Jo`rayeva A


Yuqori energiyali birikmalar



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

 
14.3. Yuqori energiyali birikmalar. 
Organizmda energiya almashinuvi 
moddalar almashinuvi bilan bog`liq ravishda hujayradagi energetik sikllar shaklida 
o`tadi. Geterotrof hujayralar uchun kimyoviy shaklda qabul qilinadigan erkin 
energiya manbai sifatida oziqa moddalar, asosan yog`lar va uglevodlar kabi 
molekulalarning parchalanishi va katabolizmida xizmat qiladi. Bu energiya 
murakkab biomolekulalarni sintez qilish, hujayraning harakati, tonusini saqlanishi, 
moddalarni membrana orqali komsentratsiya gradiyentiga qarshi tashilishi, genetik 
axborotning tashilishi uchun sarflanadi. Hujayrada energiyaning ajratilishi va uni 
iste’mol qilinishi bilan kechadigan jarayonlarning o`zaro ulanishi yuksak 
energiyali fosfat birikmalar orqali bajariladi. Bu sistemada markaziy o`rinda 
adenozintrifosfat – ATF turadi. Hujayrada katabolik jarayonlar natijasida 
ajraladigan energiyaning bir qismi erkin energiyaning sarflanishini talab qiladigan 
reaktsiya adenozindifosfat (ADF) va anorganik fosfatdan ATF sintezlanishi uchun 
ushlab qolinadi. Energiya ATF ning energiyaga boy (makroergik) bog`larida 
saqlanadi. So`ngra ATF→ADF va anorganik fosfatga parchalanib, o`zidagi 
energiyaning ko`p qismini energiya talab etiladigan jarayonlarga uzatadi. Demak, 
ATF energiyani saqlovchi va tashuvchi molekula sifatida hujayra energetikasida 
o`ziga xos funktsiyani bajaradi. 
Fosfat birikmalarning yuksak energiyali va past energiyali turlari tafovut 
etiladi. Bu ikki guruhga kiradigan birikmalar orasidagi farq faqat fosfat bog`i 
gidrolizi erkin energiyasining kattaligidadir. Energiyaga boy (makroergik) bog` 
to`g`risida gapirilganda uni ayni kimyoviy bog`ni tutuvchi birikmalarning erkin 
energiyasi bilan ular uzilgandan keyin hosil bo`lgan birikmalar erkin energiyasi 
orasidagi farq sifatida qaraladi. Faqat gidrolizlanganda sistema erkin 
energiyasining o`zgarishi(∆G) 21 kJ/mol dan kam bo`lmasa, u makroergik bog` 
qatoriga kiradi. 
Energiyaga boy birikmalar qatoriga yana boshqa nukleotidtrifosfatlar: UTF, 
GTF, STF, TTF, kreatinfosfat, pirofosfat, ba’zi tioefirlar (masalan, atsetil-KoA), 
fosfoenolpiruvat, 1,3-bifosfogliserat, karbomoilfosfat va boshqa bir qator 
birikmalar kiradi. 
ATF standart sharoitda (pH -7,0, harorat 37˚C va ortiqcha magniy ionlari 
bo`lganda) gidrolizlanganda (ATF + H
2
O → ADF + anorganik fosfat) erkin 


118 
energiyani o`zgarishi (-∆G) 30,4 kJ/mol ga teng. Fiziologik sharoit esa bunday 
sharoitdan farq qiladi, shuning uchun ∆G 50 ga yaqin bo`ladi. 
ATF molekulasida 2 ta fosfat bog`i – oxirgi (terminal) va o`rtadagi 
pirofosfat bog`lar makroergik, ribozaning 5΄ uglerodi bilan qo`shilgan birinchi 
bog` oddiy bog`. Shuning uchun ATF ning fosfat bog`laridan energiya 
ajralishining ikki usuli mavjud: asosiy usul – oxirgi fosfatning ajralishi (ATF + 
H
2
O → ADF + H
3
PO
4
) va boshqa usuli ATF dan pirofosfatning ajralishi (ATF + 
H
2
O → AMF + H
4
P
2
O
7
), bu reaktsiyadan hujayra biokimyoviy jarayonlarda 
kamroq foydalanadi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish