O `BEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
Zafarobod tumani 9-umumiy o`rta ta`lim maktabi
“Ona tili va adabiyot” metod birlashmasining
2020-2021 o`quv yili yakunidagi yillik
HISOBOTI
Jizzax viloyati Zafarobod tumani 9- umumiy o`rta ta`lim maktabi « Ona tili va adabiyot» metod birlashmasining 2020-2021 o`quv yilida amalga oshirgan ishlari yuzasidan yozgan
Hisoboti
|
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 2020-yil 13-avgust 183-sonli buyrug`iga binoan quidagi umumiy qoidalar,maqsad va asosiy vazifalarga amal qilindi.
Metod birlashmamiz o`z faoliyatida Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ,”Ta`lim to`g`risidahi qonunga”,O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari qarorlariga,
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari,qarorlari ,farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi qarorlariga,boshqa normativ–huquqiy
hujjatlarga,shuningdek umumta`lim maktabining ustaviga to`liq amal qilindi.Metodbirlashmamiz yil davomida o`quv-tarbiya jarayoning sifatini yaxshilashga ,fan o`qituvchilariga metodik yordam berishga ,tegishli o`quv fanlarini o`qitish uslublarini takomillashtirish va o`qitish sifatini oshirishga ko`maklashishdan iborat bo`ldi.Metodbirlashma o`qituvchilarga fanlarni o`qitishga doir me`yoriy va metodik hujjatlarni o`quv jarayoniga tatbiq etish usullarini ko`rsatib berdi.
O`quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga (PISA-15yoshli o`quvchilarning o`qish,matematika va tabiiy yo`nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash ,PIRLS –boshlang`ich 4-sinf o`quvchilarining matnni o`qish va tushunish darajasini baholash, TIMSS-4-va 8-sinf o`quvchilarining matematika va tabiiy yo`nalishdagi fanlardan o`zlashtirish darajasini baholash)tayyorlash uchun o`qituvchilarni qo`shimcha materiallar bilan ta`minladi.O`qituvchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ,o`qitish metodlarini izlab topishga ko`maklashdi.
O`qituvchilarning metodik kunlarida maktablarda o`tkazilayotgan seminar mashg`ulotlariga borishinini ,ishtirok etishini maktab direktori bilan birgalikda ta`minlab berdi.
9- umumiy o`rta ta`lim maktabida, metodbirlashmamiz faoliyati direktorning o`quv ishlari bo`yicha o`rinbosari O.Eshonqulova bilan birga muvofiqlashtirilib borildi.Metodbirlashma reja asosida faoliyat olib borib bu reja ,albatta,maktabning ish rejasida aksini topgan .Metodik mavzular o`qituvchilarning kasbiy, o`z ustida ishlash rejasini nazarda tutgan holda ,pedagogik metod birlashma a`zolari tomonidan qabul
qilindi.
Maktab metodbirlashma yig`ilishi oyida kamida bir marta muntazam o`tkazib borildi.Bu yig`ilishlarda seminar mashg`ulotlarda qatnashib kelgan
o`qituvchilarimizning ma`ruzalari tinglandi,maktabda o`tkazilgan ochiq darslar tahlili,to`garakarlar faoliyati, iqtidorli o`quvchilar bilan o`tkazilayotgan mashg`ulotlar ,past o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan olib borilayotgan ishlar va boshqa masalalarga to`xtalib o`tildi.O`tkazilgan har bir yig`ilish bayoni alohida daftarga yozib borildi.
2020-2021 o`quv yili Oktabr oyida “Ona tili va adabiyot ”fan oyligi o`tkazildi “Ona tili va adabiyot fan”oyligi ni o`tkazish O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 2007 yil 18-yanvardagi “Umumta`lim maktablarida fan oyliklarini o`tkazish to`g`risida “gi 16-sonli hamda maktabning 2020 yil 30-sentabrdagi “Maktabda fan oyliklarini o`tkazish ”to`g`risidagi 20-sonli buyrug`iga asosan 2020 yil oktabr oyida“Ona tili va adabiyot fan”oyligi o`tkazildi .
Fan oylikni yuqori darajada tashkil etish maqsadida a)o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosariga va metod birlashma rahbari S.Abdug‘aniyeva ga quyidagi vazifalar yuklatildi;
-fan oyligini o`tkazish bo`yicha tadbirlar ishlab chiqish;
-fan oyligini aks ettiruvchi burchak tashkil etish;
-fan oyligi davomida metodik birlashma faoliyati samaradorligini yanada oshirish;
-fan oyligi davomida samarali mehnat qilgan o`qituvchilar faoliyati samaradorligini yanada oshirish,o`qituvchi faoliyatini ommalashtirish;
“Ona tili va adabiyot fan”oyligining birinchi haftasida fan oyligini o`tkazish haqida e`lon va shiorlar,fan oyligiga bag`ishlangan devoriy gazetalar chiqarish, “Ona tili va adabiyot fan”oyligi ochilishi yuzasidan davra suhbati o`tkazish V-XI sinflar kesimida DTS talablari asosida o`zlashtirish monitoringlarini o`tkazish kabi ishlar amalga oshirildi.
“Ona tili va adabiyot ”mening tasavvurimda mavzusida davra suhbati o`tkazildi.Dars ishlanmalar tayyorlandi.”Eng yaxshi ko`rgazmali qurollar ”tanlovlari o`tkazildi.
Fan oylikning o`tkazilishi uchun maxsus reja ishlab chiqarilib butun oy davomida 9-sinfdan ,11-sinfgacha bo`lgan o`quvchilar qamrab olinib turli ,ko`rik tanllovlarga,badiiy kechalarga,ochiq darslardagi ishtirokiga kuchli e`tibor qaratildi.
Maktab kutubxonasichi bilan hamkorlikda.
Fan oylik davomida kirish va chiqish testlari olinib o`quvchilarimizda samaradorlikda o`sish jarayoni kuzatildi.
Har yili an`anaviy tarzda o`tkazib boriladigan fan olimpiadasida maktab bosqichida g`olib bo`lgan o`quvchilarimiz tuman bosqichida 9-sinf o`quvchisi Ibayeva Parizod faxrli o`rin, 10 sinf oquvchisi Xolmo`minova Maxliyo faxrli o`rinni egalladilar , .Kelgusida 2021-2022 o`quv yilida viloyat bosqichida ham faxrli o`rinlarni egallashni istiqboldagi rejalarga kiritib qo`yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |