Jizzax shevasini qanchalik bilamiz ? Jizzax davlat pedagogika instituti filologiya fakulteti O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi Abdullayeva Nilufar
Anotatsiya :Shevalarning inson hayotidagi o’rni , Jizzax shevasining kelib chiqish tarixi haqida qisqacha ma’lumot .
Kalit so’zlar: shevalar ,Jizzax shevasi .
Bizning jannatmakon O’zbekistonimizda 130 dan ortiq millat vakillari istoqomat qiladi . Bu millat vakillarining o’z tarixi , tili dini va o’ziga yarasha so’z boyliklari mavjud . O’zbekiston hududida 12 ta viloyat bo’lib , har bir viloyatning o’z shevalari , lahjalari mavjud . Shulardan Jizzax shevasi haqida so’z yuritsak .
Jizzax Baqtriya va Sug’diyona kabi qadimiy davlatlar tarkibidga kiruvchi aholi yashaydigan muhim manzillardan biri bo’lgan . Olimlarning fikricha, Jizzax degan nom so’g’diycha “Dizak” (kichik qal’a) so’zidan kelib chiqqan . XX asrning boshlarigacha “Dizak” yoki “Dizax” deb yuritilgan . Mahalliy xalq orasida esa, asosan , “Jizzax” nomi ishlatilgan . Yana bir manbada “Jizzax” so’zining kelib chiqishini ohaktosh bilan bog’laydi . Ma’lumki, Jizzax yaqinida ko’plab ohak konlari qadimdan mavjud bo’lgan . Buyuk Ipak yo’li orqali Jizzaxda to’xtagan savdogarlar o’choq sifatida yerda yotgan toshlardan foydalanganlar . Gulxanni suv bilan o’chirganda toshlar jizillab , oq tusga kirgan. Aynan shuni asos qilib , ayrim olimlar , “Jizzax “ so’zini so’g’diycha “jizz” va turkcha “ oq “ so’zlarining birikishidan kelib chiqqan deb hisoblaydilar . Yuqoridagilardan tashqari , “Jizzax “ so’zining kelib chiqishini bu yurtning iqlimi bilan bog’laydiganlar ham bor . Jizzaxning yozi juda issiq , qishi esa aksincha sovuq bo’ladi . Ya’ni yozda “jizz” illatib kuydiradi , qishda esa “zax” da qoldiradi . Bundan ko’rinib turibdiki, “jizz”-issiq, “zax”-sovuq so’zlarining birikuvidan kelib chiqqan , degan ta’rif ham beriladi . Jizzax hududining o’ziga yarasha shevasi lahjalari mavjud . Sof Jizzax shevasi Toshkent shevasiga hamohangdir . Jizzax shahri mahallalari tarixi bo’yicha o’tkazilgan izlanishlar natijasida xonliklar davrida , haqiqatdan ham , mahallalarning shakllanishida Toshkent vohasining ta’siri salmoqli bo’lganligi aniqlandi . Toshkent vohasi bilan bog’liq ekanligi nomidan ham ko’rinib turgan “Toshkentlik “, Oqqo’rg’onlik” , “Mo’lkonlik” kabi mahallalar tarixi misolida ko’rish mumkin .
Sof Jizzax shevasida “Ayron “ degan jumla mavjud . Bu so’zning kelib chiqishi uzoq o’tmishga borib taqaladi . O’tmishda tirikchilik qilish maqsadida yigitlar mahalla va ko’chalarda ayron sotib yurar ekan . “ Bir yigit ayron sotib kun o’tkazar edi . Bu ayronlarini Jizzax mahallarida aylantirib yurardi . Shunday kunlarning birida mahallalar aylanib yurib , bir qizni sevib qoladi . Shundan so’ng yigit har doim o’sha mahalla aylanib , qizning uyiga ayron sotib ketadigan bo’ldi . Kunlar , oylar o’tdi . Qiz ham yigitga ko’ngil qo’ydi . Ular faqat yigit ayron olib kelgan vaqtda uchrashar , bir birlarining diydoriga to’yib olishar edi . Bu muhabbatga qizning ota-onasi qarshilik qilishdi . Bundan xafa bo’lgan yigit va qiz uzoq yurtlarga qochib ketishadi . Ammo bu muhabbat ham uzoqqa cho’zilmadi . Qizning ota- onasi qizni topib uyiga olib kelishadi . Yigit esa o’sha uzoq yurtlarda qolib ketadi . Ammo “Xalqning og’ziga elak tutib bo’lmas “deganlaridek , qizning mahallasida “Ayronchi yigit palonchining qizini buzib qoyibdi “-, degan gap- so’z tarqaladi . Shu – shu jizzaxliklar chetdan kelgan insonlarga nisbatan “ayron” , “ayroni” degan iborani qo’llashadi . Bundan tashqari , jizzaxliklar o’zidan tabaqasi past bo’lgan insonlarga ham shu iborani qo’llab kelishadi .
Jizzax shevasida kichraytirish – erkalash qo’shimchasi hisoblangan “-cha” affiksatsiyasini so’zlarga qo’shib gapirishdi . Masalan ,
Osh – oshcha
Sovun- sovuncha
Guruch – guruchcha
Mashina – mashinacha
Lagan –lagancha
Niqob – niqobcha kabi ko’plab misollarni keltirish mumkin .Bundan tashqari , bu shevada “o” unlisini “a” unlisiga moyil qilib , almashririb aytishadi .
Oyoq-ayoq
Tovuq- tavuq
Bola- bala
Qachon- qachan
Anor- onar (metateza)
Opa- apa
Qovun – qavin
Sovun – savin
Ovqat- avqat
Insonlar shevada shunday so’zlarni qo’llashadiki , gohiga biz ularning qanday ma’no anglatishini ham bilmay qolamiz . So’zlarni shu darajada buzib , o’zgartirib gapirishadiki , asl ma’nosini eshitgan kishi hayratdan yoqa ushlaydi . Misol uchun: timme-tinmay
Ishi- eshik
Gavirt- gugurt
O’nakki – o’n ikki
ko’ne – ko’ylak
Balla- bolalar
Yure- yurak
No- non
Okki- olib kel
Koney- konyak
Tiyida- tagida
Ziyida – chetida
Ettaga- ertaga
Ohe- ohak
Bobey – chol
Buxalpa – otin oyi
Kayvoni – sho’rva qiladigan ayol
Vohtida – vaqtida
Ushxedi – o’xshaydi
Nimeyadir- nimagadir
Likillama- jim tur
Nomakob –sho’r
Dival- devor
bo- bor
o’rde- o’rdak
Burre – somsaga o’xshash taom
Bumetta – bo’lmaydida
Itiy – etik
Shamol – shomal (metateza)
Apkom – hokimiyat
Do'stlaringiz bilan baham: |