4.5. О’rta maxsus kasb-hunar ta’lim tizimida harakatli о’yinlar
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi o’quv muassasalarida harakatli o’yinlarning maqsadi, o’quvchilarning sog’ligini mustahkamlash, darsdan tashqari vaqtda harakatli o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazishdir. O’quvchilarning jismoniy rivojlanishiga va salomatligini mustahkamlashga harakatli o’yinlarning tahsiri, inson organizmiga zararli odatlarni (spirtli ichimlik ichish, chekish, giyohvandlik moddalarni qabul qilish va boshqalar) salbiy taʼsiri, ularga qarshi kurashish va o’quv muassasalarida sport turlari va harakatli o’yinlarda hakamlik qilish qoidalari o’rgatish nazarda tutiladi.
O’quv dasturlarining talablari kasb-hunar ta’limi o’quvchilari oldiga muayyan maqsad va vazifalarniqo’yadi. Kasb-hunar ta’limi o’quvchilari ijtimoiy va ishlab chiqarish xarakteridagi ishlar bilanshug’ullanadilar. Buesaharakatlio’yinlar uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish va uni tejashni talab qiladi.
Bunday sharoitda harakatli o’yiilarning jismoniy tarbiyadarslaridavajismoniytarbiyabo’yichao’tkaziladigan boshqa mashg’ulotlarda yetakchi o’rin olishi tabiiydir.
Kasb-hunar ta’limi o’quvchilar faoliyatidaharakatli o’yinlar salmoqli o’rin tutadi. Chunki ular asosan sportningharxilturlaritexnikasivataktikasiningasosiy elementlari bilan shug’ullanadilar. Garchi harakatli o’yinlar mashg’ulotlarga kiritilsa ham, bunda sportning har xil turlari bo’yicha orttirilgan harakat ko’nikmalarini takomillashtirish va mustahkamlash nazarda tutiladi.
Kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilari uchuntuzilgan jismoniy tarbiya dasturida harakatli o’yinlar kurslar kesimida quyijagicha berilgan:
akademik litseylar uchun jismoniy tarbiya fani bo’yicha o’quv soatlarida 1,2 va 3 kurslar uchun 10 soatdan 30 soat ajratilgan;
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv muassasalari uchun jismoniy tarbiya fani bo’yicha o’quv soatlarida 1-kurslar uchun 10 soat, 2-kurslar uchun 6 soat va 3-kurslar uchun 4 soat ajratilgan.
Kasb-hunar ta’limi o’quvchilari uchun tayyorlangan jismoniy tarbiya dasturida bir qator ya’ni, “Qubba”, “Otib qochar”, “Olib qochar”, “Otishma”, “Qirq tosh”, “Qisqa kelar”, “Chavondoz”, “Bo’ron”, “Eshak mindi”, “Tepki”, “To’p uchun kurash”, “Tepa kurash”, “Kuchli va chaqqonlar”, “Futbolchilar estafetasi”, “Qo’l to’pi estafetasi”, “Beysbol”, “Basketbol estafetasi”, “Ommaviy to’p”, “Olimpiya globusi”, “Mashqni eslab qol”, “Matematik estafeta”, “Sehrli kataklar”, “Kim bir oyoq bilan sakraydi”, “Arg’umchoq bilan juft bo’lib sakrash” kabi harakatli о’yinlar keltirilgan bо’lib, o’qituvchi mazkur harakatli o’yinlarini tanlashda ularning kasblariga mosligini ehtiborga olgan xolda tanlashi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |