Sport to`garaklar va tadbirlarni o`tkazishdagi rejalar:
-Bu sohada ham faoliyat yurituvchi soha vakillari o`zlarining yillik ish rejalarini ishlab chiqishlari va tizimli ravishda amalga oshirib borishlari lozim. Bunga sabab har doim ruhiy zo`riqiishlarni yengish, qayta kuch to`plash hamda faol ish kunlarining bardavom bo`lishi uchun sport musobaqalari, tadbirlar shart deb hisoblayman.( Muzeylarga, hayvonot bog`iga(chunki Toshkent shahridan boshqa viloyatlarda hayvonot bog`i yo`q), parklarga va boshqa turli so`lim joylarga sayohat, chempionlar, yozuvchi-yu shoirlar, san`atkorlar bilan uchrashuv va davra suhbatlari tashkillashtirish lozim). Bu ko`zlangan maqsadlarni har olti oyda sarhisob qilib boriladi. Tahlil natijalariga ko`ra xulosa qilinadi, qarorlar qabul qilinadi.
3-4-bosqichda (Ikkinchi bir yillik)
Siz oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga kirishga tayyormisiz ?
Bizning eng oliy maqsadlarimizdan biri hisoblanmish “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi bitiruvchilarini Vatan himoyachilari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun munosib nomzodlar sifatida tayyorlash, Uchinchi Renesans poydevorlarini yaratishdir.
Bas shunday ekan endi biz bitiruvchi kurs o`quvchilarimizning kun tartibini ishlab chiqishda asosan chuqurlashtirilgan fanlarni yuqori darajada o`rgatish, jismoniy va psixologik tayyorgarlik jarayonlariga e`tibor berishimiz. Davlat test markazining testlaridan hech bo`lmaganda har 14 kunda olinishi va uning monitoring tahlilini yo`lga qo`yish darkor.
Oliy harbiy o`quv yurtlariga kirish uchun topshiriladigan normativlarga tayyor bo`lishlari kerakliginio`quvchilarning ongiga chuqur singdirishimiz lozim, toki ular o`zlari erkin ravishda shu maqsad sari harakar qilsinlar.
O`qituvchilar
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyda faoliyat yuritayotgan o`qituvchilarning salohiyatini oshirish maqsadida, litsey miqyosida seminar treninglar tashkil etish, ustoz-shogird ananasini yo`lga qo`yish zarur. (Taklif: Harbiy akademik-litsiyning ilmiy-pedagogik kengashlarda har bir o`qituvchiga navbat bilan masalalar yuklatilsa, natijada o`qituvchilarimiz doklat tayyorlashni, notiqlikni, yig`ilishlarda o`zini chiroyli tutishni o`rganadi, tortinchoqligi yo`qoladi. O`zimning fanim yuzasidan “One million Uzbek coders” loyihasi bo`yicha har bir o`quvchiga sertifikatlar olishni rejalashtirayapman). Umuman harbiy-akademik litseyda faoliyat yuritayotgan har bir xodim o`zing funksional vazifasini mehr, xohish hamda professional tarzda bajarishi kerakligini anglab yetishi va uni amalga oshirishi lozim. Qilayotgan ishlari faqatgina rasmiyatchilik uchun emas, balki o`zining vijdon tinchligi uchun xizmat qilsa, o`shandagina biz o`zimizning ko`zlagan maqsadimizga erishamiz, mamlakatimiz rivojida haminqadar o`z hissamizni qo`shgan hisoblanamiz.
Ma`muriyatga takliflarim: “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyning Web-saytini, ijtimoiy-tarmoqlarda blogini yaratib faoliyatini yoritib borish kerak deb o`ylayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |