Jizzax viloyati



Download 4,85 Mb.
bet7/57
Sana25.08.2021
Hajmi4,85 Mb.
#155419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57
Bog'liq
5-sinf tayyor tarbiya

5-maktab direktori :

-----------X.Mingjigitov




O‘tiladigan mavzular

Soat

Ajratilgan

Vaqti

O’tilgan vaqti

1

Taraqqiyot odimlari

1

6.09




2

Ona tabiatni asraylik. (Butun jahon yovvoyi tabiat jamg‗armasi tashkil topgan kun munosabati bilan)

1

13.09




3

Maktab mulki muqaddas, uni ko`z qorachig`iday asra

1

20.09




4

Jahonda bo‘lmasa muallim agar, hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar (1 oktabr – O’qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan).

1

27.09




5

Yo’l harakati qoidalariga kiritilgan o`zgarishlar

1

4.10




6

Jamoat joylarida o'zini tutish odobi

1

11.10




7

Ona tilim – jonu dilim (O’z.Res. Davlat tili haqida‖gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan).

1

18.10




8

Mening kelajak orzuim

1

25.10




9

Piyodalarning harakatlanish umumiy qoidalari

(Yo’l harakati qoidalari).



1

1.11




10

Bayrog’imiz – faxrimiz, g’ururimiz

1

15.11




11

Ilm va zakovat tushunchasi(rus tili fan oyligi

1

22.11




12

Yo’l bel gilarini o’rganish (Yo’l harakati qoidalari).

1

29.11




13

Huquqiy madaniyat – komil inson belgisi (8 dekabr – Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan).

1

6.12




14

Madhiyam faxrim mening (10 dekabr – O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).

1

13.12




15

Chorrahada harakatlanish qoidalari(Yo’l harakati qoidalari).

1

20.12




16

Yangi yilda yangi orzular! (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).

1

27.12




17

Tinchlik va osoyishtaligimiz garovi. (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)

1

17.01




18

Chiroyli hulq-inson ziynati.

1

24.01




19

Birinchi yordam ko’rsatish qoidalari. (Yo’l harakati qoidalari yuzasidan).

1

31.01




20

Inson qalbining kuychisi (G’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan).

1

7.02




21

Vatan sog’inchi ila yashagan siymo (Shoh va shoir Z.M.Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan)

1

14.02




22

Qo’shimcha axborot belgilari (Yo’l harakati qoidalari)

1

21.02




23

Eng baxtli odam kim?

1

28.02




24

Har doim sog‗ bo‗lsin onam! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).

1

6.03




25

Xalq amaliy san'ati – milliy boyligimiz


1

13.03




26

Navro’z – mehr-oqibatni ulug’lovchi qadriyat (21 mart – Navro’z bayrami munosabati bilan).

1

20.03




27

Amir Temur – komillik namunasi (Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan).

1

3.04




28

Qalbida shoirlik bo`lmagan odam matematik bo`la olmaydi


1

10.04




29

Jamoat transportiga chiqish maydonchasini belgilovchi chiziqlar(Yo’l harakati qoidalari).

1

17.04




30

Ozodalik - sog`lik garovi


1

24.04




31

Tabiat –umumiy uyimiz.

1

1.05




32

Qahramonlik, burch va fidoiylik‖ (Xotira va qadrlash kuni oldidan).

1

8.05




33

Velosiped va aravalar harakatlanishi hamda hayvonlarni yo’ldan haydab o’tishga talablar(Yo’l harakati qoidalari).

1

15.05




34

Yoz-o’tadi soz!

1

22.05







Jami:

34





MMIBDO’: L.D.Mamasobirova

Sana:______________ 1-mavzu. Taraqqiyot odimlari


Darsning maqsadi:

Ta'limiy maqsad: O`quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun mohiyatiga oid bilimlar berish, taraqqiyot yillarida erishilgan yutular haqida fikr almashish

Tarbiyaviy maqsad: 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, “Faol investitsiya va ijtimoiy rivojlanish yili”, davlat dasturi, “Obod qishloq”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning ma`no – mazmuni va ruhi mujassam etgan holda singdirishni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi ta'lim: O`quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o`stirish.

Tayanch kompetensiya elementlari:

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.

O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.

Darsning turi: Aralash.

Darsning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.

Darsning jihozi:

Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, "Vatan tuyqusi" darsligi, tarqatma materiallar, slaydlar.

T exnik jihoz: Diaproektor, ekran. "Vatan tuyg’usi", "Milliy istiqlol g`oyasi va ma'naviyat asoslari" fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo`lganlaridan foydalanish.
Darsning texnik chizma:

Tashkiliy qism 5 daqiqa

O`quvchilarni faollashtirish uchun savollar 10 daqiqa O`quvchilarning fikrlarini umumlashtirish 15 daqiqa

O`quvchilarni rag`batlantirish 5 daqiqa

Uyga vazifa 5 daqiqa

Qo`shimcha vaqt 5 daqiqa

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism:

2. O`quvchilarni faollashtirish uchun savollar.

1-savol. Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik so`ziga izoh berishga harakat qiling (1-rasm, O`zbekistonda ishlab chiqilgan mahsulotlar, maktab va kollej o`quvchilari, ekin maydonlari, tarixiy obidalar, bayram tantanalarining rasmi)

O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.

Mustaqillik - bizga nafaqat iqtisodiy imkoniyatlar, balki ma'naviy tiklanish imkoniyatini ham berdi. Biz mustaqil davlat sifatida o`zimizning ichki va tashqi siyosatimizni belgilab oldik. Mustaqillik tufayli unutilayotgan qadriyatlarimiz tiklandi, sayqal topdi.

Mustaqillik bu eng avvalo huquqdir. Ya'ni ushbu so`zning zamirida katta va ulug` huquqga ega bo`lish degan tushuncha mujassam.

2-savol. "Shu aziz Vatan - barchamizniki" deganda nimani tushunasiz?

O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.

Biz mehr va muhabbatni, sadoqat va fidoiylikni munis onalarimizdan, bebaho Vatanimizdan olamiz.

Shu aziz Vatan - barchamizniki. Uning baxtu saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo`lsa, jonini fido qilish shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir.

3-savol. Nima uchun "Tinchlik uchun kurashmoq kerak" deyiladi? Hech o`ylab ko`rganmisiz?

O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.

Biz uchun, yurtimiz uchun tinchlik va osoyishtalik hamma narsadan qadrli, tinchlik uchun kurashish, bu hayotni o`zimiz himoya qilishimiz kerak. Himoya degani - avvalo, ogoh bo`lish degani. Hushyorlik ogoh bo`lib yashash - bu kundalik yoki bir oylik mavsumiy masala emas, balki, kundalik ish, kundalik harakat bo`lishi lozim.

Tinchlik, barqarorlik, hamkorlik - O`zbekiston davlatining uchta ustunidir.

4-savol. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar kim uchun qilinayapti?

O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.

Jamiyatning haqiqiy boyligi - bu inson, inson avlodidir. Jamiyatda har qanday yangilanish, har qanday o`zgarish avvalo inson uchun, uning qayotini farovon etish uchun amalga oshirilmoqda.

Inson manfaatlari ustuvorligini ta'minlash - barcha islohot va o`zgarishlarning bosh maqsadidir.

Islohot islohot uchun emas, eng avvalo inson manfatlarini ta'minlash uchundir. Davlat manfaati emas, avvalo, inson, uning hayoti, huquq va erkinligi eng yuksak qadriyat va boylikdir.



O`qituvchi butun bir dars davomida o`quvchilarning savollarga bergan javoblarini umumlashtirib darsga xulosa yasaydi:

Vatanga bo`lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga, har qanday yovuz kuchni yengishga qodir.

Tomirida milliy g`urur, Vatan ishqi jo`sh urmagan odamdan jasorat kutib bo`lmaydi.

Aziz o`quvchilar! O`z aqli zakovatingiz, bilim va tafakkuringiz, kuch-g`ayratingizga, tog`dek tayanchingiz Vataningizga suyanib, marrani katta oling. Marrani doimo baland olib yashang, ertangi kun bizniki, sizdek shijoatli yoshlarimizniki!

Shuni unutmangki, kelgusida erishadigan har bir g`alabangiz-yurtmiz g`alabasi O`zbekiston g`alabasidir!

Dars davomida o`qituvchi javob bergan o`quvchilarni fikrlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilmagan holda, to`qri yo`naltirib, rag`batlantirib borishi shart.

Ushbu darslar oddiy ma'ruzavozlikdan iborat bo`lmasligi, berilayotgan topshiriqlarni ko`proq amaliy tomonlariga e'tibor qaratilishi lozim.



Uyga vazifa sifatida sinflarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda "O`zbekiston mening Vatanim, baxtu iqbolim makoni" mavzusida erkin fikrlarini daftarlariga tushurib kelishlarini berish, yoki yuqori sinf o`quvchilariga bugungi kundagi ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning yoshlar hayotidagi o`rni haqida mustaqil ish yozishlarini taklif qilish mumkin.
MMIBDO’:__________________________Sana_________2-mavzu:_Ona_tabiatni_asraylik_.'>MMIBDO’:________________________

Sana _______ 2-mavzu: Ona tabiatni asraylik .

(Butun jahon yovvoyi tabiat jamg‗armasi tashkil topgan kun munosabati bilan)

Kun shiori: “Dunyoda chang va tutun bo`lmaganida, odamzod ming yil umr ko`rishi mumkin edi”

Abu Ali Ibn Sino



Maqsad: O`quvchilarga fan oylikda e’tiborni kuchaytirish, qalbida tabiatga mehr-muhabbat uyg‘otish, uni kelgusi avlodlarga sog`lom holda yetkazish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligini, tabiatni asrab-avaylash tuyg`ularini ular ongiga singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Sog`lom avlod-bizning kelajagimiz, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar.

Doskada:

Neki so`rsak, berding barini,

Cheksiz osmon, yerning qa’rini,

Oyu quyosh xizmatimizda,

Ayamading har na borini.

Biz-chi, senga qildik xiyonat,

Bizni kechir, Ona tabiat.

Komil Sindarov


O`qituvchi:

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deyiladi.

Ma’lumki, inson tabiatga beparvo, bo`lib unga g`amxo`rlik qilmasa, ekologiya buziladi, hayvonot dunyosi qiriladi.

Shu bois go`zal va betakror tabiatni ardoqlash uni ko`z qorachig`iday asrash, tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanish ham farz ham qarzdir.

Insonning tabiatga notog`ri munosabati natijasida ko`plab o`simlik va hayvonlar yo`qolib ketdi va bugun ham yo`qotishlar davom qilmoqda.

“Tabiat - tiriklik sharti”- Shunday ekan, tabiatga befarq qaramasligingiz lozim.

Inson tabiatni qo`riqlash barobarida mamlakatimiz rivojiga hissa qo`shadi. Shunday ekan, o`quvchilar qalbida tabiat ne’matlarini – boyliklarini qo`riqlash, ularni avaylab asrash hislarini rivojlantirish, tabiatga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalash o`qituvchilardan chuqur bilim, izlanish va ijodkorlikni talab qiladi.


Topshiriq: Guruhlarga tabiatga oid so`zlardan “Guldasta” tuzish mashqi qo`llanadi.

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka va jonkuyarlikka undab boradi.


MMIBDO’:________________________

Sana: _______3- mavzu: Maktab mulki muqaddas, uni ko`z qorachig`iday asra
Kun shiori: “Har kunim maktab bilan”

Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, maktabga, maktab mulkiga bo`lgan mehrlarini va e’tiborini yanada rivojlantirish va uqtirish.

Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

O`qituvchi:

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish jarayonida maktab ta`limi, ayniqsa, umumta`lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e`tiborni kuchaytirish biz uchun kun tartibidagi eng muhim va jiddiy masalaga aylandi.

Bugun maktablarimizda jahon talablariga javob beradigan har bir fanga oid turli xil ko`rgazmali qurollar, fan xonalarida kerakli jihozlar bilan ta’mirlanmoqda. Bu hammasi davlatimiz tomonidan ajratilgan mablag`lar. Har bir o`quvchi yuqorida ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, maktab ulug` dargoh deb, bilmog`imiz lozim.Maktabning har bir mulkini o`z mulkimiz ekanligini his etib ko`z-qorachig`iday asrashimiz kerak.

Hech bir inson o`zi ta’lim-tarbiya olayotgan, ertangi kuniga zamin bo`lgan, o`zidan oldin shu maktabda ota-onasi, jigarlari ham o`qib ketganligini, bundan keyin farzandlari ham ilm oladigan muqaddas dargohni hech qachon yomon ahvolga olib kelmaydi.Aksincha, maktabini, sinfini o`z uyida ozoda va pok tutishga harakat qiladi. Bu esa, Vatanga bo`lgan haqiqiy farzandlik burchi.

Topshiriq: “Mening obod maktabim” mavzusida rasmlar va matnlar tanlovi.
I-guruh: Rasmlari orqali;

II-guruh: Matnlari orqali.

Izoh:O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.


MMIBDO’:________________________





Sana _______ 4-mavzu: Jahonda bo‘lmasa muallim agar, hayot ham bo‘lmasdi go‘zal

bu qadar (1 oktabr – O‗qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan).


Maqsad: O`quvchilarda o`qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg`usini singdirish, ustozlarning ulug`ligini va ularga doimo ehtirom ko`satishligini uqtirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar.

Doskada:


“Haqiqatan ham ustoz ilm berishi bilan kishining nomini ulug`lab, avlodlar og`zida qoldiradi va ikkinchi hayot bag`ishlaydi ” Ogahiy

To`rt narsa o`lik dilni tiriltiradi: ustod, yaxshi do`st, muvofiq yor va davlatu iqbol sababchisi bo`ladigan dono aql. Muiniddin Juvayniy

Maktab bor ekan albatta, bu dargohda ustoz degan ulug` zot bor.


  • Ustoz ko’rgan elmiz illo, bu an’ana etar doimo”


O`qituvchi:

Ustoz”ning tarix zarvaraqlaridagi o`rni

Ibn Abbosdan:

-Sen qanday qilib shuncha ilmga erishding,-deb so’radilar.

U shunday deb javob berdi:

-Savol beruvchi til, biluvchi qalb va chidamli o’qituvchi bilan.

Bir kuni Iskandardan:

-Sen ustozingni onangdan ko’ra yaxshiroq hurmat qilar emishsan, shu rostmi?-deb so’radilar.

-Ha,-deb javob berdi Iskandar,-onam meni yo’qlik osmonidan olib tushdi, ustozim esa yerdan ko’kka ko’tardi.

Kimki ustodiga ixlos ila izzat qilsa, Haq aning manzilini

jannati rizvon ayladi.
Mashg`ulot davomida, O`quvchilarning ustozlariga bag`ishlangan tabriklari,tilaklari, she’ru, qo`shiqlari va raqslari.

Izoh: (Har yili 1 oktabr – O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o`qituvchi o`z maktabining faollar zalida ustozlarni madh etuvchi tadbirlar o`tkazishi mumkin) O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka undab boradi.



MMIBDO’:_____________________















Sana _______ 5-mavzu: Yo’l harakati qoidalariga kiritilgan o`zgarishlar

(Yo`l harakati qoidalari)



Maqsad: O`quvchilarda o`qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg`usini singdirish, ustozlarning ulug`ligini va ularga doimo ehtirom ko`satishligini uqtirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Ushbu mavzu “5-6 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz



 - Yangi tahrirdagi "Yo'l harakati qoidalari"ga 15 ta qo'shimcha kiritildi. Bundan tashqari qator o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Sohaga doir ayrim atama va tushunchalarga aniqliklar kiritildi.
So'ngi vaqtlarda ko'pchilikni tashvishlantirayotgan, yo'l-transport hodisalarini keltirib chiqarayotgan, umuman, harakatlanish xavfsizligiga jiddiy rahna solayotgan yo'llarda piyodalar qatnovi tartibi mustahkamlandi. Yangi qoidalarga binoan, endilikda yo'llarda harakatlanayotgan piyoda mobil telefon, planshetdan foydalanish, tele-video mahsulotlari ko'rish, radio va audio, ya'ni musiqa eshitish, kitob, gazeta-jurnal o'qish yoki elektron vositalaridan foydalanishi ta'qiqlandi.
    Yangi qoidalarda haydovchi zimmasiga ham qator qo'shimcha majburiyat, mas'uliyat va talablar yuklandi. Jumladan, endilikda haydovchi harakatni boshlashdan oldin, yo'lovchilarni harakat vaqtida avtomobil salonidan tanasini tashqariga chiqarish mumkin emasligi haqida ogohlantirishi, harakat vaqtida havfsizlik kamarini taqib yurishi lozimligini uqtirishi joiz. Bundan tashqari, haydovchi transport vositasini boshqarish davrida, yo'l patrul xizmati xodimi talab etadigan hujjatlar to'plami qatoriga fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish polisini ham qo'shgan holda taqdim etishi zarur.
  Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida yana bir yangilik joriy etildi. Ma'lumki, kunning qorong'u vaqtlarida, ayniqsa, yoritilmagan hududlarda transport vositasi biror-bir sabab bilan nosozlik tufayli to'xtab qolishi mumkin. Shunday vaqtda haydovchi mashinasini ta'mirlash uchun tashqariga chiqadi. Mana shu vaqtda xavfli holat yuzaga keladi. Yo'ldan o'tayotgan transport vositasi ta'mirlash ishlari bilan band bo'lgan haydovchini ko'rmay qolishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida yangi qoidalarda tunggi vaqtlarda haydovchilarga nur qaytaruvchi maxsus nimchalarni kiyib olish majburiyati yuklatildi. Endilikda har bir transport vositasida tibbiyot qutichasi, o't o'chirgich, majburiy to'xtaganni bildiruvchi belgi bilan birgalikda nur qaytaruvchi maxsus nimcha ham bo'lishi shart. Bu harakat xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.

MMIBDO’:_____________________



Sana:___________
6-Mavzu: Jamoat joylarida o'zini tutish odobi.

I.Kirish:

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:

O`quvchilarga orastalik inson ko`rki,orastalik qoidalari,kiyinish odobi,muomala odobi haqida tushuncha berish.

O`quvchilarda sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, ozoda yurish qoidalarni o`rgatish.

O`quvchilarning nutqini o`stirish, so`z boyligini shakllantirib borish.



Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi.



II.Asosiy qism:

Orastalik –ozodalik,sarishtalik,tartiblilik demakdir.Masalan,hammayoqni sarishta qilish,orasta kiyinish,soch tirnoqlarga e`tibor berish,o`quv qurollatini yaxshi saqlash kabi ishlar orastalik belgisidir.

Orasta va chiroyli kiyinish ham orastalikdandir.O`ziga munosib kiyim kiyish esa husnga husn qo`shadi.O`z yoshiga,mavsumga va joyiga qarab kiyinish insonning did-farosatidan,qanday odam ekanligidan dalolat beradi.

O`g`il-qizlarning milliy xususiyatlarni e`tiborga olib,o`zlariga yarashgan,ozoda liboslar kiyib yurishlari ular madaniyatining belgisi hisoblanadi.O`quvchi maktabda joriy qilingan kiyimda bormog`i lozim. U o`zini va o`quv qurollarini tartibli saqlashi kerak. Kishi o`zini nazorat qilishi ham orastalikdir.

Rivoyat. Sukutning xosiyati

Rivoyat qilishlaricha,o`z davrining mashhur hakimi,hamma davrlarning dono tabibi,bo`lmish Luqmoni Hakim kunlardan bir kuni hazrati Dovudning oldiga boribdi.Dovud odatdagidek sovut,zihrli kiyimlar tayyorlash bilan band,ya`ni temir –tersaklar orasida ishlab o`tirar ekan.

Hakim umri bino bo`lgandan beri bunday manzaraga duch kelmagan ekan.Shu boisdan bunday zihrli kiyimlar qanday kiyimlar ekanligi,uni kimlar kiyishini so`ramoqchi bo`libdi.Ammo ustozi:”Avval o`yla,keyin so`yla”,”Sabr qil – sabrning tagi oltin”,- deb o`rgan ekan.U sukut saqlab kutib turibdi.Hazrati Dovud kiyimni tayyorlab,egniga ilibdi-da,shodlanib Hakimga shunday debdi:

-Mana ko`rdingizmi,men sovuq temirdan qanday issiq kiyim tayyorladim.Buni kiygach,bemalol jangga kirib,bosqinchi dushmanning dodini berish mumkin.

Bu gapni eshitgan Hakim:”Sukut –aql belgisi.Ustozimning nasihatiga amal qilib sukut saqladim-da,qo`pol xatodan saqlandim”-debdi ichida.

Hissadan hissa shuki:o`ylab ish tutish,sabr qilish kabi ajoyib xislatlarni o`rganish lozim.



III.Yakuniy qism:

Inson husnini va orastaligini buzadigan odatlar:

-Barmoqlaringizni og`iz va burunga tegizmang.

-Odamlar oldida tish kavlamang.

-Og`zingiz va burningiz suvini baland ovoz bilan tashlamang.

-Esnasangiz,qo`lingizni og`zingizga qo`ying.

-Odamlarga qarab kerishmang,baland ovozda xoxolab kulmang.

-Tilingizni tiyib,unga erk bermang,bo`lmasa bir kun boshingizga yetadi.

Savollar:

1.Orastalik haqida qanday tasavvurga ega bo`ldingiz?

2.Kiyinish madaniyati nima degani?

Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.


MMIBDO’:________________________

Sana _______ 7-mavzu: Ona tilim – jonu dilim

(O’zbekiston Respublikasining davlat tili qabul qilinganligi munosabati bilan



Maqsad: O`quvchilarda filologiya fan oyligida uyushqoqlik bilan faol ishtirok etishi, o`z ona tilimizga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirishni uqtirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Har bir millatning dunyoda borlig`ini ko`rsatadurgan oinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo`qotmak millatning ruhini yo`qotmakdur”.

Abdulla Avloniy

O`qituvchi:

Til-millatning asosiy belgilardan biri. Dunyoda xalqlar ko`p. Lekin har bir xalq, avvalo, o`z tili, milliy urf-odat va an’analari, o`ziga xos turmush tarzi bilan ajralib turadi. Binobarin, xalqning, millatning o`zligini namoyon qilishda tilning o`rni va ahamiyati beqiyos.

O`zbek xalqi asrlar davomida dunyo sivilizatsiyasiga umumbashariy qadriyatlar rivojiga ulkan hissa qo`shib kelmoqda. Bunda ona tilimizning xizmati katta. Chunki, bu til bo`lmasa, Mahmud Koshg`ariyning “Devoni lug`atiturk “ kitobi, Ahmad Yassaviy hikmatlari, Alisher Navoiy “Xamsa”si, Bobur Mirzoning “Boburnoma”si, Abdulla Qodiriy romanlari, Cho`lpon va Abdulla Oripovning o`tli she’riyati yaratilmagan bo`lardi. Shuning uchun ona tilimiz millatimiz ruhining timsoliga aylanib ketgan.

Buyuk shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy til insonni hayvondan farqlab turadigan ne’mat ekannini ta’riflab bunday degan:

Tengriki, insonni qilib ganji rost,

So`z bila hayvondin anga imtiyoz.

Ya’ni: Xudo insonga haqiqiy boylik bergan, bu uni hayvondan ajratib, ustun qilib turadigan tilidir.



Topshiriq: O`quvchilar bilan “Aqliy hujum” usuli o`tkaziladi.

Bunda o`quvchilar “Tilga e’tibor, elga e’tibor” mavzusida bellashadilar.



Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka undab boradi

MMIBDO’:_____________________


Sana _______ 8-mavzu: Mening kelajak orzuim.
Maqsad: O`quvchilarda orzu, uning roli va har bir shaxsning kelajakda o`z orzulari bo`lishligini va orzularining ro`yobga chiqishida irodaning , mehnatning, harakatning va duoning o`rni alohida ahamiyat kasb etishligini tushuntirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: Quyidagi to`rtlik

Har insonning dilda bisyor niyati,

Ezgu istak bilan go`zal hayoti.

Sen Xudodan tog`dek tila, qir bergay,

Orzuga ayb yo`q, yo`q buning uyati.


Orzulari ro`yobga chiqqan, baxtli yurtdoshlarimizning fikrlari bilan o`rtoqlashamiz. (uyga vazifa holda o`quvchilarning yaqinlarining orzularining ro`yobi )


O`qituvchi: Bu dunyoda hech bir inson orzusiz yashay olmaydi. Shuning uchun keksalarimiz doimo bizga yaxshi orzu-niyatlar qilishliklarimizni tinmay uqtiradilar. Qanchalik ko`p tilak-orzular qilsak, albatta, ro`yobga chiqadi.

Masalan, ajdodlarimiz bir umr tinchlik va mustaqillikni orzu qilib kelganlar. Bu orzulari ushalishida Olloh bizning xalqimizga Jalolliddin Manguberdi, Buyuk Amir Temur va Islom Karimovlarni berdiki, bugun xalqimiz o`z orzulariga yetishdi. Demak, biz tinchlik va mustaqillikning qadriga yetishimiz shart.

Endi shaxs sifatida har bir insonning kelajakdagi orzusi bo`ladi, xalqimizda juda ajoyib naqllar borki, orzuga yetishish uchun olma pish, og`zimga tush deb, emas balki ozuimiz amalga oshishi uchun avvalo, mehnat, qanoat, chidam, ota-onalar va ustozlar duosini olish ham katta ahamiyatga ega.

Biz ustozlarimizning orzulari o`quvchilarimizning jahon olimpiadalarida oltin va kumush medallarni olishi.



Topshiriq: O`quvchilarga “Menga aytingchi?” mashqi qo`llaniladi.

O`qituvchi quyidagicha savollar tuzishi mumkin:



  • Orzu siz uchun qanday tuyg`u?-

  • Orzuning chegarasi bo`ladimi?-

  • Ota-onaning orzusi?-

  • Ustozingizning orzusi?-

  • O`zingizning orzungiz?-

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka undab boradi.
MMIBDO’:_____________________

Sana_________ 9-mavzu: Piyodalarning harakatlanish umumiy qoidalari

(yo`l harakati qoidalari)

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O’quvchilarga umumiy yo’l qoidalari haqida tushuncha berish .

Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta,DVD.

Tarbiyaviy mashg`ulot borishi:



O’qituvchi: O’quvchilarga piuodalar harakatlanish qoidalari haqida tushuncha beradi

1.

Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yo'lkasidan, ular bo'lmaganda esa yo'l yoqasidan yurishlari kerak. Qo'pol yuklarni olib ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz aravasida borayotgan shaxslarning trotuar yoki yo'l yoqasidan yurishlari boshqa piyodalarning harakatlanishiga halaqit berayotgan bo'lsa, ular qatnov qismining chetidan yurishlari kerak.
Trotuarlar, piyodalar yo'lkasi, yo'l yoqasi bo'lmasa yoki ulardan yurishning imkoniyati bo'lmagan hollarda piyodalar velosiped yulkasidan yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi bo'lagi bor yo'llarda qatnov qismining o'ng chetidan) bir qator bo'lib yurishlari mumkin.
Aholi yashaydigan joylardan tashqarida yo'lning qatnov qismida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi yo'nalishda yurishlari kerak.
Nogironlarning yurgizgichsiz aravasida ketayotgan, mototsikl, moped, velosiped etaklab ketayotgan shaxslar esa bunday hollarda transport vositalarining harakat yunalishi buylab yurishlari kerak.
Eslatma: piyodalar yulkasida, trotuarlarda, yo'lning yoqasida piyodalarning harakatlanishiga halaqit beradigan qurilma va jihozlar o'rnatish man etiladi.

2

Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga bir qatorda to'rt kishidan ortiq bo'lmasdan yo'lning qatnov qismida faqat transport vositalarining harakat yunalishi bo'ylab o'ng tomondan yurishga ruxsat etiladi.
Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, qoronri vaqtda yoki etarlicha ko'rinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq ko'targan kuzatuvchilar bo'lishi kerak.
Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo'lkalaridangina, ular bo'lmaganda esa yo'l yoqasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruhsat etiladi.

3

Piyodalar yo'lning qatnov qismini piyodalar o'tish joylaridan, shuningdek, er osti va er usti o'tish joylaridan, ular bo'lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo'l yoqasi bo'ylab kesib utishlari kerak.
Ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha bo'lmasa, ajratuvchi bo'laksiz va to'siqsiz yo'llarda piyodalarga yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tishlariga ruhsat etiladi.

4

Piyodalar yo'l harakati tartibga solingan joylarda tartibga soluvchining yoki svetoforlarning, ular bo'lmaganda esa transport svetoforlarining ishoralariga amal qilishlari kerak.

5

Piyodalar harakat tartibga solinmaydigan piyodalar o'tish joylarida, yaqinlashib kelayotgan transport vositasigacha bo'lgan masofani va uning tezligini chamalab ko'rib, o'tish o'zlari uchun havfsiz ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan so'ng yo'lning qatnov qismiga chiqishlari mumkin.
Shuningdek, ular yo'lning qatnov qismini piyodalar o'tish joylaridan tashqarida kesib o'tishda transport vositalarining harakatlanishiga halaqit bermasliklari, yaqinlashib kelayotgan transport vositalarining yo'qligiga ishonch hosil kilmasdan turib kurinishni cheklovchi to'xtab turgan transport vositasi yoki boshqa biror to'sik panasidan chiqmasliklari kerak.
Piyodalar to'xtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yo'lni kesib o'tishlari shart.

6

Agar yo'l harakati havfsizligini ta'minlash bilan bog'liq bo'lmasa, qatnov qismiga chiqqan piyodalar ushlanib qolmasliklari va to'xtamasliklari kerak.
O'tishga ulgurmagan piyodalar qarama-qarshi yo'nalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda to'xtashlari lozim.
Keyingi harakatlanish havfsiz ekanligiga ishonch hosil qilgandan so'ng va svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralarini hisobga olgan holda o'tishni davom ettirishlari mumkin.

7

Yalt-yalt etuvchi ko'k rangli yoki ko'k va qizil rangli chiroq-mayoqchasi va (yoki) maxsus tovush ishorasi yoqilgan transport vositalari yaqinlashib kelayotgan bo'lsa, piyodalar qatnov qismidan o'tmasliklari, unda harakatlanayotganlar esa bu transport vositalariga yo'l berishlari va zudlik bilan qatnov qismini bo'shatishlari kerak.

8

Belgilangan yo'nalishdagi transport vositalari va taksilarni faqat bekatlarda, ular bo'lmagan taqdirda esa trotuarlar yoki yo'l yoqasida kutish kerak.
Maxsus jihozlangan bekatlari bo'lmagan to'xtash joylarida transport vositasi to'la to'xtagandan so'ng unga chiqish uchun yo'lning qatnov qismiga chiqishga ruxsat etiladi. Undan tushgandan keyin ushlanib qolmasdan yo'lning qatnov qismini bo'shatishlari shart.

.


Topshiriq : O’tilgan mavzu bo’yicha o’rganib kelish

MMIBDO’:_________________


Sana _______ 10-mavzu: Bayrog’imiz – faxrimiz, g’ururimiz

(18 noyabr – Ozbekiston Respublikasining Davlat bayrogi qabul qilingan kun munosabati bilan).



Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish