“Tulki tovuqxonada” o’yini
Tovuqlar tovuqxonadagi qо’noqdan joy oladilar (ya’ni ular maydonchaning biror tomoniga qо’yilgan stullarda о’tirishadi). Maydonchaning qarama-qarshi tomonida in bо’ladi. Maydonchaning qolgan barcha qismi qovli vazifasini о’taydi.
Tulki о’z inida о’tiradi, tovuqlar esa hovli bо’ylab yuradilar, yuguradilar, qanot qoqadilar, chо’qiydilar. Tarbiyachining «Tulki!» degan ishorasi bо’yicha tovuqlar qochib ketadilar, о’zinlariga berkynib oladilar va qо’noqqa uchib chiqadilar, tulki esa qо’noqqa chiqib ulgurmagan tovuqlarni tutib olishga va о’z iniga olib qochishga harakat qiladi (sekin-asta tekkizadi). Tutgan tovuqni iniga olib ketadi. О’yin qaytadan tiklanadi. Tulki belgilangan miqdordagi tovuqlarni tutib bо’lgach, о’yin tamom bо’ladi. О’yin 3-4 marta takrorlanadi.
Stullar, kublar va boshqa shu kabi buyumlar qо’noq о’rnida xizmat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |