Jizzax politexnika instituti «servis» fakulteti


Kurs ishini rasmiylashtirish



Download 311 Kb.
bet5/11
Sana17.03.2023
Hajmi311 Kb.
#919928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KL Курс иши тайёрлаш бўйича услубий менежмент

6. Kurs ishini rasmiylashtirish

Kurs ishini bajarish jarayonida to’plangan va qayta ishlangan ma’lumotlar aniq, tartibli va haqqoniy bo’lishi lozim. Materiallar bayoni mantiqiy izchil, jumla tuzilishlari qisqa va aniq, mavxumlik va qaytarishlar bo’lmasligi, xulosalar isbotlangan va tavsiyalar asoslangan bo’lishi kerak.


Kurs ishining alohida bo’limlarini yozish talablari quyiroqda ko’rsatib o’tiladi. Kurs ishi muqovasi 1-ilovada ko’rsatilgan shaklga muvofiq rasmiylashtiriladi. Mundarija kurs ishining qismlarini, paragrafning nomlanishlarini, betlarning raqamlanish tartibini o’zida ifoda etadi. “Kirish”, “Xulosa va takliflar” bo’limlarini istisno etgan holda barcha boblar va paragraflar tartib nomeri bilan raqamlanishi kerak. Paragraflarning tartib raqamidan keyin nuqta quyiladi va paragraflar yoziladi.
Kurs ishining Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi, ob’yekti, predmeti va vazifalari ko’rsatiladi. Belgilangan vazifalar asosida mavzular izchillik va ketma ketlikda asosida yoritiladi. Kurs ishining oxirida berilgan mavzu bo’yicha xulosa va takliflar bilan yakunlanadi. Bunda kurs ishining maqsadi va xulosa qismining mutanosibligiga ahamiyat beriladi.
Kurs ishi betlari tartib bilan ketma-ket raqamlanishi lozim: birinchi betning past tomonining o’rtasiga tartib raqami qo’yiladi. Muqova varag’iga tartib raqami qo’yilmaydi. Agar kurs ishida rasmlar, jadvallar, diagrammalar, gistogrammalar, poligonlar, sxemalar bo’lsa, ularni umumiy raqamlanishga qo’shish kerak. Ilovalar va adabiyotlar ro’yxati ham ketma-ket raqamlanishga qo’shiladi. Adabiyotlar ro’yxati foydalanilgan barcha manbalarni alfavit tartibi bo’yicha o’zida jamlaydi va kurs ishining oxirida beriladi. Har bir ilova yangi betda boshlanadi, sahifaning o’ng tomonidan yuqori burchagida “Ilova” degan so’z yozib qo’yiladi. Har qaysi ilova sarlavhaga ega bo’lishi kerak. Mabodo kurs ishida ikki va undan ziyod ilova bo’lsa, ular ketma-ket tartib raqamlari bilan raqamlanadi, masalan: “1-ilova”, “2-ilova” va hokazo. Ishda illyustrastiyalar ularning mazmuniga qarab belgalanadi va bayon qilinayotgan matnda aniqlash kiritish uchun etarlicha bo’lishi kerak. Barcha illyustrastiyalar (chizmalar diagrammalar, eskizlar va hokazolar) rasmlar deb nomlanadi. Rasmlar tartib raqamlari bilan ketma-ket raqamlanadi. Ular bevosita kurs ishi matni qayd etilgan joyda yoki keyingi betda, yo bo’lmasa qayd etilgan sahifaga yaqinroq joyda joylashtirilishi lozim.
Raqamli ma’lumotlarni jadval tarzida ifodalash tavsiya etiladi. Har bir jadval o’z mazmunidan kelib chiqib nomlanishi va tegishli jadval tepasida “Jadval” so’zidan quyida yozilishi kerak. “Jadval” so’zi sahifaning o’ng tomonidan yoziladi, sarlavxani ajratib ko’rsatishning xojati yo’q. Jadval matnda birinchi marta eslatilgandan keyinroq joylashtirilgani ma’qul. Jadval keyingi sahifaga ko’chiriladigan bo’lsa, ustun raqamlanadi va bu raqamlanish keyingi betda takrorlanadi. Jadvallar ham huddi rasmlar, kabi tartib raqamlari bilan “1-jadval”, “2-jadval” deb raqamlanadi.
Formulalar chizma yozuv bilan aniq, yozilishi kerak. Bevosita formula ostida belgilar yil, son darajalari tushuntirish ma’nosiga qarab, ular formulada qanday berilgan bo’lsa, shu tartibda berilishi lozim. Har bir belgi va son darajasining ma’nosi yangi so’z qatoridan beriladi. Matnda keltirilgan ma’lumotlar manbasi tartib raqami bo’yicha adabiyotlar ro’yxatida ko’rsatib o’tiladi.
Kurs ishini yozayotganda adabiyot manbalardan, ko’rsatmalardan, idoraviy ma’lumotlardan ko’chirish, shuningdek umumnutqda qabul qilinmagan so’zlarni, iboralarni, atamalarni ishlatish ta’qiqilanadi. Kurs ishini yozib tugatgach, uni savollarining o’zaro bog’lanishiga va bayon etilish usuliga (adabiy tiliga) alohida e’tibor bergan holda qayta o’qib chiqish kerak. Ko’pincha qayta o’qilishda ilgari qilinmagan xatolarga, qaytarishlarga, qarama-qarshi fikrlarga, noto’g’ri tanlangan qiyoslashlarga va hokazolarga duch kelinadi. Ayniqsa, formulalarni, raqamlarni, ko’chirmalarni, bibliografik yozuvlarni dastlabki manbalar bo’yicha diqqat bilan tekshirib chiqish talab etiladi. Zarurat tug’ilganda qo’lyozmani to’ldirib, maromiga yetkazish lozim.
Kurs ishi kompyuterda yozilgan bo’lib, xajmi 35-40 betni tashkil etishi, kamida 3500 ta so’zdan tashkil topishi kerak. Har bir betda: chap tomonidan 3 sm, o’ng tomonidan – 1 sm, yuqoridan va pastdan – 2 sm ochiq joy qolishi kerak. Kurs ishi rejasidagi savollarning nomlari kurs ishining tegishli joylarida sarlavxa sifatida takrorlanishi lozim.



Download 311 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish