fermentlar hujayra modda almashinuvida muhim vazifasini
o`taydi. Ular metabolizmda «kalit» o`rnini egallab, moddalar almashinuvidagi
o`zgarishlarga juda sezgirlik bilan munosabat bildiradilar. Masalan, allosterik
boshqarish birinchi ferment zanjirining oxirgi mahsulotini ingibirlash ko`rinishida
namoyon bo`ladi. Boshlangich modda (substrat)ning bir nechta ketma-ket
o`zgarishlardan so`ng oxirgi mahsulotning tuzilishi substratga o`xshamaydi, shu
sababdan oxirgi mahsulot boshlang`ich fermentlar zanjiriga allosterik ingibitor
(effektor) sifatida ta`sir etishi mumkin. Tashqaridan qaraganda bunday boshqarish
qaytar bog`lanishli mexanizmga o`xshaydi va oxirgi mahsulotning chiqishini
nazorat qilishga imkon beradi hamda oxirgi mahsulot to`planib qolgan holatda
birinchi ferment zanjirining ishi to`xtatiladi:
E
1
E
2
E
3
A--------- V ----------- S -----------D
----------------------------------------
Bunda A,V, S, D metabolitlar: E
1
, E
2
, E
3
fermentlar
Do'stlaringiz bilan baham: |