“Koptok onaboshiga” o’yini
Ikkita chiziq о’tkaziladi, ular orasidagi masofa 2-3 m. О’yinchilar birinchi chiziq orqasida ketma-ket turadilar. Ularga qarama-qarshi chiziqda onaboshi turadi. U qatorda birinchi bо’lib turgan bolaga koptokni otadi, u esa koptokni boshqaruvchiga qaytarib otadi va qatorning oxiriga borib turadi. Butun qator oldinga siljiydi, navbatdagi bola chiziq oldiga kelib turadi.
Hamma bolalar koptokni otishgach, yangi onaboshi tayinlanadi.
О’yinni musobaqa tarzida о’tkazish xam mumkin. Bunda bolalar bir necha qator bо’lib turadilar va har bir qatorga onaboshi tayinlanadi. О’yinchi koptokni otadi, lekin shu qatorda turganlar vaqtdan yutqazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |