“Stressni boshqarish va stressni boshqarish usullari”
Ko'pchilik uchun "yo'q" deyish katta qiyinchilik. Lekin bu so'zdan qo'rqishning hojati yo'q. “Yo‘q” deyishga to‘g‘ri kelsa, “Men qila olmayman” yoki “Ishonmayman” deyishdan saqlaning. Yangi mas'uliyatlarga "yo'q" deb aytish orqali siz allaqachon o'z zimmangizga olganlaringizni hurmat qilasiz va ularni muvaffaqiyatli bajarishga yordam berasiz.
Noxush shaxslar xafagarchilik, charchoq va stressdir. Siz his-tuyg'ularingizni nazorat qilish orqali ular bilan o'zaro munosabatlaringizni boshqarishingiz mumkin. Bunday odam bilan muomala qilish kerak bo'lganda, vaziyatga oqilona yondashing. O'z his-tuyg'ularingizni saqlang va g'azab yoki umidsizlikni buzishiga yo'l qo'ymang.
Shu bilan birga, konsensusga yo'l topish uchun yoqimsiz odamning nuqtai nazari va sabablarini hisobga oling. Hamma narsa pastga tushganda ham, siz bunday odamga sizni xafa qilishiga yo'l qo'ymasdan chidashingiz mumkin.
Ular ham stressni keltirib chiqaradi. Shunchaki xafa bo'lish sababini eslab, siz tanani "jang yoki uchish" rejimiga qo'yasiz - bu omon qolish mexanizmi, bu tanani tahdidga qarshi kurashish yoki qochishga tayyorlaydi. Xavf sizning oldingizda bo'lsa, bu reaktsiya hayotni saqlab qoladi. Ammo agar tahdid uzoq vaqtdan beri o'tib ketgan bo'lsa, unda xotiralar tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan stress faqat tanaga zarar etkazadi va halokatli ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Emori universiteti (AQSh) tadqiqotchilari uzoq davom etgan emotsional stress qon bosimini oshirishi va yurak xastaliklarining rivojlanishiga hissa qo‘shishini isbotladi. Xafagarchilikni ushlab turish orqali siz stressni to'playsiz. Yuqori hissiy intellektga ega odamlar har qanday holatda ham bu holatdan qochishadi. Xafagarchilikdan voz kechish orqali siz nafaqat o'zingizni yaxshi his qilasiz, balki sog'lig'ingizni yaxshilaysiz.
Ehtiyotkorlik - bu meditatsiyaning oddiy, tadqiqotga asoslangan shakli bo'lib, sizga itoatsiz fikrlar va harakatlarni o'zlashtirishga yordam beradi. Bu bilan shug'ullanadigan odamlar, hatto meditatsiya qilmasa ham, diqqatlarini yaxshiroq to'plashadi. Ushbu uslub stressni engish uchun juda yaxshi, chunki u nazoratdan chiqib ketish tuyg'ularini bostiradi.
O'z-o'zini anglash fikrlar o'rtasida o'z-o'zidan almashishni qiyinlashtiradi, bu esa salbiy fikrlashdan qochishga yordam beradi. Bu yaxshi yo'l xotirjam va samarali bo'lib, ish kunlari bilan engish.
Bizning tashvishlarimizning sababi ko'pincha voqealarni noto'g'ri idrok etishda yotadi. Oxirgi mitingda boshliqning ko'rsatmalarini ko'rib chiqishga ko'p vaqt sarflashdan oldin, butun rasmni ko'rish uchun bir daqiqa vaqt ajrating. Agar tashvish darajasi uning haqiqiy sabablariga to'g'ri kelmasa, siz ushbu usulga murojaat qilishingiz mumkin.
Agar siz o'zingizni yuzaki o'ylayotgan bo'lsangiz, vaziyatni qayta ko'rib chiqishga harakat qiling. Eng yaxshi yo'l Ushbu fikrlash poyezdidan xalos bo'ling - haqiqatan ham noto'g'ri bo'lgan narsalarni sanab o'ting. Katta ehtimol bilan siz bir yoki ikkita nuqtani hisoblaysiz va butun fikrni ko'mmaysiz.
4-MAVZU
“ Ustoz otangday ulug’ ”
O'qituvchi – mas'uliyatli va mashaqqatli kasb, og'ir va davomli mehnatni, sabr-toqatni talab qiladigan savobli ish. Insoniyat kamoloti uchun bugun bilimi, iqtidori va hayotini baxsh etgan ustozlarning xizmatlarini hamma zamonlarda ham kishilar hurmatlab, o'zlarini esa e'zozlab kelishgan.
Ustoz o'zidan keyin har bir insonning hayotida sezilmas, ammo juda muhim iz qoldiradi. shu birgina so'z zamirida olam-olam ma'no va hurmat mujassam. Mashhur insonlarning aynan yuqori cho'qqilarga erishishlari ham ustozlarning beqiyos zahmatidir. Mazkur kasb azal-azaldan jamiyat uchun eng muhim hamda kerakli qadimiy kasb hisoblanadi.Vladimir Dal o'zining izohli lug'atida yozadi: “Bilim xohish istakni talab etadi”. Avvalambor, o'qituvchi o'z kasbini sevishi, o'quvchilarning har biriga mehr qo'yishi, bor bilimu korlarini hech qizg'anmay bolalarga o'rgatishi kerak. Kasbga muhabbat birinchi o'rinda turishi lozim. Shundagina o'qituvchi degan oliy maqomga ega bo'ladi.
Hozirgi zamonaviy texnologiyalar asrida kompyuterlar inson aqliy mehnatini yengillashtirishga yordam beradigan texnik qurilma sifatida xizmat qilmoqda. Ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash bo'yicha kompyuterlarni samarali qo'llash doirasi kundan-kunga kengayib bormoqda. Masalan, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika, bozor iqtisodiyoti kabi sohalar singari pedagogika sohasida ham kompyuter texnologiyalari izchil jadal suratda rivojlanib bormoqda. Mazkur texnologiyalardan talabalar darslik bilan ishlash, uy vazifalari, tarqatma materiallar, ijodiy va yozma ishlarni bajarish jarayonida foydalanmoqdalar. Zamonaviy texnologiyalar ayni vaqtda pedagog vazifasini bajarayotganini ko'rsatmoqda. Bu esa o'z o'zidan savol tug'dirishi mumkin. Agar texnologiyalar o'quvchi va talabalarga uy vazifasini tayyorlashga, biron bir chet tillarini o'rgatishga, ular qiziqqan barcha ma'lumotni taqdim etsa, o'qituvchining mavqeiga zarar yetmaydimi. Shunda bir nechta 7 yashar bolalar bilan ushbu savol javol topish uchun tadqiqot o'tkazildi. Bola ota-onasi yordamisiz ham kompyuter orqali uy vazifalarini bajarsa, unga qiziqarli savollarga javobni kompyuter bersa, demak, maktabga bormasdan ham uyda bilim olsa bo'lar ekanda. Hayratlanarlisi, ularning 3 % texnologiyalar o'qituvchining vazifasini to'laqonlikcha bajarishiga ovoz berishdi. Qolgan 97% esa zamonaviy texnologiyalar faqatgina o'qituvchi hamda o'quvchining vazifasini yengillashtiruvchi muloqot vositasi deb hisoblashishligini aytishdi.
O'qituvchi zimmasiga hayot talablariga to'la javob beradigan va o'z zamoniga munosib kishilarni tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifa yuklatilgan. Quyosh o'z nuri bilan butun tabiat, borliqni jonlantirgani kabi, o'qituvchi, murabbiy ham bor mahorati, ilmi bilan o'quvchi-yoshlar qalbini ilm ziyosi bilan to'ldirishga axd qilgan buyuk kasb egasidir.
4-MAVZU
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining o‘ziga xos xususiyatlari”
O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq masalalar alohida huquqiy tartibga solingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining o‘ziga xos xususiyatlari Saylov kodeksining 12-bobida belgilangan bo‘lib, quyidagi normalardan iborat;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodga qo‘yiladigan talablar (61-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqi (62-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar (63-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish tartibi (64-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish (65-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muddatidan ilgarigi saylov (66-modda).
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lib, o‘z siyosiy g‘oyasi, dasturi va saylovoldi platformasi asosida saylov jarayonida kurash olib boradilar.
Saylov kodeksining 62-moddasiga muvofiq siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsata oladi.
Shu kodeksning 63-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga quyidagilarni taqdim etishi kerak:
– saylovda ishtirok etish to‘g‘risida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza;
– O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiya ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotnoma;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lajak nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risida besh kunlik muddat ichida uzil-kesil qaror qabul qiladi hamda siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga ro‘yxatga olinganlik guvohnomasini va belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalarini beradi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning ro‘yxati arizalarning kelib tushishi navbati tartibida markaziy matbuotda e’lon qilinadi.
Saylov kodeksining 64-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va qirq besh kun qolganida tugaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan amalga oshiriladi.
6-MAVZU
“Ona tili – Qalb ko’zgusi”
“O'zbek tili kambag'al emas, balki o'zbek tilini kambag'al deguvchilarning o'zi kambag'al. Ular o'z nodonliklarini o'zbek tiliga to'nkamasinlar”. - Abdulla Qodiriy
Tarix guvohki, mana bir necha ming yillardan beri ona tilimiz hanuzgacha o'zining ahamiyatini yo'qotmay kelmoqda. O'zbek tilining eng ahamiyatli jihati shundaki, u shunday shirali, har bir quloqqa xush yoqadi, eshitgan inson entikib ketadi. Jonajon tilimiz, shoir Mirtemir aytganidek, yoshligimizdanoq jon-u qulog'imizga singib ketgan. Onalarimiz aytgan allalari-yu, bobo-buvilarimizdan eshitgan ertak, hikoya, rivoyat va masallar orqali yuragimiz tub-tubigacha kirib borgan, o'z navbatida ona tilimizga, ona vatanimizga muhabbat uyg'otgan.
O'zbekistonning har bir fuqarosi o'z ona tilisini sevadi, uni hurmat qiladi va e'zozlaydi. Chunki aynan shu til orqaligina har qanday millatning qay tarzda yashayotganligini, rivojlanayotganligini, yoki aksincha, orqada qolayotgan va qashshoqlashib borayotganligini bilishimiz mumkin. Shuning uchun ham bejizga: “Til – millat ko'zgusi”, - deyishmaydi.
1989 yil 21 oktyabr`. "Davlat tili haqida"gi Qonun qabul qilinib, o'zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo'lgan ona tilimiz o'zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo'yildi. Shu tariqa o'zbek tili davlatimizning bayrog'i gerbi, madhiyasi kabi qonun yo'li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramzlari qatori e'zoz va ehtiromga sazovor bo'ldi. Keyingi yillarda Davlat tilining ijtimoiy hayotda tutgan mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil
21 oktyabrdagi farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo'linmasi hisoblangan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi. Bundan ko'zlangan maqsad Davlat tilini rivojlantirish, davlat tilining amal qilishi bilan bog'liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo'yicha takliflar tayyorlash, o'zbek tilining yozma matni me'yor va qoidalarini ishlab chiqishdan iborat.
Milliy tilimizga, ona tilimizga bo'lgan e'tibor, nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Shu o'rinda bobolarimiz aytgan quyidagi purma'no fikrlarni eslaylik: “Har bir millatning dunyoda borligini ko'rsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo'qotmak millat ruhini yo'qotmakdur” (M.Behbudiy). e'tibor beryapsizmi, milliy tilni yo'qotmak millat tilini yo'qotmakka qiyoslanmoqda. Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Ayniqsa, bugungi globallashuv dunyo xalqlarining turmush tarzi umumiylik kasb etgan bir davrda yuqoridagi so'zlarning zalvori ikki hissa ortadi.
Til – millat ko'zgusi, ma'naviyat sarchashmasidir. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimov bejizga ona tilimizni: “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir” deya e'tirof qilmagan. O'z tilini yo'qotgan har qanday millat o'zligidan judo bo'lishi muqarrar.
Yozuvchi va shoirlarimiz tilimiz haqida ko'plab purma'no hikmatli so'zlarni aytganlar va tilni turlicha ta'riflaganlar. Abdulla Oripov o'zbek tili yo'qolsa, to'tiga aylanib qolishini, erkin Vohidov ona tilimiz o'lmasligini bot-bot ta'kidlaydi. Rasul Hamzatov esa ona tilisi yo'qolsa, hatto o'limga ham rozi ekanligini qalamga oladi.
7-MAVZU
“Halollik - eng muhim fazilat”
Halollik va rostgo’ylik eng oliy fazilat
Barcha ezguliklarning, xayrli ishlarning boshi halollikdir, desak, yanglishmasak kerak. Halollikning o‘zi kabi do‘stlari ko‘p: yaxshilik, baraka, xotirjamlik, osoyishtalik… Ehtimol, dunyoni go‘zallikdan ham oldin halollik qutqarar… Ibrat ko‘zi bilan boqsangiz, halol insonning yo’li, yo‘li to‘g‘ri, darajasi ulug‘. «Halol bo‘lsang, yashay olmaysan» esa og‘ziga kuchi yetmagan, bo‘yni mehnatga yor bermaydigan mahmadonalarning chala xulosasi ekanini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Halol luqma tomog‘ingizga tiqilmaydi, jig‘ildonni qaynatmaydi, uyqungizni qochirmaydi. Har narsaning haloli bo‘lsin, deb bejizga aytishmaydida.«Turishingni qara, cho‘pga o‘xshab qolibsan-ku. Katta-katta yesangchi. Og‘zingga kelganini qaytarma. Davringni surib qolmaysanmi?»
Tanishimga shunday deb maslahat berayotgan bu «akaxon» haqida yon-atrofdagilardan eshitdim-u negadir uning bolalariga achindim. Qing‘ir ishi ko‘p ekan. Farzandlariga ham shunday «nasihat» qilsa kerak. Uning oldida mung‘ayibgina turgan boyagi «cho‘pday» tanishim o‘sha paytda ko‘zimga juda chiroyli ko‘rinib ketdi…
Tan olish kerak, ko‘pchilikda halol bo‘lish juda qiyin, degan tushuncha bor. Shuning uchunmi, yashashning oson yo‘llarini qidiramiz. Yayrab qolgimiz keladi. «Boshqalar ham shunday yashayapti-ku» deya o‘zimizni ovutganday bo‘lamiz. Nega halollikdan bu qadar qo‘rqamiz? Nahotki, halol yashash shuncha qiyin bo‘lsa?
Nazarimizda, «harom» so‘ziga nisbatan munosabat o‘zgardi. Odamlar go‘yo uni «oddiylashtirib» yubordilar. «Ushlama, harom!», «Harom qilibsan», «Harom bo‘ladi» kabi gaplar bilan bolalarga tanbeh berishadi. Ba’zi joylarda hatto o‘z bolasini «Haromi» (!) deb urishadiganlar bor ekan.
Yosh bola nazarida bu gaplar faqat tashqi jihatdan «notoza» bo‘lgan narsalarga nisbatan aytiladi. To‘g‘ri, bolaga bu haqda tushuncha berib, «harom»ga yaqinlashmaslikka o‘rgatib borgan yaxshi. Ammo «harom» faqat moddiy narsalarga nisbatangina ishlatilishi kerakmikan? Ma’naviy halollik-chi?
«Harom»ni «oddiylashtirib» borish natijasida borgan sari undan qo‘rqmaydigan kishi «tarbiyalanadi». Uning nazarida bu arzimasdek bo‘lib tuyuladi. Halollik faqat bozordagi tarozi bilan o‘lchanmasligi rost. Amallaringizni qalb tarozisiga solib ko‘ring, qaysi palla ko‘proq tosh bosar ekan?
Halollik ustozlarga ham shu darajada yarashadiki…
- Ta’lim-tarbiya jarayonida halollikning o‘rni juda muhim, - deb gap boshladi bir o‘qituvchi. - Yoshlarga bu go‘zal fazilatning qadri, ahamiyatini tushuntirish uchun bor kuch va imkoniyatimiz bilan harakat qilamiz. Bir rivoyat eshitgandim. Bolasining ko‘p asal yeyishidan tashvishga tushgan ota uni tabibga olib boradi. Kichkintoyning bu odati haqida eshitgan hakim otaga uni davolatish uchun qirq kundan keyin kelishini tayinlaydi. Nihoyat, belgilangan kun kelib, ota yana o‘g‘li bilan tabibning huzuriga shoshadi. U esa kichkintoyning boshini silab: «O‘g‘lim, bundan keyin asal yemang», - deydi va otasiga ketishi mumkinligini, endi bola bunday qilmasligini aytadi. Hayron bo‘lganini yashira olmagan ota so‘raydi: «Shu gapni o‘sha biz kelgan birinchi kunning o‘zidayoq aytib qo‘ysangiz bo‘lardi-ku?». Donishmand hakim esa jilmayib: «To‘g‘ri. Lekin o‘sha kuni o‘zim ham asal yegan edim. Shuning uchun bolaga aytgan nasihatim kor qilmasdi. Qirq kun asal yemadim. Endi bolangiz ham ko‘p asal yeyishini bas qiladi», deydi. Donishmand bolani davolashning bunday usulini aytib, otani ham lol qoldirgan edi.
Bu bilan nima demoqchiman? Demak, biz o‘qituvchilar ham, avvalo, o‘zimizni tarbiyalab, keyin bu haqda o‘quvchilarga gapirganimiz ma’qul. Nega gaplarimiz bolalarga ta’sir qilmayapti? Nima uchun farzandlarimizga halollik, olijanoblik haqida aytganlarimiz ertakday tuyulayapti? Chunki o‘zimiz hozir ana shu asal yeb qo‘ygan tabib ahvolidamiz.
8-MAVZU
“Nizolar va ularni boshqarish psixologiyasi”
Do'stlaringiz bilan baham: |