Informatika fani o`qituvchisi: Turdikulova Moxira
Harbiy-akademik litseydagi 2 yillik muddatni o`quvchi qanday o`tkazmog`i hamda qanday natijalarga erishmog`i lozim? yoki Harbiy-akademik litsey bitiruvchilari qanday bo`lishi kerak? degan savolni o`rtaga tashlamog`imiz lozim. Bu savollarning javobi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 473-son qaroridagi 2-bob. Litseyning maqsadi va asosiy vazifalari da keltirib o`tilgan, ya`ni harbiy–akademik litsey o`quvchilari ma’naviy-axloqiy yetuk, intellektual va ijodiy salohiyatga ega mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini, chegaralari daxlsizligini ta’minlashda mas’uliyatli, huquqiy bilimli, madaniyatli, O‘zbekiston Respublikasiga sodiq hamda fidoyi bo`lmog`lari lozim. Bu natijalarga erishishimiz uchun tizimli harakat qilmog`imiz lozim.
Buning uchun 2-yillik o`qish davrini 4 bosqichga bo`lish darkor
O`quvchilar uchun.
1-2-bosqichda (Birinchi bir yillik)
Ma`naviy-marifiy maqsadlar:
o`quvchilarda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxsiy xislatlarini, shuningdek, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish;
xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo Amir Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yo‘lida o‘zini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida O‘zbekiston xalqiga sodiq, qat’iy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan o‘quvchilarni tarbiyalash; (bunda badiiy asarlardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo`lar edi. Ma`lum bir adabiyotlar ro`yxati shakllantirilsa va shu ro`yxatdagi asarlarni barcha o`quvchilarga o`qib chiqish majburiyati yuklatilsa, o`qilgan adabiyotlarning tahlili o`tkazilsa)
O`quv sohasidagi maqsadlar:
o‘quvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlang‘ich bilimlarni singdirish;
notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash. (bunda chuqurlashtirilgan fan o`qituvchilari o`zlarining rejalarini ishlab chiqishlari zarur. Bir yil mobaynida o`zlarining fanlari yuzasidan barcha mavzularni takrorlab, keying o`quv yiliga o`quvchini fanga nisbatan professional yondashishini ta`minlashlari lozim.)
Do'stlaringiz bilan baham: |