Jizzax politexnika instituti "servis" fakulteti


Sivilzatsiyaning buyuk vazifasi



Download 250,63 Kb.
bet10/14
Sana16.01.2022
Hajmi250,63 Kb.
#376152
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
glossary 100 ta

Sivilzatsiyaning buyuk vazifasi,
odamni fikrlashga o’rgatishdir.
T.Edison

Mazkur metod ham yuqorida qayd etilgan metodlarning muqobili hisoblanib, o’quvchilardan o’rganilayotgan mavzu (yoki bo’lim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi. Unga ko’ra o’qituvchi mavzu (bo’lim, bob) yuzasidan uchta (to’rtta, beshta va hokazo) to’g’ri va unga teng nisbatda (uchta, to’rtta, beshta) bo’lgan va noo’rin qo’llanilgan tushunchalar (so’zlar, belgilar, tasvirlar va boshqalar)dan iborat tizimni shakllantiradi. O’quvchilar ushbu tizimdan mavzu (bo’lim, bob)ga taalluqli bo’lmagan tushunchalarni ajratadilar va harakatlarining mohiyatini izohlaydilar.



Metodni qo’llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:

O’qituvchi o’zaro teng nisbatda mavzu(bo’lim, bob)ga oid va oid bo’lmagan asosiy tushunchalar tizimi yaratadi;

O’quvchilar mavzu (bo’lim, bob)ga oid va oid bo’lmagan asosiy tushunchalarni aniqlaydilar va dahldor bo’lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar;

O’quvchilar o’z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar.

Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o’quvchilar tomonidan mavzuning puxta o’zlashtirilishini ta’minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin.

«6x6x6» metodi


 

Ushbu metod yordamida bir vaqtning o’zida 36 nafar o’quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. «6x6x6» metodi asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo’lgan 6 ta guruh o’qituvchi tomonidan o’rtaga tashlangan muammo (masala)ni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga etgach o’qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhlar bittadan vakil bo’ladi. Yangi shakllangan guruh a’zolari o’z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo (masala) yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.


«6x6x6» metodining afzallik jihatlari quyidagilardir:

*guruhlarning har bira’zosini faol bo’lishga undaydi;

*ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi;

*guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko’nikmalarini hosil kiladi;

*ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdsk, o’z fikrini himoya qilishga o’rgatadi.
Eng muhimi, mashg’ulot ishtirokchilarining har biri qisqa vaqt (20 daqiqa) mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat olib boradi.

Ushbu metodni 5, 6, 7 va hatto 8 nafar o’quvchidan iborat bo’lgan bir necha guruhlarda ham qo’llash mumkin. Biroq yirik guruhlar o’rtasida «6x6x6» metodi qo’llanilganda vaqtni ko’paytirishga to’g’ri keladi. Chunki bunday mashg’ulotlarda munozara uchun ham, axborot berish uchun ham birmuncha ko’p vaqt talab etiladi. So’z yuritilayotgan metod qo’llanilayotgan mashg’ulotlarda guruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzu (muammo)ni muhokama qilish imkoniyati mavjud.

«6x6x6» metodidan ta’lim jarayonida foydalanish o’qituvchidan faollik, pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo’lishni talab etadi. Guruhlarning to’g’ri shakllantirilmasligi topshiriq yoki vazifalarning to’g’ri hal etilmasligiga sabab bo’lishi mumkin. «6x6x6» metodi yordamida mashg’ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi:

O’qituvchi mashg’ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo’yib chiqadi.

O’quvchilar o’qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo’linadilar. O’quvchilarni guruhlarga bo’lishda o’qituvchi quyidagicha yo’l tutishi mumkin: 6 ta stolning har biriga muayyan ob’ekt (masalan, kema, to’lqin, baliq, delfin,
kit, akula) surati chizilgan lavhani qo’yib chiqadi. Mashg’ulot ishtirokchilariga kema, to’lqin, baliq, delfin, kit hamda akula surati tasvirlangan (jami 36 ta) varaqchalardan birini olish taklif etiladi. Har bir o’quvchi o’zi tanlagan varaqchada tasvirlangan surat bilan nomlanuvchi stol atrofiga qo’yilgan stuldan joy egallaydi.

O’quvchilar joylashib olganlaridan so’ng o’qituvchi mashg’ulot mavzusini e’lon qiladi hamda guruhlarga muayyan topshiriqni beradi. Ma’lum vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi.

O’qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o’rinlarda guruh a’zolariga maslahatlar beradi, yo’l-yo’riqlar ko’rsatadi hamda guruhlar tomonidan berilgan topshiriqlarning to’g’ri hal etilganligiga
ishonch hosil qilganidan so’ng guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so’raydi.

Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga etgach, o’qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi 6 ta guruhning har biridan bir nafar vakil bo’lishiga aloxida e’tibor qaratiladi. O’quvchilar o’z o’rinlarini almashtirib olganlaridan so’ng belgilangan vaqt ichida guruh a’zolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning yechimi xususida guruhdoshlariga so’zlab beradilar. Shu tartibda yangidan shakllangan guruh avvalgi guruhlar tomonidan


qabul qilingan xulosalar (topshiriq yechimlari)ni muhokama qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar.

“Dumalovchi qor uyumi” metodi

 Dumalovchi kor uyumi metodi o’quv mashg’uloti o’tkazish metodining ramziy nomi bo’lib, ish qo’yilgan muammo ustida mulohaza yuritib ko’rish uchun talabalarga vaqt, tegishli manbalar, tarqatma materiallar berishdan boshlanadi. Bu metod guruhning har bir a’zosiga butun guruhning bilimlari va tajribalaridan foydalanib, o’zining keng qamrovli nuqtayi nazarini bayon etishni nazarda tutadi. Buning uchun talabalar 4 ta kichik guruhlarga ajratiladi. Muhokama qilib chiqish uchun barcha guruhlarga bitta topshiriq beriladi.

Har bir kichik guruh topshiriq ustida alohida ishlaydi. So’ngra birinchi bilan ikkinchi va uchinchi bilan to’rtinchi guruhlar muammo ustida birgalikda muhokama yuritishadi. Oxir oqibatda barcha kichik guruhlar birlashib, butun yaxlit guruh bo’lib qo’yilgan muammo yechimini hal etishning turli yo’llarini, variantlarini muhokama qilishadi. Bunday muhokama jarayonida talabalarning qo’yilgan muammo yuzasidan bilimlari chuqurlashib, oydinlashib, boyib, keng qamrovli bo’lib boradi.



“Qor bo’ron” metodi
Ikkiga ajratilgan guruh talabalari bir muammo yuzasidan eng ko’p to’g’ri javoblar topish maqsadida birgalikda muhokama yuritishadi. Har bir to’g’ri javob yumaloqlangan qor ko’rinishida o’sha guruh hisobiga yozib qo’yiladi; to’plangan umumiy ballar miqdori asosida guruhlar baholanadi.

Muammo bitta guruhda yoki ikki kichik guruhlarda muhokama qilinadi. Bunda topshiriqlar har xil yoki butun guruhga bitta bo’lishi mumkin. Guruhlar qo’yilgan muammoni ma’lum muddat muhokama etib, natijani boshqalarga ma’lum qilishadi. Muammo yechimining eng yaxshi varianti tanlab olinadi.



FIKR, SABAB, MISOL, UMUMLASHTIRISH (F.S.M.U.) METODI


F.S.M.U. metodining tavsifi: Bu metod mashg’ulotda o’rganilayotgan mavzuning muhokamasi jarayonida unga doir masalalar bo’yicha talabalar o’z fikrlarini bayon qilishlari, shu fikrlarni asoslovchi sabablarni ko’rsatishlari, ularni tasdiklovchi misolllarni keltirishlari va pirovardida umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishlarini o’rgatish va mashq qildirish metodidir.

Bu metod talabalarni erkin fikrlashga, o’z fikrini himoya qilishga va boshqalarga o’z fikrini o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga, bahs-munozara madaniyatiga, shu bilan bir qatorda, talabalar tomonidan o’quv jarayonida egallangan bilimlarni tahlil etishga va o’zlashtirish darajasini aniqlashga, baholashga o’rgatadi.



FSMU metodining umumiy sxemasi:

F – fikringizni bayon eting;

S – fikringizni asoslovchi sabab ko’rsating;

M – ko’rsatgan sababingizni tasdiqlovchi misol keltiring;

U –  fikringizni umumlashtiring.

FSMU metodini amalda qo’llash namunasi:

O’qituvchi quyidagiga o’xshagan vazifalar yozilgan tarqatma materiallarni oldindan tayyorlab, mashg’ulot vaqtida kichik guruhlarga yoki alohida talabalarga tarqatadi.

2-vazifa. “Ta’lim texnologiyasi o’zini oqlaydi” mavzusi yuzasidan fikrlaringizni FSMU metodi bo’yicha bayon eting.

F-_________________________________________________

S-_________________________________________________

M-________________________________________________

U-_________________________________________________

 

2-vazifa.  “Madaniy o’simliklarning begona o’tlar bilan munosabati” mavzusi yuzasidan fikrlaringizni FSMU metodi bo’yicha bayon eting.



F-_________________________________________________

S-_________________________________________________

M-________________________________________________

U-_________________________________________________

O’qituvchi vazifani bajarish uchun vaqtni belgilab e’lon qiladi. Vazifalarni bajarish vaqtida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Talabalar o’zlariga berilgan vazifani bajarib bo’lgandan so’ng, ularning umumiy muhokamasini tashkil qiladi. Vazifani eng yaxshi bajarganlar rag’batlantiriladi.
Yelpig’ich (VEER) METODI

Bu metod murakkab, ko’p tarmoqli, ko’pincha muammoli xarak­terga ega bo’lgan mavzularni o’rganishga qaratilgan. Metodning mohiyati shundan iboratki, unda mavzuning barcha jihatlari (masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, foyda va zararlari, boshqa fazilatlari) to’g’risida bir yo’la sharh beriladi. Ayni paytda ularning har biri alohida belgilanadi va tegishlicha muhokama etiladi.

Bu interfaol metod o’quvchi talabalarda tanqidiy, tahliliy, aniq, mantiqiy fikrlashning muvaffaqiyatli rivojlanishiga hamda o’z g’oyalari, fikrlarini yozma va og’zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilish qobiliyatini rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.

Yelpig’ich metodi umumiy mavzuning ayrim jihatlarini alohida muhokama qiluvchi kichik guruhlarning hamda har bir ishtirokchining va shu bilan birga, butun guruhning faol ishlashini tashkil qilishga yo’naltirilgan.



Yelpig’ich metodini mavzuni o’rganishning turli bosqichlarida qo’llash mumkin:

*boshlanishida: o’quvchi-talabalarning bilimlarini erkin faollashtirish;

*mavzuni o’rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish;

*yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish.



Bu metodni qo’llashda mavzu bo’yicha quyidagi asosiy tushunchalar o’rganiladi:

*mavzuga tegishli tushunchalar, nuqtayi nazarlar, predmet, hodisalar;

*afzallik – biror narsa bilan qiyoslagandagi ustunpik, imtiyoz;

*nuqson—nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik;

*fazilat – ijobiy sifatlar;

*xulosa – muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo’yicha dalildan natijaga kelish.



Yelpig’ich metodi ta’lim maqsadidan tashqari tarbiyaviy xarakterdagi quyidagi vazifalarni amalga oshirish imkonini ham beradi:

*jamoa, guruhlarda ishlash mahorati;

*muammolar, vaziyatlarni turli nuqtayi nazardan muhokama qilish mahorati;

*murosali qarorlarni topa olish mahorati;

*o’zgalar fikriga hurmat;

*xushmuomalalik;

*ishga ijobiy yondashish;

*faollik;

*muammoga diqqatini jamlay olish mahoratini shakllantirish va mustahkamlash.
Masofaviy ta’lim metodlari


Download 250,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish