5.8.2. Bo’lak bo’yicha harakatlanish yo’nalishi Bo’lak bo’yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo’nalishi. Yo’lning chetki chap bo’lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu bo’lakdan qayrilishga ham ruxsat beradi. Chorrahadan oldin o’rnatilgan 5.8.1 va 5.8.2belgilarining ta’siri, agar shu turkumdagi boshqa belgilar o’rnatilmagan bo’lsa, butun chorrahaga tadbiq etiladi.
|
5.8.2
|
5.8.3. Bo’lakning boshlanishi Yo’lning balandlikka ko’tarilish yoki to’xtash qismidagi qo’shimcha bo’lagining boshlanish joyi. Agar qo’shimcha bo’lak oldida 4.7 Eng kam tezlik belgisi o’rnatilgan bo’lsa, ko’rsatilgan yoki undan kattaroq tezlikda harakatlana olmaydigan transport vositasining haydovchisi asosiy bo’lakdan qo’shimcha bo’lakka qayta tizilishi kerak.
|
5.8.3
|
Do'stlaringiz bilan baham: |