Jo`rayeva A


-ma’ruza mavzusi: Vitaminlar haqida tushuncha. Suvda eriydigan



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

14-ma’ruza mavzusi: Vitaminlar haqida tushuncha. Suvda eriydigan 
vitaminlar metabolizmi va biologik funktsiyalari. 
Reja: 
14.1. Vitaminlar haqida umumiy tushuncha. 
14.2. Vitaminlarning tasnifi. 
14.3. Organizmda vitaminlar metabolizmi va muvozanatining buzilishi. 
14.4. Suvda eriydigan vitaminlar metabolizmi va biologik funktsiyalari. 
 
14.1. Vitaminlar haqida umumiy tushuncha. 
Vitaminlar haqidagi ta’limot 
– vitaminologiya hozirgi vaqtda mustaqil fan tarmog`idir. Vaholanki, bundan 100 
yil oldin organizmning normal hayot kechirishi uchun oqsil, uglevod va yog`lar, 
mineral moddalar va suvning qabul qilinishini yetarli deb hisoblaganlar. Lekin 
amaliyot va tajribalarning ko`rsatishicha, organizmning normal rivojlanishi va 
o`sishi uchun bu moddalarning o`zi yetarli emas ekan. Ovqat tarkibida qandaydir 
moddalarning yetishmasligi bilan sodir bo`ladigan kasalliklar epidemik xarakterga 
ega bo`lgan. XIX asrda singa kasalligidan letal holatlar 70-80% ga yetgan. Ayni 
shu vaqtda “beri-beri” kasalligi Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaponiya davlatlarida 
keng tarqaldi. Yaponiyaning 30% ga yaqin aholisi shu kasallikka chalingan. 
Yapon shifokori K.Takaki go`sh, sut va yangi sabzavotlarda “beri-beri” 
kasalligini oldini oladigan modda bor, degan xulosaga kelgan. Keyinchalik golland 
shifokori K.Eykman Yava orolida ishlab, u yerning aholisi asosan tozalangan 
guruch bilan ovqatlangani, tovuqlarga ham tozalangan guruch berilganda 
odamlardagi kabi “beri-beri” kasaliga o`xshagan turining rivojlanishini ko`rsatib 
bergan.
K.Eykman tovuqlarni tozalanmagan guruch bilan boqishganda, ularning 
sog`ayishini kuzatgan. Bu ma’lumotlar asosida guruch po`stlog`ida davolash 
xususiyatiga ega bo`lgan noma’lum modda bor degan xulosaga kelgan. Haqiqatan 
ham, guruch po`stlog`ida odan organizmidagi normal hayotni ta’minlaydigan 
moddalar borligini isbotlab berdi. 
Vitaminlar haqidagi ta’limotning rivojlanishi N.Lunin nomi bilan ham 
bog`liqdir. Olim ovqat tarkibida oqsil, uglevod, yog`, tuz va suvdan tashqari hayot 
uchun zarur bo`lgan almashtirib bo`lmaydigan qandaydir noma’lum modda bor, 
degan xulosaga kelgan. K.Funk birinchi bo`lib kristall holda ajratib olingan “beri-
beri” kasalligi rivojlanishining oldini olgan organik moddani topgan va o`z 
tarkibida aminoguruhlarni saqlagani uchun bu noma’lum moddalarni “Vitaminlar” 
deb atashni taklif etgan (lat. vita – hayot deganidir). Darhaqiqat, vitaminlarning 
ko`pchiligi o`zining tarkibida aminoguruhlarni saqlamasa ham “vitaminlar” deb 
nomlanishi biologiya va tibbiyotda mustahkam saqlanib qolgan. 
Vitaminlar shartli ravishda vitaminlar va vitaminsimon moddalarga 
bo`linadi. Vitaminsimon moddalar biologik xossalari bilan vitaminlarga o`xshaydi, 
lekin odatda ko`p miqdorda talab etiladi. Hamma organizmlar uchun bir 
birikmaning o`zi vitamin bo`lib hisoblanmaydi. Masalan, askorbin kislotasi odam 
va dengiz cho`chqasi uchun vitamin hisoblanadi, chunki ularda sintezlanmaydi, 


248 
kalamush quyon va itlar uchun esa askorbin kislotasi vitamin hisoblanmaydi, 
chunki u bu hayvonlarning to`qimalarida sintezlanadi. 
Odam organizmida ovqat va ichak bakteriyalari vitaminlar manbai 
hisoblanadi. Ichak bakteriyalari ko`p vitaminlarni o`zlari sintezlaydilar va 
vitaminlarning organizmga tushishida muhim manba hisoblanadi. 
Ba’zi aminokislotalar, bir nechta yuksak to`yinmagan osimlik yog` 
kislotalari (linolat – 2 ta, linoleat – 3 ta, araxidonat – 4 ta qo`shbog`i bor) odam 
uchun vitaminlar kabi almashinmaydigan ozuqa komponenti hisoblanadi, ammo 
organizmda yetarli miqdorda sintez qilinmaydi va ular organizmga tashqaridan 
kiritilishi kerak. Lekin ularni funktsiyalariga ko`ra vitaminlar qatoriga kiritib 
bo`lmaydi. Vitaminlarni bunday moddalardan ajratib turuvchi ikkita xarakterli 
belgilari bor: 1) ular to`qima strukturalari tarkibiga kirmaydilar; 2) energiya 
manbai sifatida xizmat qilmaydilar. 
Boshqa ozuqa moddalaridan farqli ravishda vitaminlar kofermentlarning 
hosil bo`lishida ishtirok etadi, ularsiz fermentlar o`z funktsiyalarini yoki 
biokimyoviy jarayonlarning boshqarilishini me’yorda bajara olmaydi.

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish