Jizzax politexnika instituti «qurilish materiallari va konstruksiyalari»


-Modul.  Shahar xo‘jaligi chiqindilari



Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/176
Sana31.12.2021
Hajmi5,57 Mb.
#252778
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   176
Bog'liq
2 5451824292025077351

5-Modul. 
Shahar xo‘jaligi chiqindilari. 
15-ma’ruza. 
Nometall armaturalar 


Reja: 
1.  Kompozit armaturalar.  Strukturasi, olinishi, ishlatilishi. 
2.  Nometall armaturalar haqida ma’lumot. 
3.  Nometall armaturalarni ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi. 
 
Ashyoning asosiy hajmini tashkil etuvchi tarkibiy qism va ularni o‘zaro bog‘lab 
turuvchi  (tola  yoki  qattiq  zarracha  kukun)  hamda  mustahkamligini  ta’minlovchi 
tarkib kompozitlar deb ataladi. 
Kompozit qurilish ashyolarining hajm og‘irligi, po‘latnikiga qaraganda 4—5 
marta  yengil,  shu  bilan  birga  ularning  mustahkamligi  25  martagacha  kattadir. 
Chunki,  kompozit  ashyolar  har  xil  tarkibiy  moddalarning  fizik-kimyoviy 
birikishidan  tashkil  topgan  yangi  turdagi  energetik  sifatga  ega  bo‘lgan  ashyodir. 
Kompozit  ashyolarning  yuqori  sifatli  bo‘lishining  yana  bir  sababi  undagi 
boshlang‘ich xom ashyolarning solishtirma yuzasining kattaligidir. 
Dunyo  miqyosida  kompozitlar  ishlab  chiqarish  yildan-yilga  ortmoqda. 
G‘arbiy  Evropa  va  AQSH  davlatlari  1977  yilda  350  ming  tonnadan  kompozit 
ashyolar  ishlab  chiqargan  bo‘lsa,  o‘n  yildan  keyin,  ya’ni  1986  yilda  ushbu 
ko‘rsatkich  3  baravar  ortdi.  2000—2005  yillarda  kompozit  ashyolarga  bo‘lgan 
ehtiyoj  yiliga  2,5—3,0  mln.  tonnani  tashkil  etishi  mumkin.  Kelgusida  po‘latga 
bo‘lgan  talabning  keskin  kamayishi  kutilmoqda.  Kompozit  ashyolarni  ishlab 
chiqarish  unumi,  shunga  mos  boshqa  ashyolarnikiga  qaraganda  2—3  baravar 
kattadir.  Ishlatilishini  hisobga  olganda,  kompozit  ashyolarning  chidamliligi  2—3 
marta yuqori. Nazariy tomondan hisoblanganda bir tonna kompozit 15—25 tonna 
po‘latning o‘rnini bosadi. Amaliyotda esa 4—5 tonna po‘latning o‘rniga bir tonna 
kompozit ashyolarni ishlatsa bo‘ladi. 
Tarkibida  asosan  ikki  ashyoni  bog‘lab  turuvchi  kompozit  o‘zining 
xossalariga  ko‘ra  yuqori  sifatli  va  mustahkam  buyum  sifatida  ishlatiladi. 
Kompozitning tarkibiy qismidagi har bir modda o‘zining boshlang‘ich xossalarini 
hamma  vaqt  saqlab  qoladi.  Kompozitdan  ishlanadigan  konstruksiyalarning 
mustahkamligi,  ularning  zichligiga  bo‘lgan  nisbat  ko‘rsatkichi  bilan  boshqa 
qurilish  ashyolariga  qaraganda  katta  bo‘ladi.  Bunday  qurilish  ashyolariga 
asbestsement,  yog‘och  tolali  plita,  sement-qirindi  plitalar,  shisha  tolali  anizotrop 
ashyolar  kiradi.  Hozirgi  vaqtda  o‘ta  mustahkam  yengil  ashyolarga  bo‘lgan  talab 
ortmoqda.  Olimlar  tomonidan  yaratilgan  kompozitlar  mashina,  samolyot  va 
raketasozlik sanoatida  keng  qo‘llanilmoqda.  Bunga  misol sifatida  texnika  va  xalq 


xo‘jaligining  barcha  tarmoqlarida  ko‘p  ishlatilayotgan  shisha  tolali  plastiklarni 
ko‘rsatish  mumkin.  Ularning  hajmini  tashkil  etuvchi  matritsa  asosan,  polimer  va 
shisha toladan iborat. Kelajakda yaratiladigan barcha yangi qurilish ashyolari fani 
kompozit ashyolarni ishlab chiqarish, ularni qo‘llash nazariyasi va texnologiyasiga 
asoslangan  holda  rivojlanishi  kerak.  Haqiqiy  kompozit  ashyolar  qatoriga  beton, 
temir-beton,  fibro-beton  kabi  sun’iy  buyum  va  konstruksiyalarni  ham  kiritish 
mumkin. 
Kompozit  qurilish  ashyolarining  sifatli  bo‘lishi  uchun  ular  tarkibidagi 
puxtalovchini yuqori mustahkam bo‘lishini, matritsaning pishiq va bikr hamda ular 
orasidagi  yopishish mustahkamligining  eng  yuqori ko‘rsatkichlarga  ega bo‘lishini 
ta’minlash  lozim.  Ushbu  sifat  ko‘rsatkichlari  orasidagi  o‘zaro  bog‘lanishni 
o‘rganish, kompozitlar mustahkamligining ortishi jarayonini hamda uning buzilish 
mexanizmini aniqyaashga imkon yaratadi. Kompozitning tarkibiy qismini samarali 
tanlash  bilan  eng  qulay  ishlab  chiqarish  texnologiyasini  hisoblashga  erishilsa, 
uning  boshlang‘ich  xossalarini  saqlab  qolish  mumkin  bo‘ladi.  Kompozitning 
puxtaligi va matritsasini pishiq qilish usullari juda ko‘p. Jumladan, armaturasimon 
tolalarni  joylash  va  ularning  yo‘nalishini  boshqarib,  uning  mustahkamligini, 
bikrligini,  haroratini,  shuningdek,  boshqa  xossalarini  yaxshilash  uchun  kompozit 
tarkibini  to‘g‘ri  hisoblash  hamda  ularning  o‘zaro  miqdoriy  nisbatini  to‘g‘ri 
aniqlashdan iborat. 
Tolali kompozit qurilish ashyolarini tasniflashda ularni bir necha guruhlarga 
bo‘lish  mumkin.  Masalan,  ashyoshunoslik  (tabiiy  holatiga  ko‘ra),  konstruksiya 
(armaturasimon  va  ularning  matritsaga  nisbatan  yo‘nalishi  bo‘yicha)  hamda 
polimer  matritsali  (plastiklar),  temir  matritsali  (temir  kompozitlar),  sopol  va 
uglerodli matritsalar shular jumlasidandir. Tabiiy holatiga ko‘ra polimer matritsali 
kompozitdagi armaturasimon tolalar — shishaplastik, borplastik va boshqa turlarda 
bo‘lishi mumkin. 
Kompozitlar  tarkibidagi  armaturasimon  tolalar  joylashish  usuliga  ko‘ra  bir 
tekis  qatlam  holatiga  keltirilgan;  o‘zaro  parallel  va  uzluksiz  bir  yo‘nalishda 
joylangan; tartibsiz; chigal fazoviy joylashgan to‘rli armaturalarga bo‘linadi. 
Kompozitdagi 
armaturasimon 
ashyolar 
sifatiga 
ko‘ra  pishiqlikni 
ta’minlovchi  tuyilgan  kukun  va  tolali  bo‘lishi  mumkin.  Bu  ikki  xil  kompozit 
qurilish ashyolari o‘zlarining tuzilishga va mustahkamligining shakllanishiga ko‘ra 
bir-biridan  tubdan  farq  qiladi.  Tuyilgan  kukunli  kompozitlar  tarkibida  2—4  % 
tuyilgan  zarrachalar  bo‘lib  ashyoning  hajmi  bo‘ylab  bir  tartibda  joylashgan 
matritsa vazifasini  o‘taydi.  Agar kukun  zarrachalarning solishtirma  yuzasi kichik, 
oraliq  masofalari  har  xil  bo‘lsa  kompozitning  pishiqligi  kichik  bo‘ladi.  Masalan, 


kukunning  maydalik darajasini ifodalovchi  zarracha  o‘lchami  1,0  mkm.  dan katta 
bo‘lsa, uning kompozit hajmidagi o‘rni 25 %dan oshib ketadi. Agar zarrachaning 
yirikligi 0,001—0,1 mkm oralig‘ida bo‘lsa, u holda uning umumiy hajmi 15 %dan 
oshmaydi.  Matritsa  vazifasini  bajaruvchi  bitum,  sun’iy  polimerlar,  kauchuk, 
pishiqlikni 
ta’minlovchi  bo‘r,  slyuda,  uglerod,  kremnezem,  ohaktosh 
zarrachalaridan  tashkil  topgan  kompozit  qurilish  ashyolarining  mustahkamligi, 
qattiqligi,  issiqqa  chidamliligi  yuqori  bo‘ladi,  shu  bilan  birga  ularning  plastikligi 
saklanib  qoladi.  Bunday  kompozitga  yuk  qo‘yilsa,  barcha  kuchni  matritsa  o‘ziga 
oladi. 
Egilishga,  cho‘zilishga  mustahkam  bo‘lgan  kompozit  olish  uchun  tashqi 
kuch  ta’sirida  hosil  bo‘ladigan  kuchlanishni  o‘ziga  oladigan  yuqori  mustahkam 
tolalar  ishlatiladi.  Tolali  kompozitlarning  tuzilishi  kukun  zarrachalardan  tubdan 
farq qiladi. Undagi tolalar kompozit hajmida bir xil miqdorda joylashgan bo‘ladi. 
Tolalar hajmi esa 75 %dan ko‘p bo‘lishi mumkin. Armaturasimon tolali kompozit 
qurilish ashyolari quyidagi texnik talablarga javob berishi kerak. 
Avvalo,  kompozit  qurilish  ashyolarining  mustahkamligi,  bikrligi,  zichligi, 
har  xil  haroratda  xossalarining  o‘zgarmasligi,  kimyoviy  chidamliligi  qoniqarli 
bo‘lishi kerak. Kompozit qurilish ashyolarining elastiklik moduli bilan tarkibidagi 
moddalarning  yuza  quvvati  katta  bo‘lsa,  ularning  nazariy  mustahkamligi  ortadi. 
Ammo,  modda molekulalarining qatlamlari va oraliq masofa katta bo‘lsa, nazariy 
mustahkamligi  kichrayadi.  Demak,  sifatli  kompozit  qurilish  ashyolarini  olish 
uchun  uning  elastiklik  moduli  va  yuza  quvvatini  hamda  atomlar  zichligini 
oshirishga  erishish  kerak.  Yuqori  mustahkam  qattiq  jismlarda  berilliy,  bor, 
uglerod,  azot,  kislorod,  alyuminiy  va  kremniy  elementlarining  ko‘p  bo‘lishiga 
erishilsa,  juda  pishiq  kompozit  qurilish  ashyolari  olish  mumkin  bo‘ladi.  Tolali 
kompozitlar olishda yuqori mustahkam shisha, organik tolalar, temir simlar hamda 
karbidlar va nitridlar ishlatiladi. 
Kompozitlardagi armaturasimon ashyo sifatida tolali arqonlar, iplar, simlar, 
to‘qimalar, tasmalar, chigal iplar, to‘rlar ishlatiladi. Kompozitlar ishlab chiqarishda 
ish  unumi  yuqori  bo‘lgan  avtomatik  texnologiyalar  qo‘llaniladi.  Ashyoning 
tarkibiy  qismini  tashkil  etuvchi  molekula  va  atomlar  tolalar  bilan  matritsani  bir-
biridan  qochishini  emas,  balki  o‘zaro  mustahkam  yopishishini,  birikishini 
ta’minlashi kerak. 
Izotrop  va  anizotrop  ashyolarga  kuch  ta’sir  etganda  hosil  bo‘ladigan 
kuchlanish  bilan  deformatsiya  bir-biridan  farq  qiladi.  Izotrop  elastik  jismlardagi 
deformatsiya  bilan  kuchlanishning  o‘qlari  ustma-ust  yotadi,  anizotrop  ashyolarda 
esa  buning  aksi.  Tolalari  bir  tartibda  va  yo‘nalishda  joylangan  pishiq 


kompozitlarning  elastiklik  moduli,  chigal  tolalilardan  keskin  farq  qiladi.  Bunday 
anizotrop  jismlardagi  matritsa  bilan  pishiklikni  ta’minlovchi  tolalarning 
deformatsion  holati  har  bir  tarkibiy  qismning  kuchlanish  darajasiga  bog‘liq. 
Shuning  uchun  ham  anizotrop  qattiq  jismlarning  deformatsiya  va  kuchlanish 
o‘qlari bir-biri bilan ustma-ust tushmaydi. Bir yo‘nalish bo‘ylab joylangan tolalar 
to‘plami  (arqonsimon)  asosida  ishlangan  ashyolar  monotrop  kompozitlar  deb 
ataladi (1-rasm). 
Monotrop  kompozitlarning  elastiklik  moduli  va  Puasson  koeffitsienti 
armaturasimon  qismning  yo‘nalishi  bo‘ylab  har  xil  bo‘ladi.  Kompozitning  yaxlit 
holatini  ta’minlovchi  qism  —  matritsadir.  Undagi  bir  xil  yo‘nalishli  yoki  chigal 
tolalar  kompozit  kuchlanishini  hajmi  bo‘ylab  bir  xil  ko‘rsatkichda  tarqatadi. 
Shuning  uchun  ham  chigal  tolalar  yoki  to‘r  to‘qimali  kompozitlarga  yuk 
qo‘yilganda hosil bo‘ladigan kuchlanish uning hamma nuqtalarida bir xil bo‘ladi. 
Tartibli, 
bir 
yo‘nalishdagi 
armaturasimon  arqon  tolali  monotrop 
kompozitlardagi  kuchlanish  esa,  uning 
butun  hajmi  bo‘ylab  bir  xil  bo‘lmaydi. 
Matritsa  uchun  ashyo  tanlashdan  oldin 
kompozit  buyumni  tayyorlash  usuli, 
bo‘lajak  konstruksiyaning  o‘lchamlari, 
shakli, unga qo‘yiladigan texnik talablar 
va 
texnologik 
jarayonlar 
aniq 
hisoblanadi. 
Matritsaga 
nisbatan 
qo‘yiladigan 
texnik 
shartlardan 
asosiylari  undan  foydalanish  yo‘llari  va 
texnologik  jarayondir.  Har  qanday 
sharoitda 
kompozitni 
chidamli 
va 
mustahkam  holatda  ishlatish  uchun  oldindan  uning  barcha  xossalariga  bo‘lgan 
talab  aniq  bo‘lishi  lozim.  Texnologik  jarayonni  hisoblashda  asosiy  ko‘rsatkich 
sifatida armaturasimon tolalarni bir yo‘nalishda joylash, matritsa bilan qorishtirish, 
qoliplash va zichlash kabi texnik muammolar hal etilishi kerak. Tolalarni kompozit 
matritsasi bo‘ylab bir xil tartibda joylash, ularni bir joyga to‘planmasligini, o‘zaro 
yopishib  qolmasligini  ta’minlash,  imkon  boricha  tolalarning  boshlang‘ich 
xossalarini, ayniqsa, mustahkamligini saqlab qolish kabi texnologik muammolarni 
hal  etish  eng  muhimdir.  Tolalar  bilan  matritsa  orasidagi  adgeziya  birikishini  va 
o‘zaro  yopishish  mustahkamligini  oshirish  kabi  ishlar  kompozitni  ishlatishdagi 
chidamliligini  oshiradi.  Kompozit  hajmi  bo‘ylab  hosil  bo‘ladigan  kuchlanish 
avvalo  «tola-matritsa»  chegarasiga  yig‘iladi,  odatda  buzilish  ham  xuddi  shu 
 
1-расм. Монотроп композит кесими: 
1 — пишикушкни таъминловчи 
арматурасимон қисм; 2 — матрица.
 


chegaralar  bo‘ylab  ketadi.  Kompozitbop  xom  ashyoni  qayta  ishlaganda  yoki  u 
qiziganda,  kirishganda  yoki  kimyoviy  jarayon  ketayotganda  tola-matritsa 
bo‘lmasligi kerak. 

Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish