Nazorat uchun savollar
1.
Katta va tayyorlov guruhlarda bir haftada nechtadan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi?
2.
Mashg‘ulotlarni o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
3.
Bu guruhlarda tarbiyachi bolalar faolligini oshirish uchun qanday usul va
metodlardan foydalaniladi?
4.
Turli yoshdagi bolalar guruhlarida ishlashning xususiyatlari qanday?
10-Mavzu:Jismoniy tarbiya ishlari uchun kerakli jihoz va
inventarlar
Reja:
1.
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi tarbiyaning dastur vazifalari
2.
Jismoniy tarbiya ishlari uchun kerakli jihoz va inventarlar
3.Jixozlardan foydalanish va xavfsizlikqoidalari
Sport jihozlari, inventarlari, qo‘llanmalar, atributlar va o‘yinchoqlardan
foydalanish bolalarning jismoniy tarbiyasi samaradorligini oshiradi. Maktabgacha ta’lim
muassasalarining rahbarlari pedagogik, gigiyenik va estetik talablarni hisobga olgan holda
ularni guruh xonalariga, jismoniy tarbiya zaliga, guruhlarning maydonlariga va sport
maydonchasiga to‘g‘ri tanlab qo‘yishni va joylashtirishni ta’minlashlari lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi tarbiyaning dastur vazifalariga muvofiq tarzda barcha
asosiy harakatlarning rivojlanishiga yordam beradigan jihozlar tanlanadi. Masalan,
bolalarni sakrashga o‘rgatish mashg‘ulotlarida qator maxsus qo‘llanmalar: sakrab o‘tish
uchun zarur narsalar (arqonlar, kubiklar, to‘siqlar); sakrab o‘tish paytida o‘yinchoqlarni osib
qo‘yishga kerak bo‘ladigan ustunlar; gimnastika yashigi - qutisi (tepalikkairg‘ib chiqish,
balanddan sakrab tushish); sakrash bilan bajariladigan harakatli o‘yinlar uchun atributlar
talab etiladi. Bolalar harakatlari rivojlanishining yosh xususiyatlari va ularning jismoniy
tayyorgarligiga oid bilimlarga asoslangan holda, topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtira
borish muhimdir. Masalan, tirmashib chiqishga mo‘ljallangan mashqlar dastlab qiyaroq
narvonchalarda, uncha baland bo‘lmagan tik narvonlarda, keyinroq gimnastik devorlarda,
zinali arqonlarda, langar cho‘p, arqon, piramida va boshqalarda o‘tkaziladi. Muvozanatni
saqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan mashqlar uchun uzun arqonlar, har xil uzunlik va kenglikda
taxtalar, taxtachalar, g‘ishtlar, qiya taxtalar, qiya maydonchalar, har xil balandlikdagi
gimnastik skameykalar, maydonchadagi o‘rnatilgan har xil shakldagi to‘nkalar bo‘lishi
zarur.
Har xil maqsadlar uchun foydalaniladigan jihozlar alohida qiziqish uyg‘otadi:
tebranma kursilar, qirra yuzasidan yurish, tirmashib chiqish, emaklab tagidan o‘tish,
tebranish; gardish aylantirish umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish, uloqtirish (tik
osilganida yoki polga qo‘yilganida); qarama-qarshi devorlarga mustahkamlangan reykalar,
voleybol to‘rlarini, sakrab ushlash uchun shnurlarni osib qo‘yishga; hatlab o‘tish,
tagidan
o‘tib yurish uchun arqonlarni osish qulaydir.
Jismoniy tarbiya inventarlari mashqlar doirasini kengaytirish, o‘ziga xos harakat
malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Masalan, har xil vertikal, aylanma, gorizontal,
harakatlanayotgan, harakatli tebranma nishonga irg‘itish; halqa tashlash (har xil balandlikda
joylashgan qiya joylarga, arg‘imchoqlarga halqa tashlash); juft bo‘lib, kichik guruh bilan
mashqlar bajarish (tayoqchalar, langar cho‘plar shnurlar, katta halqa). Umumiy
rivojlantiruvchi mashqlar to‘plamiga tuzilishi bo‘yicha har xil harakatlarda
foydalaniladigan inventarlar (lentalar, pirpiraklar, ro‘molchalar, bruslar, tayoqchalar va
boshqalar) kiradi. Ular umumrivojlantiruvchi mashqlarning organizmga ta’sirini
kuchaytirishga yordam beradi.
Maxsus tanlangan inventarlar va o‘yinchoqlar muskulning ayrim bo‘limlarini
maqsadga
yo‘naltirilgan tarzda ta’sir etish imkonini beradi. Masalan, panja va barmoq muskullarining
rivojlanishiga yig‘ma
o‘yinchoqlar, mayda o‘ynichoqlar, yirik
munchoqlarni terib chiqish yordam beradi. Bu o‘yinlar bolalarga ilk yoshdanoq tavsiya
etiladi. Kattaroq yoshdagi bolalarga mozaykalar (yassi, qo‘ziqorinsimon, hajmli),
konstruktorlar, qoqib kiritadigan o‘yinlar) "O‘z rangini topib qo‘y", "Epchil kalavachilar va
boshqalar) bilan o‘tkaziladigan
mashqlar ham foydalidir.
Oyoq muskullarini
mustahkamlash uchun g‘o‘lacha va tayoqchalar (o‘ngga va chapga qadam tashlash),
chizimchalar, halqachalar, sharchalar (barmoqlar bilan ushlash uchun), to‘pchalar (irg‘itish
uchun), har xil konstruksiyadagi qirrali taxtachalarni qo‘llaydilar, maydonda yuzi har xil
(qum, chim,
shag‘al,
qipiqlar bilan)
yo‘llar
quradilar.
Jismoniy inventarlar bilan mashq o‘tkazishjismoniy sifatlar- ni rivojlantirishga yordam
beradi. Chaqqonlikni - kublar, keg- li orasidan "ilon izi" bo‘lib yugurish; ko‘z chamasini -
soqqa o‘yini, halqa tashlash; kuchni - to‘g‘ri qo‘llarda chalvir yoki kokilchalarni tarang
tortish: bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga tortib o‘tkazish orqali rivojlantirish mumkin.
Sport qo‘llanmalari topshiriqni, bolaga ko‘rsatmali, tushunarli (tayoqchani yuqori,
shaqildoqni orqaga) shaklda taqdim qilish, harakatlarni egallash sifatini oshirish imkonini
beradi.
Yaxshi tanlangan jismoniy tarbiya inventari jismoniy yuklama hajmini asta-sekin
ko‘paytira borish imkonini beradi. Bunga tana qismlarini snaryadlardagi holatini qayd
qilish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar, masalan, gimnastik skameyka, gimnastik devordagi
mashqlar yordam beradi.
Sport mashqlari va o‘yinlarini o‘tkazish uchun uch xil o‘lchovda yugurish
chang‘ilari va tepaliklardan sirg‘alib tushish uchun qisqa hajmdagi chang‘ilar, konkilar
(mustahkam, keng polozli va uchi yumaloq konkilar), orqa suyanchiqli chanalar, chana-
kreslo, katta yoshdagi bolalar uchun har xil konstruksiyadagi chanalar, g‘ildirakli konki, stol
tennisi va kichkina tennis, badminton raketkalari, to‘plar va volanalar yaxshi sakraydigan
basketbol yoki rezinali to‘plari, voleybol to‘plari, chillaklar va yog‘och to‘qmoqlar to‘plami
kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasasida tuzilishi va jihozlanishi har xil belanchaklar,
arg‘imchoqlar: shakl ko‘rinishida yasalgan devorchalardan tashkil topgan (samalyot, ot)
o‘yinchoqlardan foydalaniladi. Muskul kuchini yuzaga chiqarishga yordam beradigan bu
o‘yinchoqlar, ularning eng foydali tomoni hisoblanadi. Bolalarning o‘zlari mustaqil
tebranishiga yordam beradigan (torozi arg‘imchoq, osma arg‘imchoq)lar ham maqsadga
muvofiqdir. Kichik guruhlarda - "Aylanadigan kreslolar", katta guruhlarda - har xil
konstruksiyadagi ko‘p o‘rinli qo‘l yoki oyoq yordamida harakatga keltiriladigan
charxpalaklar, qishda-konkilardan foydalanish tavsiya etiladi.
Sport mashg‘ulotlariga qiziqishni oshirishda snaryad va inventarlar, ayniqsa, guruh
xonalari va maydonlari (xoda yo‘lbars, tebratma-avtomobil, piramida-raketa)da syujetli
jihozlash muhim rol o‘ynaydi.
Harakatli o‘yinlarda xilma-xil buyumlardan foydalanish bolalarni aniq faoliyatga
jalb qiladi: "Doirani qarmoq bilan ko‘tar", "Qo‘ng‘iroqni jiringlat", "Qanotli baliqcha",
"Halqani yashir", "O‘n ikki tayoqcha" (tashlama taxtasi bilan), sakrovchi-yuruvchilar
(ikkita taxtachaga prujina mustahkama- lanadi va qayishlar bilan oyoqlarga kiydirib
mahkamlanadi) va boshqalar. Katta bolalar kegli, serso, babki, lapta o‘yinlarini berilib
o‘ynashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |