436-savol:
Protivogazlarning ikki hil turi bor. Filtrlovchi va izolyatsiyalovchi. Ular tashqi ko‘rinish
jihatdan bir-biriga o‘xshab ketadi. Lekin ularning bir printsipial farqi bor. Bu farq nimada deb o‘ylaysiz?
Javob:
Filtrlovchi protivogazdan foydalanilganda tashqaridagi havodan foydalaniladi, izolyatsiyalovchi
protivogazda esa foydalanilmaydi.
437-savol:
1865 yilda tog‘ muhandisi Frederik Idestem o‘z mamlakatining janubi-g‘arbida yog‘ochga
ishlov beruvchi korxonani tashkil etadi. Keyinchalik borib-borib bu korxona yiriklashib butun dunyo
insonlarini o‘zaro bog‘ladi. Siz menga Idestem qaysi mamlakat fuqarosi bo‘lganligini va uning tashkil
etgan korxonasi qanday atalganini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |