Javob:
Tabiat.
285-savol:
Qadimgi yunonlar bu yerga kelganlarida bu yerda ozuqabop o‘t, o‘simlik va chorva mollari
ko‘pligini ko‘rib hayratga tushganlar. Shuning uchun ular o‘sha yerni aynan shunday atagan ekanlar.
Qanday ataganlar?
Javob:
Buzoqlar mamlakati-ya’ni Italiya.
286-savol:
Etrusklar ularni muqaddas hayvon deb bilganlar. Ulardan faqat harbiy maqsadlardagina
foydalanganlar. U qaysi hayvon?
Javob:
Ot.
287-savol:
Rimliklar gallarni masharalab, ularni bir nom bilan ataganlar, chunki gallar dubulg‘alariga o‘sha
narsani qadab yurar edilar. Ular nima qadab yurishgan?
Javob:
Xo‘roz patini.
Izoh:
Shuning uchun yunonlar gallarni «xo‘roz» deb masxaralashar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |