120 mln yevro investitsiya kiritilgan, 11 000 gektar yer maydoni ajratilgan agrosanoat sohasidagi bu yirik loyihani amalga oshirish ishlari Jizzax viloyati rahbarida katta qiziqish o‘yg‘otdi. Loyiha Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 iyulda “Jizzax viloyatida go‘sht-sut mahsulotlari yetishtirish yo‘nalishidagi agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qabul qilingan №619 raqamli qarori bilan tashkil etilgani ham ahamiyatli. - 120 mln yevro investitsiya kiritilgan, 11 000 gektar yer maydoni ajratilgan agrosanoat sohasidagi bu yirik loyihani amalga oshirish ishlari Jizzax viloyati rahbarida katta qiziqish o‘yg‘otdi. Loyiha Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 iyulda “Jizzax viloyatida go‘sht-sut mahsulotlari yetishtirish yo‘nalishidagi agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qabul qilingan №619 raqamli qarori bilan tashkil etilgani ham ahamiyatli.
- Jizzax Organic klasteriga tashrif chog‘ida viloyat hokimini Jizzax Organic bosh direktori Hikmatilla Karimov, uning o‘rinbosari Ikrom Yadgarov va qurilish loyihasi rahbari Muhiddin Abdullayevlar kutib oldilar hamda loyiha ko‘lami, olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdilar.
Foydalanilayotgan va foydalanishga topshirilishga tayyor bo‘lgan obektlar bilan tanishish chog‘ida ularning har biri haqida batafsil ma'lumot berdilar. - Foydalanilayotgan va foydalanishga topshirilishga tayyor bo‘lgan obektlar bilan tanishish chog‘ida ularning har biri haqida batafsil ma'lumot berdilar.
Xususan, Jizzax Organic agrosanoat klasteri faoliyatini yo‘lga qo‘yish nafaqat go‘sht va sut mahsulotlar ishlab chiqishni, balki o‘simlikshunoslikni ham qamrab oladi. O‘zbekiston hukumatining faol qo‘llab-quvvatlashi natijasida kompaniya o‘tgan bir yil ichida tasarruf etish uchun qabul qilib olingan yer maydonini obod qilish, ko‘kalamzorlashtirish, infratuzilmani qayta tiklash va yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator ishlarni amalga oshirdi. Qoramollarni boqish uchun yem-xashak g‘amlash maqsadida ozuqabop o‘simliklar yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Dastlabki ferma qurib bitkazildi, Yevropadan 500 bosh aberdin-angus zotli qoramollar keltirildi. - Xususan, Jizzax Organic agrosanoat klasteri faoliyatini yo‘lga qo‘yish nafaqat go‘sht va sut mahsulotlar ishlab chiqishni, balki o‘simlikshunoslikni ham qamrab oladi. O‘zbekiston hukumatining faol qo‘llab-quvvatlashi natijasida kompaniya o‘tgan bir yil ichida tasarruf etish uchun qabul qilib olingan yer maydonini obod qilish, ko‘kalamzorlashtirish, infratuzilmani qayta tiklash va yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator ishlarni amalga oshirdi. Qoramollarni boqish uchun yem-xashak g‘amlash maqsadida ozuqabop o‘simliklar yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Dastlabki ferma qurib bitkazildi, Yevropadan 500 bosh aberdin-angus zotli qoramollar keltirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |