Jizzax politexnika instituti «qurilish materiallari va konstruksiyalari»



Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/176
Sana31.12.2021
Hajmi5,57 Mb.
#252778
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   176
Bog'liq
2 5451824292025077351

Nazorat savollar: 
 
1. Yoqilg‘i va energetika sanoati chiqindilari materiallarini aytib o‘ting? 
2. Kul-Shlak chiqindilari asosida qanday  bog‘lovchi materiallar olinadi? 
3. Portlandsement qanday olinadi? 
4. Kompozitsion sementlar tarkibini tushuntiring? 
5.Granullangan domna Shlaklari asosida qanday qurilish materiali olinadi? 
 
2-modul. 
Xalq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarish soha chiqindilari. 
6-ma’ruza. 
Energetika sanoati chiqindilarining tarkibi. 
Reja: 
1.  Kul-Shlak chiqindilari asosidagi bog‘lovchi materiallar 
2. Portlandsement va kompozitsion sementlar 
3. Kulli g‘ovak betonlar.  
Tayanch so‘z va iboralar:  kul Shlak;  klinkersiz kulli bog‘lovchilar; glinozem; 
kulli g‘ovak betonlar; kompozitsion sementlar 
 
1.  Kul-Shlak chiqindilari asosidagi bog‘lovchi materiallar 
Kul-Shlak  chiqindilari  asosidagi  bog‘lovchi  materiallar  yoqilgi  kullari  va 
Shlaklarining kimyoviy-minerologik tarkibi va gidravlik faolligi ularni bog‘lovchi 
materiallar ishlab  chiqarishda keng  qo‘llash        imkonini        beradi.       Kul-Shlak    
chiqindilarni          klinkersiz  bog‘lovchilar  va  sementli  klinker  bilan  faol  mineral 


ko‘shimcha sifatida, shuningdek sementli klinkerni hosil qilish uchun xom-ashyo 
komponenti sifatida ishlatish mumkin. 
Klinkersiz kulli bog‘lovchilar. Kul muayyan gidravlik faollikka ega, ya’ni 
normal  haroratda  kalsiy  oksidini  bog‘lash  imkoniyatiga  ega.  Kulning  faolligi 
ancha  mayda  fraksiyalarda  ko‘zga  tashlanadi  va  shisha  ko‘rinishdagi  faza 
tarkibining ko‘payishida ortib boradi. Shisha ishqor va sulfat muhitlarda glinozem 
takibining  ortishida  oson  gidratatsiyalanadi.  Nordon  kullar  past  gidravlik  faolligi 
bilan  xarakterlanadi.  Shlaklarniki  singari  kullar  faolligi  ham  gidrotermal  ishlov 
berishda ortadi. 
Klinkersiz  kulli  bog‘lovchilardan  maydalash  (tegirmonda  tortish)  yoki 
alohida  holda  maydalangan  kul  va  ohakni  puxta  aralashtirish  orqali  olinadigan  
ohak-kulli  sement  ko‘prok  tarqalgan.  Kulda  yonmagan  yoqilg‘i  tarkibi  minimal 
bo‘lishi lozim (tosh ko‘mirli kullarda - 10%dan ko‘p bo‘lmagan. torflilarda-5%), 
SO
3
 miqdori 3%dan, o‘ta kuydirilgan SaO va MgO bog‘lovchi moddaning notekis 
hajm  o‘zgarishini  keltirib  chiqaruvchining  miqdori  5%dan  oshmasligi  darkor. 
Ohak  asosan  so‘ndirilgan  holda  qo‘llaniladi,  biroq  so‘ndirilmagan  holda  ishlatish 
amaliyoti 
ham 
mavjud. 
Ohak-kul 
sementlar 
tarkibi 
kul 
tarkibida 
gidratatsiyalanishga  qobiliyatli  faol  kalsiy  oksidi  va  minerallarning  mavjudligiga 
bog‘liq. Ushbu bog‘lovchi moddalarda ohakning optimal tarkibi 10...40%ni tashkil 
etadi, u kulda erkin kalsiy oksidi va minerallar miqdoriniig ortishi bilan kamayib 
boradi. 
Boshqa  ohakli  gidravlik  bog‘lovchilar  singari  ohak  kulli  sementlarning 
tuyish  mayinligi  shunday  bo‘lishi  kerakki,  namuna  -№  008  elakda  elanganda 
massasining  kamida  90%  o‘tishi  kerak.  Ushbu  guruh  bog‘lovchilarini  qotishi 
qorishtirish  jarayonining  boshlanishidan  25  daqiqadan  keyin  boshlanishi      va  24 
soat  ida  tugashi    kerak.    Ularning  tarkibiga  gipsni  kiritganda  (5%)  va 
so‘ndirilmagan  ohakni  ishlatganda  qotish  tezlashadi  hamda  bog‘lovchi 
moddalarning boshqa xususiyatlari yaxshilanadi. 
Ohak-kulli  sementlar  markasi  xuddi  portlandsementniki  kabi  aniqlanadi. 
Sinov  xususiyatlari  shundan  iboratki,  namunalar-balochkalar  avval  7  sutka 


davomida  nam  muxitda  ushlab  turiladi,  keyinchalik  ular  qolipdan  chiqarilib  21 
sutka davomida suvda saqlanadi. Ko‘rib chiqilayotgan bog‘lovchilarning quyidagi 
markalari  mavjud:  M50,  M100,  M150  va  M200.  Avtoklavli  ishlov  berish  ohak-
kulli  bog‘lovchilar  asosida15...25  MPa  mustahkamlikdagi  betonlarni  hosil  qilish 
imkonini beradi. 
Ohak-kulli  sementlar  asosiy  qurilish-texnik  xususiyatlariga  ko‘ra  boshqa 
ohakli  putssolan  bog‘lovchilarga  yaqin.  Terish  (kladka)  va  suvoq  qorishmalari, 
shuningdek  avtoklav  qotirish  mahsulotlari  ular  qo‘llaniladigan  asosiy  sohalar 
hisoblanadi. Ohak-kulli materiallar iqtisodiy jihatdan samarali, chunki ular sement 
va ohakka nisbatan 2...2,5 marta kam kapital qo‘yilmalarni talab etdi. 
 

Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish