Jo‘ra fozilning peyzaj yaratish mahorati xususida abdullayeva Farangiz Azim qizi



Download 19,04 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi19,04 Kb.
#844587
Bog'liq
Абдуллаева Фарангиз. Бухоро (1)


JO‘RA FOZILNING PEYZAJ YARATISH MAHORATI XUSUSIDA
Abdullayeva Farangiz Azim qizi,
Buxoro davlat universiteti magistranti
Buxoro adabiy harakatchiligining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Jo‘ra Fozildir. Muallif shu kunga qadar nasrning roman, qissa va hikoya janrlarida salmoqli ijod qildi. Jo‘ra Fozil ijodini mustaqillikning ilk yillarida adabiyotshunoslikning kichik epik janriga mansub bo‘lgan hikoyachilikdan boshlagan bo`lsa, keyinchalik qissa va roman janrida ham o`z mahoratini namoyon eta oldi.
Jo‘ra Fozil hikoyalari o‘ziga xosligi, mavzu ko‘lamining rang-barangligi, shaklan ixchamligi, qahramonlar tasviri va harakatlarida milliy ruhiyatning aks etishi, jamiyat hayotidagi dolzarb illatlar, muhim muammolarga diqqat qaratilishi bilan ahamiyatlidir. Adib hikoyalarining mutoalasiga kirishar ekanmiz, uning so`z qo`llash bilan bog`liq mahorati e`tiborni tortadi. Ijodkor so`zni tejab, birgina jumla mag`ziga ko`plab ma`nolarni singdirishga harakat qiladi. Xususan, asarlarda peyzaj tasviri berilganda Jo‘ra Fozil har bir so`zning ichki va yondosh ma`nolarini ham inobatga olinganligini ko`ramiz. Adib hikoyalarida peyzaj shunchaki qo`llanilmaydi, u asardagi qaysidir g’oyaviy-badiiy maqsaddan kelib chiqqan holda yaratiladi va asar kompozitsiyasi yaxlitligi va jozibasini ham ta`minlaydi.
Jo`ra Fozil peyzaj yaratar ekan, uni qahramon ruhiyati bilan bog`lashga intiladi. Bunda ham ikki xil holatni kuzatish mumkin:
1. Peyzajning hikoyada keltiriladigan voqea yoki qahramon ruhiyati bilan qarama-qarshi qo‘yilishi; (мисол, тахлил)
2. Peyzajning qahramon ruhiyati va voqeaga uyg’un holda kelishi. (мисол, тахлил)
Jo‘ra Fozilning ko‘pgina, shu jumladan “Biz lola termagan bahor”, “Nastarin ifori”, “Safo”, “Yo‘lbarsdaraning so‘nggi sultoni”, “Lola sayri”, “G’oziyon zindoni”, “Kitob sotayotgan odam” hikoyalarida qahramonlar psixologiyasini yanadan teranroq ochib berish, voqealar rivojining emotsionalligiga erishish maqsadida peyzajdan unumli foydalanilgan. Yozuvchi hikoyalarini o‘qir ekanmiz ko‘pgina ijodkorlarda uchramaydigan tabiat tasvirining noyob suratlariga, adibning o`ziga xos topilmalariga guvoh bo‘lamiz: “Mayin bahor yellari daryoning sarg’ish yuziga ajinlar solar, jiyda gullarining xush bo‘yi yashil o‘t- o‘lanlar bilan qoplangan sohilda kezib yurardi.”[1,26] Ushbu tasvirda lirik manzara ko`z o`ngimizga keladi, bahor yellarining daryo yuziga ajinlar solishi nosirning o`ziga xos topilmasi deyish mumkin. Hikoyani o`qish davomida bu o`xshatish behudaga keltirilmagani, daryo yuzidagi ajinlar hikoyada yuzaga kelishi kutilayotgan mahzunlik, ortga qaytmas vaqt va kechikishga ishora ekanligini ko`ramiz.
“Yo‘lbarsdaraning so‘nggi sultoni” hikoyasida quyidagi tasvirni ko`ramiz: “Amudaryo mast tuyaga o‘xshab pishqirganicha, qirg’oqlariga asabiy bosh urar, sohildan o‘pirilib tushayotgan tog’dek tuproq uyumlarini biz zumda yamlab yutardi.
Tikka kelgan saraton quyoshi ayovsiz qizdirar, bo‘tana to‘lqinlar yelkasida ildizi bilan qo‘porilgan dov-daraxtlar oqib kelar, bu ayovsiz to‘fon uzra zor qaqshayotgan qirg’ovullar polaponlarini saqlab qolish uchun suvga to‘sh urib uchishar, ularning ayanchli nolasiga toqat qilish qiyin edi.”[2, 240] Amudaryo nega mast tuyaga qiyoslanmoqda, nega pishqirmoqda? Muallif daryoning nimadandir noroziligi, isyon etayotganligini shu jumlada singdirishga intilgan. Peyzaj tasviridan zukko kitobxon hikoyada ro`y berajak qandaydir mudhish hodisani his qiladi. Va bu hodisa nafaqat tabiat uchun, balki uning bir qismi bo`lgan inson uchun ham ayanchli oqibatlani keltirib chiqarishi hikoya davomida ochilib boradi. Mazkur hikoyada peyzaj kompozitsiyaning bir qismi – tugun sifatida kiritilgan.
“Biz lola termagan bahor” hikoyasida esa qizning go‘zalligi va bahor go`zalligi parallel keltirilganligini ko‘rishimiz mumkin: “Sening yonoqlaring ham, ko‘ylaging ham lola rangida edi. Boshingdagi iroqi do‘ppi o‘zingga juda yarashar, qirqta o‘rilgan qora sochlaringni shamol tortqilab o‘ynar, men bechora sen chiroylimi, yoinki lolaqizg’aldoqmi, bilolmay hayron edim. Lekin shuurimda baribir, lola taslim bo‘lar, qirmiz yonoqlaring qizg’aldoqdan ming chandon chiroyli ekaniga qayta-qayta imon keltirardim.” Hikoyada qiz va lola o`rtasidagi nafaqat tashqi o`xshashlik, balki ichki o`xshashlikka ham muallif alohida e`tibor bergan. Ya`ni lolaqizg`aldoqning omonat va tezgina so`lib qolishi qizning omonat shodligiyu, erta xazon bo`lgan orzularini ham ifodalaydi. (кенгайтиринг шу фикрни, фокеани озгина қўшиб изоҳланг, лоланинг қизиллиги, унинг қон билан боғланиб кетиши ҳикояда шуни ҳам қўшинг)
Ijodkorning “Safo” hikoyasida peyzaj bir paytning o‘zida qahramonlarning psixologiyasiga uyg’un va ayni paytda qarama-qarshi qo‘yilganini ko‘rishimiz mumkin:
“…Bahor oqshomlarining birida o‘rik va shaftoli gullariga g’arq ko‘milgan kolxoz bog’ini oralab, uyga qaytardim. Yengilgina shabada daraxt shoxlarini tebratar, mayin oy nuri taralib turgan bog’ kumushrang harir ro‘mol o‘ragan nozaninga o‘xshab ketardi.”[1, 22] шуларга изоҳ беринг. Масалан, енгил шабада илк муҳаббат, илк бўлганлиги ҳали муносабатлар чуқур эмаслиги учун енгил шабадага ўхшатиш мумкин. Дарахт шохларини тебраниши – ошиқ йигит кўнглининг тебраниши. Хаёлида севган қизи бўлганлиги учун боғ kumushrang harir ro‘mol o‘ragan nozaninga ўхшаб кўринади. Табиатнинг ҳар бир нарсаси ёрини эслатади...
Bahor, avvalambor, boshqa ijodkorlarda bo‘lganidek, Jo‘ra Fozil ijodida ham yoshlik, sevgi, hissiy to‘lqinlanishning kuchayishi fasli sifatida talqin etiladi. Ijodkor aynan bahor faslida ikki sevishgan qalbni uchrashtiradi. Chunki bahor va sevgi mushtarakdirlar. Qalbida sevgi olovlangan bo‘lishiga qaramay Nazokat Safoning bolalarcha beg’ubor muhabbatini rad etadi. “…Oy hamon kumush nurlarini boqqa ayamay sochar, oq nur nimpushtirang gullar bilan uyg’unlashib, ajib manzara kashf etgan. …Safo, qancha kaltaklar zarbidan, o‘gay ona sitamlaridan yig’lamagan Safo, chiday olmadi, piqillab yig’lab yubordi.”[1, 23] Shu o‘rinda bahor fasli tasviri va qahramonlar ruhiyatidagi tushkunlik qarama-qarshilikni yuzaga keltiradi.
Olimlarimiz tomonidan ko‘pgina tahlil va bahs- munozaralarga sabab bo‘lgan “Kitob sotayotgan odam” hikoyasidagi peyzaj ijodkor badiiy g’oyasini teranroq ochishga xizmat qilgan. Hikoyani o‘qir ekanmiz Jo‘ra Fozilning hozirgi kunda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan kitob o‘qish masalasini bundan o‘n besh yil ilgari olib chiqqanligini, jamiyatimizda ziyolilarga bo‘layotgan e’tiborning sustligini qo‘rqmasdan ayta olganini ko‘ramiz. Ijodkor bilan suhbatda bo‘lganimizda ushbu hikoya Tilak Jo‘ra qabrining ziyoratidan so‘ng, kitob sotmoqchi, ilm ulashmoqchi bo‘lgan ziyolilarning ahvoliga chuqur achinish hissi, yurak og’rig’i bilan yozilganligini bilib oldik.
Yozuvchi hikoyada boshqa bir daraxt emas aynan chinor daraxtini tanlaydi. Bu kitob sotayotgan odamning yoshiga ishoradir va chinorning qurigan shoxlari cholning umri tugayotganidan dalolat beradi. Hikoyadagi obraz va badiiy unsurlar majoziy xarakterga ega. Asardagi bahor fasli ham umid, ishonch, yangilanish ramzidir. Bahor faslidek ko‘ngli yorishgan cholning qalbida kitobini sotishga umid uyg’onadi. Cholning o‘limi esa aynan kuz faslida ro‘y beradi: “Nihoyat kech kuzning sovuq yomg’ir yoqqan shilta nam oqshomida… chol g’oyib bo‘ldi. …Yomg’ir tovushi borgan sari kuchayar, qizaloq iltijosini hech bir quloq eshitmas, g’ala-g’ovur yo‘lka zulmat qo‘yniga g’arq bo‘lib borardi.”[2, 263] Ijodkor tabiat manzarasi tasviri bilan kitob o‘qimayotgan jamiyatning ertasiga ishora qiladi.(кенгайтиринг)
Xulosa qilib aytganda, Jo`ra Fozil peyzaj yaratishda har bir voqeaning xarakteridan kelib chiqadi. So`z va tasvirlarni mahorat bilan, rassom nigohi bilan tanlaydi va chizadi. Peyzaj tasviri asarda muallif g`oyaviy-badiiy maqsadlarini amalga oshirishga yo`naltiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

  1. Фозил Ж. Биз лола термаган баҳо. – Бухоро:2010.

  2. Фозил Ж. Мухаббатнинг байрамлари. – Бухоро:1991.

Download 19,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish