Javob: Yashil rang.
27-savol: Indoneziyaning Bali orolida yashovchi har bir inson umrida uch marotaba
ibodatxonaga zambilda keltiriladi: birinchi marta-yigit yoki qiz balog‘atga yetganida, ikkinchi
marta-nikoh to‘yida. Uchinchi marta qachon?
Javob: Birinchi o‘g‘il ko‘rganda.
28-savol: Janubiy Afrikada yashovchi gerero degan qabilada «Ularga qo‘shni bo‘lishdan og‘irroq
musibat yo‘q» degan maqol bor. Ho‘sh bu maqol nima yoki kim haqida?
Javob: Egizaklar haqida.
Izoh: Gerero qabilasida egizaklar muqaddas sanaladi va ular o‘z uyidan tashqari qo‘shnisining
uyiga ham bemalol kirib, hohlagan ishlarini qilishlari mumkin, tabiiyki, bu qo‘shnilar uchun bir
qancha noqulayliklarni keltirib chiqaradi.
29-savol: Vengriyada yangi yilda bayram dasturxoniga turli-tuman taomlar, tamaddilar,
ko‘katlar, ko‘p hil noz-ne’matlar tortiladi. Mehmonlar oldiga cho‘chqa bolasi butunligicha
keltirib qo‘yiladi. Lekin dasturxonga bir turkum taomlargina qo‘yilmaydi. Qanday taomlar?
Do'stlaringiz bilan baham: |