Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!



Download 29,74 Kb.
bet1/4
Sana25.04.2022
Hajmi29,74 Kb.
#580739
  1   2   3   4
Bog'liq
sinf soati


1-MAVZU
“Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!”
Men shu yurtda tug‘ildim, o‘sdim. Shu yurtda tug‘ilib kamol topayotganimdan benihoya baxtiyorman. O‘zbekiston mening – Vatanim. Vatan insonning kindik qoni to‘kilgan tuproq, uni kamol topdiradigan tabarruk go‘shadir. Vatanim mening g‘ururim ramzidir. Men ona vatanim timsolida dunyodagi eng go‘zal va betakror yurtni ko‘raman. Shu bilan birga o‘zimning, ota – onamning, xalqimning baxtini, faro von, erkin hayotni ko‘raman.

Vatan ozod bo‘lsa , xalqim ham erkin, ozod, farovon yashaydi. Men shu serquyosh o‘lkada yashar ekanman, yurtimning yuksalishi, rivojlanishi uchun, yurtimning obro‘- e’tiborini yanada yuksaklikka ko‘tarish uchun, milliy taraqqiyotimizni yanada ko‘tarishimiz uchun o‘qib o‘rganib, bor imkoniyatlardan foydalanishim kerak ekanligini his qilaman. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Vatan ravnaqi yo‘lida tinmay izlanayotgan, muhim chora – tadbirlarni hayotga tadbiq qilayotgan ekanlar, biz yoshlar ham bor kuch bilimimizni jonajon O‘zbekistonimizning kelgusida bundanda yuqori pog‘onalarga chiqishi uchun sarflashimiz darkor. Zero Vatan ravnaqi, avvalo uning farzandlariga, ulaming ma’naviy va jismoniy kamolotiga bog‘liqdir.

Allohga shukurki,biz yashayotgan yurt – jannatmakon, osmonimiz musaffo, hammayoqda tinchlik. Shu o‘rinda birinchi prezidentimiz Islom Karimov so‘zlari yodga keladi: “Mening istagim shu – xudoning o‘zi yurtimizni, xalqimizni yomon ko‘zlardan, hasadlardan asrasin! Shu yurtda yashayotgan har qaysi oila, har qaysi inson, har qaysi yurtdoshimiz baxtli bo‘lsin, tinchlik va omonlik ularga hamisha yor bo‘lsin”

Albatta biz o‘qib – o‘rganib, o‘z iqtidorimizni, yurtimizning gullab yashnashi uchun sarflashimiz, ko‘ngildagidek keng shinam xonalarda tahsil olishimiz uchun Vatanimiz tinch osuda bo‘lmog‘i lozim. Zero, yurt tinchligi masalasi birinchi o‘rinda turadi. Chunki, tinchlik dunyodagi eng buyuk boylik hisoblanadi. Agar tinchlik bo‘Isa, hamma erkin nafas oladi, nimaki ezgu niyat bo‘Isa, ulaming barchasini amalga oshirish imkoniyati pay do bo‘ladi.

Yurtimizda huquqiy demokratik davlat, fuqorolik jamiyati etilmoqda. Yanada mustahkam huquqiy demokratik jamiyat barpo etish uchun ko‘p ezgu ishlami amalga oshirishimiz kerak. Buning uchun iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirishimiz, yerosti va yerusti boyliklarimizdan unumli foydalanishimiz, jahon tajribasidan andoza olib, taraqqiy topgan davlatlar bilan hamkorligimizni mustahkamlashimmiz, iqtidorli, bilimli yoshlarimizni taraqqiyoti yuksak davlatlarga tajriba almashish uchun chet davlatlarga yuborishimiz darkor. Vatanga muhabbat tuyg‘usi insonga bir umr hamrohdir. Vatanning nomi aytilishi bilan uning bag‘rida o‘tgan yillarimiz, ota – onamiz, qadrdon uyimiz esimizga tushadi, qalbimiz his – tuyg‘ularga to‘ladi.

2-MAVZU
“Vatanim Taraqqiyotiga Mening Hissam”


Mamlakatimizda adabiyot, san’at va madaniyat sohalarida faoliyat yuritayotgan iste’dodli, tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” respublika tanlovini e’lon qiladi.
Termizda o‘tkazilgan yosh tadbirkor, fermer va hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi shunday shior ostida tashkil etildi.
Masalan, “Vatan taraqqiyotiga mening hissam!” ko’rgazmasi orqali ishtirokchilar yosh tadbirkorlar, hunarmandlarning ijodiy izdoshlari, ular ishlab chiqargan mahsulotlar bilan yaqindan tanishadilar. Turli musobaqalar sovrindorlari bo’lgan sportsevar yigit-qizlarning ko’rgazmali chiqishlari barkamol avlodning jismoniy va ma'naviy kamoloti yo’lida yaratilgan imkoniyatlar ko’rigiga aylanayapti.
Aytish lozimki, festivalning joriy yilgi tadbirlarida “Bu mening Vatanim!” shiori ostida Prezidentimizning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish — eng oliy saodatdir” kitobi mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan taqdimot, respublikamiz yosh ijodkorlari tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar namoyishiga yo’naltirilgan “Kichik filmdan — katta kinoga”, oliy ta'lim muassasalari teatr studiyalarining “Talabalar teatr studiyalari”, “Yoshlar jonli ijro tarafdori” kabi yangi loyihalar ham tashkil etiladi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, Fermerlar kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida ushbu sohada mehnat qilayotgan yoshlar safi tobora kengayib borayotgani ta’kidlandi.
Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Ko‘rgazmada yuksak salohiyatli, faol, tashabbuskor va tadbirkorlik faoliyatida yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar “Yilning eng namunali yosh tadbirkori”, “Yilning eng namunali yosh fermeri”, “Yilning eng namunali yosh hunarmandi” yo‘nalishlari bo‘yicha munosib taqdirlandi. G‘oliblarga mamlakat bosqichiga yo‘llanma berildi.
– Bugun “Yilning eng namunali yosh tadbirkori” yo‘nalishi g‘olibi bo‘lganimdan juda xursandman, – deydi Termiz tumanidagi “Gulbahor nurli kelajak” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Dilafro‘z Karimova. – Bunday tadbirlar yosh ishbilarmonlarni yanada ko‘proq izlanishga undaydi. Korxonamizda tikilayotgan kiyimlar, yaratilayotgan yangiliklar aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotganidan faxrlanaman.
Tadbir doirasida bank, soliq, bojxona sohasi mutaxassislari yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash , kredit olish, soliq imtiyozlari, ulardan foydalanish qoidalari, bojxona xizmatlari xususida ma’lumot berdi.
3-MAVZU

Download 29,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish