Jizzax politexnika instituti «qurilish materiallari va konstruksiyalari»


O‘zbekiston Respublikasida sanoat chiqindilaridan qurilish materiallari



Download 5,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/176
Sana31.12.2021
Hajmi5,57 Mb.
#252778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176
Bog'liq
2 5451824292025077351

O‘zbekiston Respublikasida sanoat chiqindilaridan qurilish materiallari 
ishlab chiqarishning tutgan o‘rni 
Fan-texnika  progressi  (taraqqiyoti)  moxiyati  yalpi  ishlab  chiqarish 
hajmining      o‘sishidadir.        Ishlab        chiqarishning        rivojlanishi        tabiiy 
mablag‘ning  xo‘jalikda    har  tomonlama  foydalanishga  yanada  ko‘proq  tortadi. 
SHunga  qaramay,  unumli  qo‘llash  darajasi  hali  past.  Har  yili  10  mlrd.  tonnaga 
yaqin  mineral  va  shuncha  organik  xom  ashyo  mahsulotlaridan  foydalaniladi. 
Dunyoda  yangi  foydali  qazilma  boyliklar  zahirasini  qidirib  topishga  nisbatan, 
foydali  qazilma  boyliklarini  ishlatish  va  qayta  ishlash  ancha  tezlik  bilan  olib 
boriladi.  Bizning  mamlakatimizda  sanoatda  ishlatishga  sarflanadigan  xom  ashyo, 
materiallar,  issiqlik  va  energiya  70%  ini  tashkil  qiladi.  Shu  vaqtniig  o‘zida  10% 
dan  99%  gacha  sarflangan  xom  ashyo,  atrof-muhitni    ifloslaydigan,  suv 
havzalariga, havoga, er sathiga chiqarib tashlanadigan chiqindiga aylanadi. 
Chiqindilarni  joylash  va  transportga  ortib  jo‘natish  asosiy  ishlab  chiqarish 
mablag‘idan  ahamiyatli  qismini  sarflaydi,  har  yili  energiya  va  ko‘mir  sanoati 
ishlab  chiqarishidan  chiqqan  chiqindilardan  tozalash  uchun  300  mln.  so‘m.ga 
yaqin  mablag‘  harajat  qilinadi.  Qazib  chiqarish  ishlarini  tashkil  etish  va 
ekspluatatsiya  uchun  bu  sohalarda  qazib  olingan  ko‘mir  tannarxining  8-10% 
ishlatilayotgan energiya va bug‘ga sarflanadi. 
Qurilish  materiallari  ishlab  chiqarish  korxonalari,  tog‘  boyliklarini 
qaziydigan kombinatlar, tog‘ jinslarini maydalaydigan texnologik jarayonlar, katta 
miqdordagi  mineral  xom  ashyoni  maydalash  va  kuydirish  bilan  faoliyat 
yuritadigan tashkilotlar atrof-muhitni har xil changlar bilan ifloslantirish manbalar 
hisoblanadi.  Sement  klinkerini  kuydiradigan,  aylanib  ishlaydigan  pechning  chang 
otqisi 8-20% quruq xom ashyoni chiqarib yuboradi. Havoga chiqarilgan changdan 
texnologik agregatlar tozalangandan so‘ng sement zavodlari agregatlarida 100-150 
mg/m’ chang bo‘ladi. Sanoat korxonalaridan chiqqan chiqindilar, uyib tashlangan 
tumanlar  agrof-muhitni  ifloslantiradi,  havosini  buzadi.  Sanoat  chiqindilarini 


chiqarib  tashlash  natijasida  dunyodagi  okeanlar  suvini  ifloslanishiga  olib  keladi, 
natijada okeanlarning biologik sifati yomonlashadi va planeta iqlimiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi.  Sanoat  chiqindilari  muammolarining  samarali  hal  qilinishi  turli 
omillarga  bog‘liq:  chiqindining  moddiy  tarkibiga,  ularning  tarkibiy  holatiga, 
soniga,  texnologik  mohiyatiga  va  boshqalar.  Sanoat  ishlab  chiqarishidagi 
chiqindilardan  keladigan  zararining  pasayishi  ishlab  chiqarishni  tashkil  etilishiga 
erishishni,  chiqqan  chiqindilarni  samarali  joylashtirish  imkoniyatini  topishni, 
xavfsizlantirib va zararsiz qilib ko‘mib tashlashni tashkil etishni taqazo etadi. Xom 
ashyo  materiallaridan  kompleks  foydalanilganida  sanoat  chiqindilari  yoki 
tashlandiq  keraksiz  mahsulotlar  boshqa  bir  sanoat  ishlab  chiqarishiga  xom  ashyo 
bulishi mumkin. Shunga o‘xshash,  xom ashyolardan foylalanilganda hozirgi davr 
xalq xo‘jaligining rivojlanish talablariga mantiqan to‘g‘ri keladi. 
Xom  ashyo  materiallaridan  kompleks  foydalanish  ahamiyatini  bir  necha  xil 
yo‘nalishlarda ko‘rib chiqish mumkin: 
Birinchidan,  chiqindilarni  qayta  ishlash  atrof-muxitni  muhofaza  qilish, 
qimmatli  er  maydonlarini  chiqindilardan,  jumladan,  chiqindi  yig‘iladigan 
maxsus  joylarni,  atrof-muxitni  chiqindi  va  uyumlaridan  tozalash  imkonini 
beradi. 
Ikkinchidan, sanoat chiqindi mahsulotlari ma’lum darajada qayta ishlov  
soxasidagilarni  ishlab  chiqarish  jarayonida  boshlang‘ich  texnologik  ishlov 
(maydalash,  kuydirish)  berilgan  yuqori  sifatli  xom  ashyoga  bo‘lgan  talabni 
qondiradi. 
Uchinchidan,  xom  ashyodan  kompleks  foydalanilganda  mahsulot  hisobiga 
kapital  xarajat  nisbatan  pasayadi,  xarajatlar  sarfini  qoplash  muddatlari  qisqaradi, 
sanoatda  chiqindilarni  joylash,  ularni  saqlaydigan  omborxonalar  qurilishiga 
ketadigan  sarfni  kamaytiradi,  issiqlik  va  elektr  energiyalarini  yangi  mahsulotga 
qilinadngan sarfi chiqindilarni texnologik tayyorligi sababli kamayadi, jihozlarning 
ishlab chiqarish quvvati ortadi. 
Turli  sanoat  korxonalarining  ikkilamchi  chiqindi  mahsulotlari  iste’molchi 
tarmog‘ining  sanoat  chiqindilari  hisoblanib,  ular  ko‘proq  qurilish  metariallarini 


ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida foydalaniladi. Qurilishdagi materiallar uchun 
ketadigan sarf-xarajat smetaning 55% dan ortig‘ini tashkil etishini inobatga olinsa, 
sanoatdagi  ikkilamchi  mahsulotlardan  foydalanilish  qurilish  materiallarini  ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirish yo‘llaridan biri ekanligini e’tirof etish mumkin. 

Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish