Jizzax viloyati Baxmal 2-son pedagogika kolleji


-§. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tavsifi va



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/83
Sana03.07.2022
Hajmi1,33 Mb.
#735291
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83
Bog'liq
1.G,Ishquvatov Bolalar jismoniy tarbiyasi (5) (2)

2-§. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tavsifi va 
ularning tuzilishi 
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bolalami jismoniy mashqlarga muntazam 
o‘rgatishning asosiy shaklidir. 
Mashg‘ulotlaming 
ahamiyati 
harakatlar 
madaniyatining 
mujassam 
shakllanishi, sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalami muntazam amalga 
oshirishdan iboratdir. Bu vazifalaming bajarilishi jismoniy kamoloti, organizmning 
funksional takomillashuvi, bola sog‘lig‘ining mustahkam- lanishi, ular tomonidan 
to‘g‘ri harakat ko‘nikmalarining egallanishini, jismoniy sifatlar hamda jismoniy 
tarbiya va sportga nisbatan emotsional ijobiy munosabatni, shaxsni har tomonlama 


yaxshi rivojlantirilishini ta’minlaydi. 
Mashg‘ulotlarda sog‘lomlashtirish vazifalarini amalga oshi rishga 
bolalaming har tomonlama harakat faoliyati yo‘li bilan erishiladi. Ular 
organizmdagi barcha fuksional jarayonni, uning optimal gigiyenik va chiniqtiruvchi 
sharoitlarda hayotiy faoli- yatni kuchaytirishga yordam beradi. 
Ta’limiy-tarbiyaviy vazifalar mashg‘ulotlar jarayonida bolaning ma’naviy-axloqiy 
sifatlarini shakllantirish, fizkultura va sport sohasiga oid ba’zi turlar bilimlar va 
atamalami ma’lum qilish, to‘g‘ri harakat ko‘nikmalari hamda jismoniy sifatlami 
tarbiyalash yo‘li bilan hal etiladi. 
Mashg‘ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, 
belgilangan vazifaga muvofiq tez va 1 shonch bilan, maqsadga yo‘nalgan holda 
faoliyat ko‘rsata oladigan shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta 
oladigan kishilami tarbiyalashga xizmat qiladi. 
Jismoniy mashg‘ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq 
havoda o‘tkaziladi. Yoz paytida barcha mashg‘ulotlar (yomg‘irli kunlardan 
tashqari) ochiq havoda, sport maydonchasida o‘tkaziladi. Binoda va ochiq havodagi 
mashqlar o‘zaro aloqadadir: ular barcha sog‘lomlashtirish va ta’limiy-tarbiyaviy 
vazifalaming kompleks tarzda hal etilishini ta’minlaydilar. Mashg‘ulotlarni 
o‘tkazish sharoiti ularning ba’zi o‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. Binoda 
sog^lomlashtirish- gigiyenik shartlarga rioya qilgan holda o‘tkaziladigan (deraza 
fortochkalari ochiq, yengil kiyim va poyabzal) mashg‘ulotlar harakatlaming to‘g‘ri, 
go‘zal va aniq boiishini ta’minlaydi, umumiy harakat madaniyatini tarbiyalaydi. 
Ularturli predmetlar bilan va musiqa jo‘rligida o‘tkazish mumkin. 
Ochiq havodagi mashg‘ulotlar yuqori sogMomlashtirish samarasiga ega, ular 
harakatlami keng joy da bajarishga im- kon beradi, jismoniy yuklamani 
kuchaytiradi, sport o‘yinlari, estafetalami o‘tkazishga keng imkoniyat yaratadi. 
Biroq qalin kiyim va poyabzal harakatlarining aniq, ifodali, chiroyli bo‘lishiga 
xalaqit beradi. 
Mashg‘ulotlar strukturasi jismoniy mashqlaming bolalar tomonidan izchil 
bajarilishidan iboratdir. U qo‘yilgan vazifalar, asab tizimining ish qobiliyati va bola 
organizmining har bir alohida yosh bosqichdagi xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Mashg‘ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning ruhiyati 
(psixologiyasi)ni nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir. Ta’lim 
va tarbiya jarayonining samaradorligi shunga bog‘liq. 
Harakat faoliyatijarayonida yurakqisqarishi chastotasiko‘r- satkichlarini o‘rganish 
mashg‘ulot boshlanishida uning asta- sekin osha borishini, so‘ng kuchaya borib, 
mashg‘ulotlaming asosiy qismida yuqori darajaga yetishini va mashg‘ulot so‘ngi- 
da asta-sekin pasayishini ko‘rsatdi. Bunday izchillik bir to- mondan, qon aylanish 
tizimining faoliyati va organizm ish qobiliyati bilan; ikkinchi tomondan 
diqqat-e’tibomi qaratish, reaksiya tezligi kabi psixik jarayonlaming kechishi va shu 
bilan bog‘liq ravishda harakatlaming juda aniqligi bilan belgilanadi. 
Sport mashg‘ulotlari o‘zaro bog‘liq uch qismdan: kirish- tayyorgarlik, asosiy va 
yakunlovchi qismdan iborat. Ta’limiy- tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari 
mashg‘ulotning har bir qismi uchun baravar muhim ahamiyatga ega. Mazkur 
vazifalami bajarish bolalarga har tomonlama ta’sir etishni ta’minlaydi. 



Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish