Jizzax politexnika instituti «qurilish materiallari va konstruksiyalari»


Fosfogipsning  sement  ishlab  chiqarishda  qo‘llanilishi



Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/176
Sana31.12.2021
Hajmi5,57 Mb.
#252778
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   176
Bog'liq
2 5451824292025077351

Fosfogipsning  sement  ishlab  chiqarishda  qo‘llanilishi.  Sement  ishlab 
chiqarish  sanoatida  fosfogips  sement  klinkerini  kuydirishda  minerallovchi  hamda 
tabbiy  gips  o‘rniga  sementning  tutib  qolishi  muddatini  (tishlashishini) 
boshqaruvchi  qo‘shilma  sifatida  qo‘llaniladi  (GOST  23464-79).  Xom  ashyo 
bo‘tqasiga  3...4  %  miqdorda  qo‘shiladigan  fosfogips  klinkerning  tuyilish 
koeffitsientini 0,89...0,9 dan 0,94...0,96 gacha oshiradi. 
Fosfogipsning  minerallashtiruvchi  ta’sir  qilish  mexanizmi  1400 
0
C  gacha 
haroratda  SO
3
  ning  katalizatorlik  ta’siri  natijasida  SaO  ni  bog‘lovchi  oraliq 
birikmalarning  hosil  bo‘lishidir.  Fosforli  angidrid  va  ftor  aralashmalari  tarkibga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Sement  ishlab  chiqarishda  fosfogipsni  quritib  va  donalashtirib  qo‘llash 
maqsadga  muvofiq.  Donalangan  fosfogipsning  namligi  10...12  %  dan  oshmasligi 
kerak. Sement klinkeri va oltingugurt kislotasi olishda fosfogips asosiy komponent 
sifatida  ham  qo‘llaniladi.  Bunda  kalsiy  sulfatning  termokimik  reaksiyalanishi 
quyidagicha sodir bo‘ladi. 
 
 
 
              SCaSO
4
+ 2S = SaS+ 2SO

 
 
 
              3CaSO
4
+ SaS=4SaO + 4SO

Bunda oltingugurt gazi tutib qolinadi va oltingugurt kislotasiga aylantiriladi. 
Kalsiy  oksidi  SiO
2
Al
2
O
3
  va  Fe
2
O
3
  bilan  o‘zaro  birikib,  sement  klinkerini  hosil 
qiladi. 
Fosfogips  asosida  tez  kotuvchan  va  yuqori  mustahkamlikka  ega  bo‘lgan 
sulfoalyuminato-belitli  sementlar  ishlab  chiqarish  yo‘lga  qo‘yilgan.  Bunday 
sementlarning  mustahkamligi  40...60  MPa  bo‘lib,  yuqori  sovuqbardoshligi, 
zangbardoshligi,  ishqorli  muhit  ta’siriga  chidamligi  va  hajmiy  qisqarish 
deformatsiyalanishining nisbatan kamligi bilan tavsiflanadi. 


Xom  ashyo  bo‘tqasi  tarkibiga  fosfogips,  alyumosilikatli  komponentlar  va 
tiklovchi  qo‘shilmalar  ma’lum  miqdorda  kiritiladi.  Natijada  SaSO

ning  bir  qismi 
3(SA) SaSO
4
 2(S2S) SaSO

kabi minerallarning hosil bo‘lishiga sarflanadi. 
Olingan  alitsiz  sement  tez  tishlashishi  va  qotishi  bilan  farqlanadi. 
Shuningdek, mineralli suvlar ta’siriga chidamli hisoblanadi. Bunday sementlarning 
siqilishdagi chegaraviy mustahkamligi 1 va 28 kunlarda mos holda 20 va 30 MPa 
ga teng bo‘ladi. 
Sulfoalyuminatli va kalsiy sulfatli fosfogipsni qo‘llash orqali zo‘riquvchi va 
kengayuvchi sementlar olish mumkin. Zo‘riquvchi sement olishda fosfogips va mel 
o‘zaro  teng  miqdorda  olinadi  va  ular  2500...3000  sm
2
/g  disperslikkacha  tuyiladi, 
shuningdek,  portlandsement  15  %  gacha  kiritiladi.  Natijada  kam  zo‘riqish 
energiyasiga  ega  bo‘lgan  NS-20  va  o‘rtacha  zo‘riqish  energiyali  NS-40  markali 
zo‘riquvchi sementlar olinadi. 
Fosfogipsni  sement  ishlab  chiqarishda  qo‘llash  hisobiga  yoqilg‘i  sarfi 
tejaladi,  domna  xumdon-o‘choqlarning  unumdorligi  ortadi,  sement  klinkeri  sifati 
yaxshilanadi va tannarxi kamayadi.  

Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish