2-til. Shar va sfera tenlamasi formula bilan beriladi .
3-til : shar va sferani chizma orqali beriladi va farqi aytiladi .
Fazoning berilgan nuqtadan, berilgan masofadan katta bo‘lmagan uzoqlikda
yotgan hamma nuqtalaridan iborat jismga shardeyiladi.
Berilgan nuqtasharning markazi,berilgan masofa esa
sharning radiusi deb ataladi (1-rasm).Sharning
chegarasi shar sirtiyoki sfera deb ataladi. Shunday
qilib, sharning markazidan radiusga teng masofa qadar
uzoqlashgan hamma nuqtalarsferaning nuqtalaridir. Shar
markazini shar sirtining istalgan nuqtasi bilan tutashtiruvchi
kesma ham radius deyiladi (1-rasm)
Ta’rifga ko‘ra, markazi A (a; b; c) nuqtada va radiusi R
ga teng bo‘lgan sferaning ixtiyoriy M (x; y; z) nuqtasi
koordinatalari (x - a)2+ (y - b)2+ (z - c)2 =R2tenglikni
qanoatlantiradi va bu sfera tenglamasi deyiladi . (2-rasm) .
Markazi A (0;0;0) da bo’lgan shar tenlamasi x2+y2=R2 bo’ladi .
Shuningdek, ta’rifga kora, markazi A (a; b; c) nuqtada va radiusi R ga teng
bo‘lgan shar M (x; y; z) nuqtalarining koordinatalari(x - a)2+(y - b)2+(z - c)22
tengsizlikni qanoatlantiradi .
Yarim doira va yarim aylanani diametri atrofida aylantirishdan hosil qilinadi
Sharni ixtiyoriy tekislik bilan kesganda kesimda doira hosil bo‘ladi va bu
doiraning markazi shar markazidan kesuvchi tekislikka tushirilgan perpendi
kular asosidan iborat bo‘ladi (5-rasm).
Radiusi R ga teng shar markazidan d masofada bo‘lgan tekislik o‘tkazilgan
bo‘lsin. Bu holda, agar d > R bo‘lsa, tekislik va shar umumiy nuqtaga ega
emas (5.a-rasm), agar d = R bo‘lsa, tekislik sharga urinadi (5.b-rasm),
O’quvchilar yaxshi tasavvurga ega bo’lishi uchun namoyish metodidan foydalanib darsga tayyorlab kelingan slaydlar namoyish etiladi . (Ilovada keltirilgan ) .Doskada 510-misol yechib ko’rsatiladi .
510. Sferaning tenglamasi (x + 1)2 + (y -2)2 + (z -1)2 = 25 ko‘rinishda berilgan bo‘lsa, uning markazi va radiusini toping.
Yechish .Ta’rifga ko‘ra, markazi A (a; b; c) nuqtada va radiusi R ga teng
bo‘lgan sferaning ixtiyoriy M (x; y; z) nuqtasi koordinatalari
(x - a)2+ (y - b)2+ (z - c)2 =R2tenglikni qanoatlantiradi . bundan a=-1 , b=2 , c=1
va R=5 bo’ladi .Demak bu misolda sferani markazi A(-1;2;1) va radiusi R=5 ga
teng bo’lar ekan .
IV .Mustahkamlash (20-minut)
Darsni mustahkamlashda sinfni 4 tadan kichik guruhlarga bo’lamiz . Klaster metodida guruhdagi o’quvchilar kelishib mavzuda berilgan shar va doiraga tegishli formulalarni yozib chiqishadi . (3-minut)Venn diagrammasi orqali shar va sferani umumiy va xususiy xossalarini organishadi . (2-minut)
Sferani elementlari va xossalari Shar
Hajmga ega , tekislik bilan kesilganda doira hosil bo’ladi
Umum. Xossalar Umumiy tomonlari:
Radiusi , diametri , sirti yuzasi , diamtrial kesim aylana uzunligi
Shar ni elementlari va
Xossalari
Sfera
hajmi mavjud emas , tekislik bilan kesimda aylana hosil bo’ladi .
Mozaika metodi yangi o’tilgan mavzuni tarifini yod olishga yordam beradi .
≤
+
Y2
X2
R2
=
+
Y2
X2
R2
Kalit so’z: sfera tenglamasi va shar tenglamasi
Ikkinchi mozaikamiz :
Diametr tekisligi
tekislik
O’tadigan
markazidan
Sharning
deyiladi
Kalit so’z : diametr tekislikni ta’rifi
O’quvchilar o’tilgan mavzuni masalalar yechishga tadbiqini quyidagicha tekshiramiz .
Tezkot test metodi . Oquvchilarga quyidagicha test terqatamiz . 8 minutdan so’ng yig’ishtirib olinadi .
Radiusi 13 ga teng bo‘lgan shar tekislik bilan kesilgan. Agar shar marka
zidan kesimgacha masofa 12 ga teng bo‘lsa, kesimning yuzi nechaga teng ?
A ) 5 B) 13 C) 6 D) 10
Sferaning tenglamasi (x + 1)2 + (y -2)2 + (z -1)2 = 25 ko‘rinishda berilgan
bo‘lsa, uning radiusini nechaga teng?
23 B) 24 C) 2 D) 5
Sharning radiusi 10 dm, uning tekislik bilan kesimining yuzi 64 dm2.
Sharning markazidan kesim tekisligigacha bo‘lgan masofa nechaga teng ?
6 B) 7 C) 5 D) 12
Sfera to‘g‘ri chiziq nechta umumiy nuqtaga ega bo‘lishi mumkin?
1 ta B) 2 ta C) cheksiz ko’p D) 1 yoki 2 ta
Sfera tekislik bilan nechta umumiy nuqtaga ega bo‘lishi mumkin?
1 ta B) 2 ta C)1 ta yoki cheksiz ko’p D) 1 yoki 2 ta
V. Darsga yakun yasash va baholash (7-minut)
Dars yakunida o’quvchilarning islagan venn diagrammasi , klasterlari ,
testlari va baholanadi . Yani qaysi guruh o’quvchilari diagramma va
klasterlarni to’g’ri tuzishgan bo’lsa shularga yuqori ball qo’yiladi va
mozaikasini bali ham qo’shib hisoblanadi . Tezkor testlarni bahosi javobi
to‘g‘ri topilgan 5 ta test uchun – «besh» baho, 4 ta test uchun -- «to‘rt»
baho , 3 ta test uchun -- «uch» bahoqo‘yiladi.Birorta ham javob topa
olmagan, 1 ta yoki 2 ta test javoblarini to‘g‘ri topgan o‘quvchilarga baho
qo‘yilmaydi. Ular bilan keyingi darslarda va darsdan keyin ishlab, ularni
han bu kabi testlardan ijobiy baho olishlariga erishish lozim bo‘ladi. Test
uchun olgan bahos bilan qolgan ballari qo’shib o’rtachasi qo’yiladi .
O’quvcilar qo’lidan dars oxirida terib olingan BBB jadvali tahlil qilinadi .
Bu jadval bilan o’quvchini qanchalik darsga tushunganligini bilib olsa
bo’ladi . Bu jadval baholanmaydi . Shu bilan dars yakunlanadi .
VI. Uyga vazifa( 1-minut ) :
Darsdagi yangi atamalarni ta’rifini yod olish va 511 , 513 , 529 masalalarni yechib kelish .
1-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |