Jo`rayeva A


 Buyrakning regulyator-gomeostatik funktsiyasi



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

 
18.2. Buyrakning regulyator-gomeostatik funktsiyasi. 
Buyrakning siydik 
hosil qilish funktsiyasi ularning organizmning hujayra tashqi suyuqligi, jumladan 
qonda osmotik bosim, suv-mineral va kislota-ishqor muvozanatini boshqarish bilan 
uzviy bog`langan. 
Buyraklar suv-tuz gomeostazning neyroendokrin regulyatsiyasida efferent 
zveno vazifasini bajaradi. Ortiqcha miqdorda natriyning iste’mol qilinishi yoki suv 
yo`qotish natijasida qonda osmotik bosimning oshishida osmoretseptorlar 
ta’sirlanadi. Ularning qo`zg`alishi gipotalamusga boradi va vazopressin ajralishiga 
olib keladi. Vazopressin yig`uvchi trubkalarda reabsorbtsiyani kuchaytiradi va 
diurezni kamaytiradi. Organizmda suvning ushlab turilishi osmotik bosimni 
pasaytiradi. Shu bilan bir vaqtda chanqoq his etiladi. Qonda natriyning oshishi 
buyrak usti bezlaridan aldosteron sekretsiyasini kuchaytiradi, oqibatda natriyning 
distal kanalchalarda reabsorbtsiyasi va uning siydik bilan birga ajralishi 
tormozlanadi.
Ortiqcha miqdorda suv iste’mol qilinganda aylanadigan qon miqdori oshadi 
va 
tomir 
sistemasining 
aylanuvchi 
suyuqlikka 
reaktsiya 
beruvchi 
volyumoretseptorlari 
qo`zg`aladi. 
Volyumoretseptorlardan 
impulslar 
gipotalamusga tushadi va vazopressin sekretsiyasi tormozlanib, buyrak usti 
bezlaridan aldosteron ajratadi. Bu bir tomondan yig`uvchi trubkalarda suvning 
reabsorbtsiyasini kuchaytiradi (vazopressin effektining pasayishi), ikkinchi 
tomondan esa buyrakning proksimal kanalchalarida natriyning reabsorbtsiyasi 
kuchayishi va siydik tarkibida kaliyning yo`qotilishi (aldosteron effekti). Shu bilan 
aylanadigan qon hajmi va osmotik bosim me’yorga keltiriladi.
Kislota-ishqor muvozanatiga buyraklar sezilarli ta’sir ko`rsatadi, lekin u qon 
bufer sistemasidagi o`pka ta’siriga nisbatan uzoqroq muddatdan keyin namoyon 
bo`ladi. Opkalarga qondagi vodorod ionlari kontsentratsiyasini me’yorlashtirish 
uchun taxminan 1-3 daqiqa talab etiladi, buyraklarga o`zgargan kislota-ishqor 
muvozanatini tiklash uchun 10-20 soat zarur. 
Organizmda vodorod ionlari kontsentratsiyasini saqlab turishning asosiy 
mexanizmi bo`lib buyrak kanalchalari hujayralarida natriyni reabsorbtsiyasi va 
vodorod ionlarini sekretsiyasi hisoblanadi. Bu mexanizm bir necha kimyoviy 
jarayonlar yordamida amalga oshadi. Ulardan birinchisi – difidrofosfatlarning 
monogidrofosfatlarga aylanishidagi natriyni reabsorbtsiyasi. Koptokchalarda hosil 
bo`luvchi buyrak filtrati yetarli miqdorda tuzlar, shuningdek fosfatlar saqlaydi. 
Lekin monogidrofosfatlarni miqdori birlamchi siydikni buyrak kanalchalari 
bo`ylab harakatlanish davrida asta-sekin kamayadi. Qonda digidrofosfatlarni 
monogidrofosfatlarga nisbati 1:4, koptokcha filtratida 9:1, nefron distal 
segmentidan o`tuvchi siydikda 50:1. buni natriy ionlari kanalcha hujayralari orqali 
tanlab so`rilishi bilan tushuntirish mumkin. Ular o`rniga kanalga hujayralardan 
buyrak kanalchasi bo`shlig`iga vodorod ionlari ajratiladi. Shunday qilib 
monogidrofosfat Na
2
HPO
4
digidrofosfatga NaH
2
PO
4
aylanadi va shunday holda 


280 
siydik bilan ajraladi. Kanalcha hujayralarida karbonat kislotadan bikarbonat hosil 
bo`ladi, natijada qonning ishqoriy zahirasi ortadi.
Natriyning organizmda ushlab qolinishini va ortiqcha vodorod ionlarini 
chiqarilishini ta’minlovchi ikkinchi kimyoviy jarayon – bu kanalcha bo`shlig`ida 
bikarbonatlarni 
karbonat 
kislotaga 
aylantirish. 
Kanalcha 
hujayralarida 
karboangidaraza ta’sirida suvni karbonat angidrid bilan birikishi natijasida 
karbonat kislota hosil bo`ladi. Karbonat kislotaning vodorod ionlari kanalcha 
bo`shlig`iga chiqadi va u yerda bikarbonat anionlari bilan bog`lanadi; bu 
anionlarga teng miqdordagi natriy buyrak kanalchalari hujayralariga tushadi. 
Kanalcha bo`shlig`ida hosil bo`lgan H
2
CO
3
oson CO
2
va H
2
O ga parchalanadi va 
organizmdan chiqariladi. 
Natriyni organizmda saqlanishini ta’minlovhci uchinchi jarayon – 
buyraklarda ammiakni hosil bo`lishi. U boshqa kationlar o`rniga teng miqdordagi 
nordon moddalarni neytrallash va chiqarib yuborish uchun sarflanadi. Buning 
asosiy 
manbai 
bo`lib 
glutaminni 
dezaminlash 
jarayoni, 
shuningdek 
aminokislotalarni, asosan glutamatni oksidlanishi bilan boruvchi dezaminlanishi 
hisoblanadi. 
Glutaminni parchalanishi glutaminaza fermenti ishtirokida borib, bunda 
glutamat va erkin ammiak hosil bo`ladi. Glutaminaza odamni turli a’zo va 
to`qimalarida topilgan, lekin uning eng yuqori faolligi buyrak to`qimasida 
aniqlangan. Siydik va qondagi vodorod ionlari kontsentratsiyasini nisbati 800:1 
bo`lib, buyrakni organizmdan vodorod ionlarini chiqarish qobiliyatini juda yuqori 
ekanligini ko`rsatadi. Organizmda vodorod ionlari to`planishiga moyillik bo`lgan 
holatlarda bu jarayon kuchayadi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish